8- laboratoriya ishi Mavzu: Mantiqiy taxlillovchining sxemasini loyihalashtirish Ishdan maqsad




Download 0,54 Mb.
bet1/3
Sana12.01.2024
Hajmi0,54 Mb.
#135565
  1   2   3

8- Laboratoriya ishi
Mavzu: Mantiqiy taxlillovchining sxemasini loyihalashtirish
Ishdan maqsad: KMDYA - tranzistorlarida bajarilgan raqamli sxemalar: HAM-
EMAS, YOKI-EMAS mantiqiy elementlarni ishlash prinsiplarini o’rganish va ularni Multisim-8 dasturi yordamida tekshirish. Holatlar jadvali.
Komplementar MDYa –– tranzistorli elektron kalit. Bir turdagi MDYa – tranzistorlarda hosil qilingan kalitlarning kamchiligi shundaki, tranzistor ochiq bo’lgan statik rejimda kalitdan doim tok oqib o’tadi. Komplementar, ya’ni o’tkazuvchanlik kanallari turi qarama – qarshi bo’lgan MDYa – tranzistorlar asosida tayyorlangan elektron kalit bu kamchilikdan holi (1 – rasm ). QUE sifatida n– kanali induktsiyalangan MDYa – tranzistor (VT1), YuE sifatida esa p– kanali induktsiyalangan MDYa – tranzistor (VT2) qo’llanilgan. QUE sifatida n– MDYa – tranzistorning asosi kuchlanish manbaining musbat qutbiga, p– MDYa – tranzistorning asosi esa sxemaning umumiy nuqtasiga ulanadi.


  1. rasm. KMDYa tranzistorli elektron kalit (invertor).

KMDYa-tranzistorlarda HAM-EMAS va YOKI-EMAS mantiqiy amallar oson tashkil etiladi. HAM-EMAS mantiqiy amali kirish tranzistorlarini ketma – ket ulash yo’li bilan, YOKI-EMAS mantiqiy amali esa – ularni parallel ulash yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu vaqtda har bir kirish uchun kalit-invertorni hosil qiluvchi ikkita tranzistor talab qilinadi. Yuklamadagi rkanalli va qayta ulanuvchi n – kanalli tranzistorlarning bunday kombinatsiyasi KMDYa – tranzistorlarning asosiy xossasi – statik rejimda ixtiyoriy kirish signalida tok iste’mol qilmaslik shartini saqlab qoladi.
2HAM-EMAS sxemada yuklama vazifasini bajaruvchi tranzistorlar bir-biriga parallel ulanadi (2 – rasm).


  1. rasm. KMDYa tranzistorli 2HAM-EMAS mantiq elementning sxemasi

2YOKI-EMAS sxemada esa – ketma – ket (2– rasm). Bunday prinsip yordamida faqat ikki kirishli elementlar emas, balki kirishlar soni katta bo’lgan sxemalar ham tuziladi.


  1. rasm. KMDYa tranzistorli 2YOKI-EMAS mantiq elementning sxemasi


Download 0,54 Mb.
  1   2   3




Download 0,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8- laboratoriya ishi Mavzu: Mantiqiy taxlillovchining sxemasini loyihalashtirish Ishdan maqsad

Download 0,54 Mb.