|
Ostki ipni naychaga o`rash va taqish
|
bet | 25/50 | Sana | 13.04.2021 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #14230 |
Ostki ipni naychaga o`rash va taqish. Ostki ipni avtomatik o`ragich 24 yordamida naycha 26 ga o`raladi. Ostki ipni g’altakdan naychaga o`rash uchun uni ustki ipni taqishdagi singari, pastdan yuqoriga tomon g’altak tutgichning yo`naltiruvchi ilgagi ortiga o`tkaziladi, keyin yuqoridan pastga tomon ip yo`naltirgich 13 ning o`ng teshigiga kiritiladi, taranglash qo`shimcha rostlagichi 14 ning shaybalari orasidan soat mili harakati yo`nalishida aylantirib o`tkaziladi, so`ngra pastdan yuqoriga birin-ketin ip yo`naltirgich 13 ning uchta teshigidan o`tkaziladi-da, soat mili harakatiga qarshi yo`nalishda aylantirib, naycha 26 ga bir necha marta o`raladi. SHpindel’ 25 ni salgina bosib, unga naycha 26 kiydiriladi. Ayni vaqtda ajratgich 23 soat mili harakati yo`nalishida aylanib, naycha 26 devorlari orasiga kiradi va shpindel’ 25 ni ish holatida ushlab turadi. Ipni naychaga o`rash uchun mashinani ishlatish oldidan ip igna 17 ko`zidan chiqarib olinadi va richag 3 ni soat mili harakati yo`nalishida burib tepki 2 ko`tariladi. Ip stoli qopqog’ining o`ng tomoni tagida joylashgan dastani yuqoriga ko`tarib, elektr yuritgich ishga tushiriladi.
Pe-dal’ bosilsa elektr yuritgichdan aylanma harakat ponasimon tasmali uzatma orqali mashinaning maxovik g’ildiragi 15 ga va asosiy valga uzatiladi. Naycha 26 ga etarli mikdorda ip o`ralgandan keyin shpindel’ 25 to`xtaydi. Ostki ipni moki qurilmasidan chiqarib olish uchun etarlicha ip uchi qoldirib, naycha 26 ni shpindel’ 25 dan olinadi.
Ostki ipni mokiga qo`yishda (taqishda) naycha 5 ni (6-chizma) o`ng qo`lga olib, chap qo`lda turgan naycha qalpog’i 6 ning kovak sterjeni 7 ga kiydiriladi. Ip uchini naycha qalpog’idan o`yiq 10 ga kiritib, plastinasimon prujina 8 tagiga olib kelinadi-da, uning tilchasi 11 ning orqasiga o`tkaziladi. Surilma plastina 12 chapga suriladi va maxovik g’ildiragini aylantirib igna 14 ko`tariladi, bunda tepki ham ko`tarilgan bo`lishi lozim.
Naycha qalpog’i qulfchasining plastinasi 4 ni chap qo`l barmog’i bilan chap tomonga tortib, surilma plastina 12 devorlari bilan igna plastinasi 15 orasidagi oraliqdan naycha qalpog’ini naycha tutgich 1 ning sterjeni 3 ga kiydiriladi, bunda naycha qalpog’ining qirqimi 2 yuqori tomonga qarab turishi kerak. Plastina 4 ostki ipni qisib qolmaganligini va uni sterjen’ 3 qanchalik zich yopib turganligini tekshirib qo`yiladi. Ostki ip naycha qalpog’idan siltanmasdan chiqayotganiga ishonch hosil qilib, keyin surilma plastina 12 o`ng tomonga surib qo`yiladi. Ustki ip uchini bosib turib va maxovik g’ildirakni aylantirib, igna 14 pastga tushiriladi. Moki ustki ipni naycha qalpog’i atrofidan aylantirib o`tadi, taranglaydi, ostki ipni yuqoriga olib chiqib, ustki ip bilan birgalikda tepki 13 tagiga olib kiradi.
Tepki 13 tagida iplar orasiga gazlama qo`yib, tepki tushiriladi va tika boshlanadi. Iplarning tarangligini rostlash. Iplar tarangligini rostlashni ostki ipdan boshlagan ma`qul. Buning uchun igna 14 ni ko`tarib, naycha qalpog’i 6 chiqarib olinadi va vint 9 burab kiritilib yoki burab chiqarilib ostki ip taranglanadi yoki bo`shatiladi. Ustki ip tarangligi gayka 21 (5-chizma) yordamida rostlanadi: gayka burab chiqarilsa, shaybalar 20 ning ustki ipga bosimi kamayadi, shunga yarasha ustki ip tarangligi kamayadi.
2.2. 6 – chizmasi . 1022-M rusumli tikuv mashinasida ostki ipni taqish
Igna mexanizmi. Bu mashinada krivoshipshatunli igna mexanizmi ishlatiladi. Asosiy val 23 (7 - chizma) uchta sharikli podshipnik 24, 23 da aylanadi, asosiy valning o`ng uchiga maxovik g’ildirak 26 ikkita vint 25 yordamida mahkamlangan. Maxovik g’ildirak 26 ning orqa tomoniga uning qo`lda aylantirish qulay bo`lsin uchun uchta vint bilan qopqoq 27 mahkamlangan. Maxovik g’ildirak 26 ning ariqchasiga ponasimon tasma 28 kiritilgan bo`lib, u elektr yuritgichi shkividan aylanma harakatni asosiy val 23 ga uzatadi.
Asosiy val 23 ning chap uchiga vint 30 yordamida krivoship 29 mahkamlangan, krivoship teshigiga barmoq 14 qo`yilgan va ikkita vint 21 mahkamlangan. Barmoq 14 ning
|
| |