|
ZAMONAVIY TIKUV MASHINALARINING TURLARI (JUKI, ORSHA
|
bet | 23/50 | Sana | 13.04.2021 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #14230 |
2.2.ZAMONAVIY TIKUV MASHINALARINING TURLARI (JUKI, ORSHA
«Juki» (Yaponiya) firmasining LH-1165-S-5-4B rusumli ikki ignali tikuv mashinasi.
Bu mashina kostyumbop va pal’tobop materiallardan tikiladigan tikuvchilik buyumlari detallarini ikki ipli parallel moki baxyaqator yuritib tikishga mo`ljallangan. Asosiy valining aylanish chastotasi 3000 ayl/min. Baxyasining yirikligi 0 dan 6 mm gacha, parallel baxyaqatorlar oralig’i 3,2 mm. Bu mashina ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchan ignalar, vertikal joylashgan mokilar, gazlamani tishli reyka yordamida surish va ip tortgich mexanizmlaridan tuzilgan.
Mashinaning ustki qismiga texnologik jarayonlarni va mexanizmlar ishini nazorat qiluvchi hamda baxyaqatorning bir ko`rinishidan ikkinchi ko`rinishiga avtomatik o`tkazuvchi elektron boshqaruv sistemasi 1 o`rnatilgan (2.2.1- chizmasi). elektron boshqaruv sistemasi qo`llanilishi natijasida baxyaqator sifatli bajarilishini va mexanizmlar hamda avtomatik moylash qurilmasining ishini doimiy nazorat qilish imkoni yaratilgan. Bosh valdan moki valiga harakat tishli tasmali uzatma orqali uzatiladi. Mashina platformasi tagida avtomatik moylash sistemasi o`rnatilgan.
Bu mashinaning ikkita pedali bo`lib, maxsus ish stoliga o`rnatilgan pedal’ 2 mashina asosiy valining aylanish chastotasini sozlashga, pedal’ 3 esa tepkini oyoq yordamida ko`tarishga xizmat qiladi. Ishlash qulay bo`lishi uchun ikkala pedalning balandligi ham ularni shtanga 4 bilan birgalikda vertikal surib rostlanadi. Buning uchun yig’ma tortqining boltlari 5 bo`shatiladi va ish stoli 6 tayanchlari 7 dagi tegishli teshiklar ichiga suriladi, Tikishni boshlashdan oldin mashinani ishga tushirish tugmachasi 8 bosiladi. Ustki va ostki iplar tarangligini o`zgartiruvchi va nazorat qiluvchi qurilmalar o`rnatilgan bo`lib, mashinada charm mahsulotlarini va qalin materiallarni ham tikish imkoni yaratilgan.
2.2.1 - chizmasi. LH-1165-S-5-4B rusumli tikuv mashinasining umumiy ko`rinishi.
Ip taqish. Ustki ipni bobina yoki g’altakdan muayyan izchillikda chap igna 9 ga (28-rasm, a) taqiladi. Oldin ipni naychasimon ip yo`naltirgichning teshigidan o`tkazilib, taranglash rostlagichi 2 ning, asosiy taranglash rostlagichi 3 ning shaybalari orasidan aylantirib, ip tortish prujinasi tagidan olib o`tiladi, pastdan yuqoriga plastinasimon ip yo`naltirgich tagiga, o`ngdan chapga ip tortgich 4 ning yuqori quloqchasiga va yuqoridan pastga plastinali ip yo`naltirgich 5 dan o`tkaziladi. So`ngra ikkinchi plastinasimon ip yo`naltirgich 6 tagidan o`tkazib, yuqoridan pastga igna tutgich 7 dagi ip yo`naltirish teshigiga va o`ngdan chapga igna ko`zi 9 dan o`tkazib taqiladi.
2.2.2 -chizmasi, a. Ustki ipni taqish
2.2.3-chizmasi, b. LH-1165-S-5-4B rusumli tikuv mashinasida moki va chetlatgichlar joylashishi.
Ustki ipni o`ng tomondagi igna 8 ga taqish uchun ipni g’altakdan naychasimon ip yo`naltirgichning teshigidan o`tkazilib, taranglash rostlagichi 2 ning, asosiy taranglash rostlagichi 3 ning shaybalari orasidan aylantirib, ip tortish prujinasi tagiga olib kelinadi,pastdan yuqoriga plastinasimon ip yo`naltirgich 5 ning tagidan o`tkazilib, o`ngdan chapga ip tortgich 4 ning ostki teshigiga, yuqoridan pastga plastinasimon ip yo`naltirgich 6 ning tagidan o`tkaziladi va yuqoridan pastga igna 8 ning ko`ziga taqiladi. Ostki ip mashinadagi maxsus qurilma yordamida naychaga o`ralgandan so`ng, igna plastinasi chiqarib olinadi va vertikal joylashgan moki qurilmasi 1ga (3-chizma, b) o`rnatiladi. Ostki iplarning ikkalasi ham bir xilda taqiladi. SHu sababli faqat o`ng tomondagi moki qurilmasiga ip taqilishini ko`rib chiqamiz. Buning uchun plastinasimon prujinani (3 - chizma, b) o`ng qo`l bilan bosib turib, chap qo`l yordamida plastinani o`ng tomonga surib qo`yiladi. I lgak 3 ni ochib bo`sh moki 1 olinadi. So`ngra naycha tutgichni markaziy shpilkasiga to`la naycha kiydiriladi. Ipni naychadan yuqoridan pastga naycha tutgichning o`yig’iga va plastinasimon prujina tagidan o`tkazib, uning kesimidan tashqariga chiqarib qo`yiladi. Ostki ip tarangligini vint yordamida plastinasimon prujinaning bosimini o`zgartirib sozlanadi.
Mokining yon tarafiga ostki ipni kengaytiruvchi chetlatgich 2 o`rnatilgan bo`lib, u yoysimon harakatni moki validan ekstsentrikli mexanizm orqali oladi. Mashinada turli ishlarni bajarish uchun maxsus moslamalarni o`rnatib detallarga ishlov berish imkoni yaratilgan.
Sozlanishlari. Ignaning balandlikka holatini rostlash uchun baxya yirikligi "0" ga qo`yilib, igna eng ostki (4 - chizma, a) holatiga keltiriladi, so`ngra vintlar 1 va 2 bo`shatilib, igna tutgich ostki qirrasidan igna plastinasi 3 sathigacha 16,7+0,3 mm masofaga qo`yiladi va vintlar qotiriladi. Bunda igna yuritgich 4 va tepki sterjen’ 5 orasidagi masofa 14,8+0,1 mm bo`lishi kerak. Igna ostki holatidan 2,2 mm ga ko`tarilganda moki uchi igna ko`zidan 1,2 mm balandda joylashishi kerak. Moki va igna orasidagi masofa (4 - chizma, b) vintlar 1 va 2 bo`shatilib, mokini harakat uzatish vali 3 ga nisbatan siljitib rostlanadi. Naycha qopqog’i 1 (4 - chizma, v) va igna plastinasi 2 ora-sidagi 0,8—1,0 mm masofani o`rnatish uchun igna yuqorigi holatiga keltiriladi, so`ngra igna plastinasi 2 va tishli reyka olinadi, moki validagi o`rnatish vinti bo`shatiladi, moki vtulkasi siljitilib kerakli holatga keltiriladi va vint qotiriladi. Tishli reykaning igna plastinasi ariqchalarga nisbatan holati (4 -chizma, g) surish vali 1 ga vint 2 yordamida mahkamlangan koromislo 3 ni siljitib sozlanadi. Buning uchun vint 2 bo`shatilib, koromislo 3, surish kulisasi 4 ga o`rnatilgan tishli reyka 5 bilan birgalikda siljitilib kerakli holatga keltiriladi va vint 2 qotiriladi. Baxya yirikligini o`zgartirish va ortga tikishi materialni surish mexanizmi bilan bog’langan qurilma yordamida amalga oshiriladi. Qurilmada o`tkazish richagi 1 ga (4 - chizma, d) vtulka 2 o`rnatilgan bo`lib, unga vint 3 yordamida rostlash richagi 4 kiritilgan. Rostlash richagi 4 ning ikkinchi tarafi ikkita vintlar 5 bilan tortqi 6 ga mahkamlangan. Sozlovchi tortqisi 6 ning chap tomonini prujina 7 tortib turadi. Baxyaqator sifatini tekshirish uchun baxyayirikligi «3» ga qo`yilib, oldinga va ortga tikiladi. Oldingan va ortga tikilganda baxyalar yirikligi orasidagi farq 0,2 mm dan oshmasligi kerak. Agar farq 0,2 mm dan ortiq bo`lsa, vintlar 5 bo`shatilib, rostlovchi tortqi soat miliga qarshi yo`nalishda burib rostlanadi va vintlar qotiriladi.
2.2.4 - chizmasi «Juki» (YAponiya) firmasining SH-I62-5-5-4Vousumli ikki ignali tikuv mashinasi ishchi organlarining rostlanishlari.
|
| |