«Orsha» engil mashinasozlik firmasi moki baxyali 1022-M rusumli tikuv mashinasi




Download 1,77 Mb.
bet24/50
Sana13.04.2021
Hajmi1,77 Mb.
#14230
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
«Orsha» engil mashinasozlik firmasi moki baxyali 1022-M rusumli tikuv mashinasi

Bu mashina kostyumbop, paltobop va qishki harbiy kiyimlik gazlamalarni ikki ipli bitta moki baxyaqator yuritib tikishga mo`ljallangan. Asosiy valning aylanish chastotasi 4500 ayl/min ga etadi, baxya uzunligini 0 dan 5 mm gacha o`zgartirsa bo`ladi. Tikiladigan gazlamalarning tepki tagida qisilgan holatdagi qalinligi 8 mm gacha. Mashina tanasining ishchi qulochi 260 mm. № 90-150 ignalar ishlatiladi. Mashina tanasiga markazlashtirilgan moylash sistemasi, naychaga avtomatik ip o`raydigan qurilma joylashtirilgan. Ko`pgina birikmalarda tebranish podshipnik-lari ishlatilgan. 1022 rusumli tikuv mashinasi asosida turli vazifali, takomillashtirilgan bir qancha tikuv mashinalari ishlab chiqarilmoqda. 1022-M va 1022 rusumli tikuv mashinalarining birbiridan farqi shundaki, aylanma harakat asosiy valdan taqsimlash valiga tishli g’ildiraklar yordamida emas, balki tishli tasma yordamida uzatiladi, materiallarni surish mexanizmining konstruktsiyasiga kichikroq massali detallar ishlatilib o`zgartirish kiritilgan. Mexanizmlar mashina platformasi tagidagi moy karteri ichiga joylashgan. 1022-3 rusumli tikuv mashinasi ko`ylak va bolalar kiyimlarining detallari qirqimlarini mag’izlashga,





2.2. 5 -chizmasi. 1022-M rusumli tikuv mashinasining tashqi ko`rinishi.

qo`shimcha rostlagichi 12 ning shaybalari orasidan soat mili harakati yo`nalishida aylantirib o`tkaziladi. So`ngra ipni pastdan yuqoriga chapga birin-ketin ip yo`naltirgich 11 ning uchta teshigidan va ip yo`naltirgich 10 ning uchta teshigidan o`tkazib, soat mili harakati yo`nalishida ustki ip taranglagichi 20ning shaybalari orasidan aylantiriladi. Ip uchi ip tortgich prujina 6 orqasiga o`tkaziladi, pastdan yuqori tomon ip yo`naltirgich burchaklik 4 atrofidan aylantirib, ip yo`naltirgich 7 ga taqiladi. O`ngdan chap tomonga ip saqlagich skoba 22 tagidagi ip tortgich 8 ning teshigiga kiritiladi. Ipni yuqoridan pastga ip yo`naltirgichlari 5,18 orqali o`tkazib, chapdan o`ngga tomon igna 17 ko`ziga taqiladi.




Download 1,77 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Download 1,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Orsha» engil mashinasozlik firmasi moki baxyali 1022-M rusumli tikuv mashinasi

Download 1,77 Mb.