«Dyurkopp» (Germaniya) firmasining 271-140042 rusumli tikuv mashinasi
Bu mashina engil va o`rtacha qalinlikdagi gazlamalardan tayyorlanadigan detallarni ikki ipli bitta moki baxyaqator yuritib tikishga mo`ljallangan. Asosiy valining aylanishlar soni 5000 ayl/min. Baxya yirikligini 0 dan 4 mm gacha o`zgartirish mumkin. Tepkining ko`tari-lish balandligi 8 mm gacha. Mashinada tikish jarayonida ostki materialning ustki materialga nisbatan ko`proq surilib, ostki materialdan solqilik hosil bo`lishini bartaraf etish uchun ignaning vertikal harakatidan tashqari qo`shimcha gorizontal’ harakati ta`minlangan.Ip tortgichi krivoship koromisloli mexanizmdan harakatni oladi. Moki platformaga nisbatan gorizontal’ joylashgan bo`lib, u harakatni taqsimlash validan oladi. Gazlamani suruvchi tishli reyka taqsimlash validan ikkita uzel yordamida gorizontal’ harakatlantiriladi. Mashinada ipni qirqish va avtomatik moylash mexanizmlari ham mavjud.
Mashinada ipning tarangligi va qirqilishi, tepkining ko`tarilish va baxyaning puxtalanishi eng yuqori tezlikda ham elektromagnit orqali boshqariladi. Baxyaqatorning aniq va tekis hosil bo`lishi ta`minlangan. Ignaning optimallashtirilgan harakati ustki va ostki materiallarning absolyut sinxron surilishini ta`minlaydi. Ushbu mashinaning boshqa tikuv mashinalaridan asosiy farqi shundaki, qalin materiallarni tikishda ignaning harakat yo`lini oshirish imkoni yaratilgan. Mashina tanasiga markazlashtirilgan avtomatik moylash sistemasi va naychaga ip o`raydigan qurilma joylashtirilgan. Mashinaga ustki ip g’altakdan yo`naltirgichlar 1 (1 –chizma ) teshigi orqali yuqoridan pastga ip yo`naltirgich-
2.3.1-chizmasi . 271-140042 rusumli tikuv mashinasining tashqi ko`rinishi
ning o`ng teshigidan, so`ngra qo`shimcha taranglik rostlagichi 2 ning shaybalari orasidan soat mili harakati yo`nalishi bo`yicha aylantirib o`tkaziladi. Keyin ip yo`naltirgich 3 ning teshigidan o`tkazib, ustki ip taranglagichi 4 shaybalari orasidan aylantiradi. Ip uchi taranglash qurilmasi prujinasi orqasidan o`tkazilib pastdan yuqori tomon ip yo`naltirgich burchaklik 5 atrofidan aylantirilib, ip yo`naltirgich 6 ga taqiladi. O`ngdan chap tomonga ip saqlagich skoba 7 tagidagi ip tortgich 8 ning teshigiga kiritiladi. Ipni yuqoridan pastga ip yo`naltirgichlar 16,9 orqali o`tkazib, igna 10 ko`ziga taqiladi. Ostki ipni avtomatik o`ragich yordamida naychaga o`raladi. Ipni g’altakdan bo`shatib, yo`naltirgich 12 teshigidan o`tkazib, naychaga bir necha marta o`raladi va shpindel’ 13 ga naycha kiydiriladi. Ipni naychaga o`rash uchun mashinani ishlatishdan oldin ustki ip igna ko`zidan chiqarib olinadi va tepki yuqoriga ko`tarib qo`yiladi. Mashina ishga tushirilganda asosiy valdan shpindelga harakat uzatiladi. Naychaga ip etarli mikdorda o`ralgandan keyin ajratgich 11 shpindelni to`xtatadi.
Mashina tanasining tayanchida o`rnatilgan raqamlar g’ildirakcha 14 va 15 lar yordamida baxya yirikligi va tikuvchiga nisbatan oldinga va orqaga tikish yo`nalishi o`zgar tiriladi. G’ildirakchalar ostida detallar moylanishini nazorat qilish uchun shishali qoplangan teshikcha joylashgan. Ostki ipni taqishda ip o`ralgan naychani (2-chizma) o`ng qo`lga olib, chap qo`lda turgan naycha qalpog’i 1 ning kovak sterjeniga kiydiriladi. Ip uchini naycha qalpog’idagi o`yiqqa kiritib, plastina tagiga olib kelinadi-da, uning tilchasining orqasiga o`tkaziladi. Surilma plastina 17 ni (1-chizma) chapga suriladi va maxovik g’ildiragini aylantirib igna 10 ko`tariladi, sterjen’ 18 ga vint yorda-mida mahkamlangan tepki 19 ham ko`tarilgan bo`lishi lozim. Naycha qalpog’i qulfchasining plastinasi 2ni (2-chizma) chap qo`l barmog’i bilan chap tomonga tortib, surilma plastina devorlari bilan igna plastinasi orasidagi ora-liqdan naycha qalpog’ini naycha tutgichning sterjeni Zga kiydiriladi. Ostki ip naycha qalpog’idan siltanmasdan chiqayotganiga ishonch hosil qilib, keyin surilma plastina o`ng tomonga surib qo`yiladi. Ustki ip uchini bosib turib va maxovik g’ildirakni aylantirib, igna pastga tushiriladi. Moki uchi bilan igna orasidagi masofa 0,1 — 0,5 mm bo`lishi kerak. Moki ustki ipni naycha qalpog’i atrofidan aylantirib o`tadi, taranglaydi, ostki ipni yuqoriga olib chiqib, ustki ip bilan birgalikda tepki tagiga olib kiradi. Tepki tagiga gazlama qo`yilib, tepki tushiriladi va tika boshlaydi.
Tishli reyka 4 ning igna plastinaga nisbatan vertikal holatini rostlash uchun vint 5 bo`shatilib, tishli reyka kerakli holatga keltiriladi va vint qotiriladi. Tishli
2.3.2 - chizmasi. 271-140042 rusumli tikuv mashinasida moki va surish reykasining joylashishi.
reyka 4 ning platformaga nisbatan gorizontal’ holati esa vint 5 ni bo`shatib, richag 6 va koromislo 7 lar birgalikda surish vali 8 ga nisbatan burab, tishli reyka kerakli holatga qo`yiladi va vint qotiriladi.
|