|
7 – sinf mehnat darslarida zamonaviy tikuvchilik mashina va jihozlaridan foydalanishni o’rgatish metodikasi” 5112100
|
bet | 26/50 | Sana | 13.04.2021 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #14230 |
2.2. 7-chizmasi. YU22-M rusumli tikuv mashinasining igna va ip tortgich mexanizmlari: a — konstruktiv va b — tekisliqtsagi strukturaviy sxemalari
tashqi elkasiga ignali podshipnik 13 kiritilgan shatun 7 ning ustki kallagi kiydirilgan. SHatun 7 ustki kallagining o`q bo`ylab siljishi 10 chapaqay rez’bali vint 8 yordamida bartaraf etiladi. SHatun 7 ning ostki kallagi vint 5 yordamida igna yuritgich 3 mahkamlangan povodok 6 ning barmog’iga kiydirilgan. Povodok 6 barmog’ining o`ng tomoniga mashina korpusiga vintlar mahkamlangan yo`naltirgich 33 ning paziga qo`yilgan polzun 32 kiydirilgan. Igna yuritgich 3 mashina korpusiga vint 11 yordamida mahkamlangan ikkita vtulka 8, 4 ichida harakatlanadi.
Igna yuritgichning pastki tomoniga simdan yasalgan ip yo`naltirgich 2 mahkamlangan. Igna yuritgichga qisqa ariqchasi tikuvchidan o`ng tomonga qaratib o`rnatilgan igna 1 vint 35 yordamida mahkamlangan (moki baxyali mashinalarda qisqa ariqcha moki uchiga qarab turishi lozim).
Asosiy val 23, krivoship 29 va uning barmog’i 14 aylanganda aylanma harakat shatun 7 yordamida igna yuritgich 3 bilan igna 1 ning ilgarilanma harakatiga aylanadi. Igna 1 nn o`rnatishdan oldin maxovik g’ildirak 26 ni aylantirib, igna yuritgich 3 ni eng yuqori holatga ko`tariladi. Vint 35 ni bo`shatib igna 1 ning kolbasini igna tutgichga oxirigacha taqab kiritiladi, qisqa ariqchasini moki uchi tomonga qaratnb igna vint 35 bilan mahkamlangan.
Igna 1 ning moki uchiga nisbatan balandligi vint 5 ni bo`shatgandan keyin igna yuritgich 3 ni vertikal surib rostlanadi. Buning uchun igna 1 ni, naycha tutgich pazi 16 ning tagidan igna ko`zining yarmi ko`rinib turadigan qilib, eng pastki holatga tushirib qo`yiladi.
Ip tortgich mexanizmi. Mashinada sharnir-sterjenli ip tortgich ishlatiladi. Krivoship 15 barmog’i 14 ning (7 - chizma) ichki elkasiga ip tortgich richagi 15 kiydiril-gan, richagning pastki teshigiga esa podshipnik 15 qo`yilgan. Richag 19 ning o`rta teshigiga zveno 18 ning barmog’i kiydirilgan, uning orqa kallagi vint 17 bilan mashina korpusiga mahkamlangan sharnirli barmoq 16 ga kiydi-rilgan. Richag 19 ning quloqchasi 20 mashina o`yig’idan chiqib turadi va unga ip taqiladi.
Moki mexanizmi. Mashinada markaziy naychali bir tekis aylanadigan moki ishlatiladi.
2.2.8-chizmasi, b. 1022-M rusumli tikuv mashinasi moki va materialni surish mexanizmlarining kinematik sxemasi.
Asosiy val 1 ga (8 - chizma) ikkita vint 2 yordamida tishli baraban 3 mahkamlangan; taqsimlash vali 18 ga ikkita vint 16 yordamida tishli ostki baraban 15 mahkamlangan. Bu barabanlarga plastmassadan yasalgan tishli tasma 5 kiydirilgan bo`lib, tasma 5 ni o`q bo`ylab siljishi barabanni halqali ariqchasiga qo`yilgan prujinali o`rnatish halqalari 4 yordamida bartaraf etiladi. Taqsimlash vali 18 sharikli podshipnik 17 va ikkita vtulka 19,73 da aylana-di.Taqsimlash vali 18 ning o`q bo`ylab siljishi o`rnatish halqasi 20 yordamida bartaraf etiladi. Taqsimlash vali 18 ga ikkita vint 69 yordamida qiya tishli g’ildirak 21 mahkamlangan bo`lib, u moki vali bilan birga tayyorlangan g’ildirak 22 bilan ilashadi I= 1:2. Moki vali mashina korpusiga vint 31 bilan mahkamlangan vtulka 30 da aylanadi. Moki valining chap uchiga ikkita vint 33 yordamida moki 34 mahkamlangan.
Maxovik g’ildirak aylantirilganda, moki 34 soat mili harakatiga qarshi aylanadi. Mokining uchi ignaga o`z vaqtida etib kelishi vintlar 33 ni bo`shatib, moki 34 ni burib rostlash yo`li bilan bajariladi. Bunda igna eng pastki holatidan 1,6—1,9 mm ko`tarilganda moki uchi igna ko`zidan 0,9:1,1 mm yuqorida turishiga erishish lozim. Moki uchi 34 bilan ignaning orasidagi masofa 0,1— 0,5 mm bo`lishi kerak. Ushbu masofa vint 31 ni bo`shatib, vtulka 30 ni o`qbo`ylab siljitish yo`li bilan rostlanadi.
Mokini avtomatik moylash sistemasi. Moki va gazlamani surish mexanizmlaridagi bir qancha birikmalarining avtomatik moylanib turishi uchun mashina platformasi tagida maxsus moy karteri bor. Karterni mashina platformasi quyma bo`rtiqlariga to`rtta vint 24 yordamida mahkamlangan mashina qopqog’i 19 hosil qilib turadi (9 - chizma). Moy oqib ketmasligi uchun qopqoq 19 bilan platforma quyma bo`rtiqlarining orasiga qistirma 25 qo`yilgan. Platforma quyma bo`rtiqlariga vint 23 yordamida vtulka 5 mahkamlangan, platforma yo`nalmasiga esa vint 11 yordamida pilik 18 ni tutib turadigan plastina 12 mahkamlangan. Moy pilik 18 orqali moki vali 13 ning konus qismiga va qisman radial teshik 10 orqali kanal 4 ning o`qiga kelib tushadi. Moyning qolgan qismi moy haydovchi rez’ba 9 orqali chapga yo`nalib, moki vali 13 bilan vtulka 5 ning tutashish joylarini moylaydi. Moy haydovchi rez’ba 9 orqali moy moki vali 13 ning o`rta o`yiqchasiga tushadi va radial kanal 7 bo`ylab moki valining
2.2 9 - chizmasi. Mokini avtomatik moylash sistemasi.
ichiga o`tib va kanallar 4, 3 orqali moki pazi 1 bilan naychatutgich belbog’iningtutash joylari moylanadi. Moy haydovchi rez’ba 6 ga moy tushib, moki vali 13 ning o`rta o`yiqchasidan zarrachalari kanal 8 ga otilib chiqadi va te-shik 22 orqali paz 20 dan qopqoq 19 ning karteriga qaytib keladi. Moki vali 13 ning konussimon yuzasida moy zarralarini tutib turadigan moy sidirish plastinalari 16 vint 17 yordamida vtulka 5 ning yo`nalmasiga mahkamlanadi. Moki vali 13 bilan birgalikda tayyorlangan tishli g’ildirak 14 katta tishli g’ildirak karterdagi moyga botishi natijasida moylanadi. Materiallarni surish mexanizmi. Bu mexanizm reykani vertikal va gorizontal’ surish, baxya rostlagichi hamda tepki uzellaridan iborat.
Reykani vertikal surish uzeli. Taqsimlash vali 18 ga ikkita vint 71 yordamida qo`shaloq ekstsentrik mahkamlan-gan, uning o`ng qismiga — ko`tarish ekstsentriga shatun 23 ning (8-chizma) orqa kallagi kiydirilib, bu kallakning teshigiga ignali podshipnik 70 qo`yilgan. SHatun 23 ning old kallagi vint 26 yordamida koromislo 24 teshigiga qo`yilgan o`q 27 ga mahkamlangan. Koromislo 24 ko`tarish vali 32 ga vint 25 yordamida mahkamlangan, bu valni vtul-kalar 28, 37 tutib turadi, ko`tarish vali 32 ning o`q bo`ylab siljishi o`rnatish halqasi 29 yordamida bartaraf etila-di. Ko`tarish vali 32 ga vint 35 yordamida koromislo 36 mahkamlangan, bu koromislo zveno 38 orqali materiallarni surish mexanizmining richagi 39 bilan biriktirilgan. Bu richagga ikkita vint 41 yordamida reyka 40 mahkamlangan. Agar ko`tarish ekstsentrigi shatun 23 tikuvchidan oldinga tomon harakatlansa, bunda koromislolar 24, 36 bilan ko`tarish vali 32 soat mili harakati yo`nalishi-ga burilib, zveno 38 reyka 40 ni ko`taradi.
Reykani gorizontal’ surish uzeli. Surish mexanizmining chap ekstsentrigiga shatun 72 ning odd kallagi kiydirilib, uning teshigiga ignali podshipnik o`rnatilgan. SHatun 72 ning ketingi kallagi ramka 57 ga ikkita vint 59 yordamida mahkamlangan o`qqa kiydirilgan. Zveno 56 bilan koromislo 61 dagi teshiklarga kiritib qo`yilgan o`q 58 ramka 57 ning tayanch nuqtasi vazifasini o`taydi. Ramka 57 ning o`qiga ketingi shatun 55 ning kallagi kiydirilgan, ustki kallagi esa o`q 52 ga kiydirilib, vint 53 bilan mahkamlangan. O`q 52 vint 51 yordamida surish mexanizmi 47 ning valiga mahkamlangan koromislo 50 ning teshigiga o`rnatilgan. Bu valni ikkita vtulka 44, 49 tutib turadi, uning o`q bo`ylab siljitish o`rnatish halqasi 48 yordamida bartaraf etiladi. Koromislo 43 vint 42 yordamida val 47 ga mahkamlangan, koromislo 43 ning teshigiga material surish mexanizmining richagi 39 kiydirilgan o`q 45 o`rnatiladi. O`q 45 koromislo 43 ga vint 46 yordamida mahkamlangan.
|
| |