Elektr mashinasining tuzilishi
22 a kl PMZ mashinasi ikki qismdan:
Mashinaning korpusini ko’tarib turuvchi stoli va mashinaning kerpusidan iborat. Mashina qopqoғining tagida boltlar bilan biriktirilganelektr motor 1 o’rnatilgan.
Motor bilan oyoq tepkisi (pedal) metall sterjen 2 orqali biriktirgan. Stol tagining o’ng tomonida ishga tushirish knopkasi bor. Mashinaning eng ichida val, kulachok, ip tortgich,harakatni boshqa vallarga o’tkazuvchi detallar joylashgan. Mashinaning boshiga igna mexanizmi, tepki mexanizmi va boshqa detallar o’rnatilgan.
Mashinaning ustuniga baxyani mayda va yirik qilib beruvchi rostlagich mashina peatformasining tagida moki mexanizmi, gazlamani surib turuvchi mexanizm va boshqa detallar joylashtirilgan. Har bir universal mashinada asosan 5 ta ish bajaruvchi mexanizm bo’ladi. Bular: 1. ish mexanizmi ya’ni nina mexanizmi, 2. moki mexanizmi, 3. ip tortgich mexanizmi, 4. surgich (gazlamani surib turadigan yordamchi tishcha) mexanizmi, 5. tepki mexanizmi.
|