|
7 – sinf mehnat darslarida zamonaviy tikuvchilik mashina va jihozlaridan foydalanishni o’rgatish metodikasi” 5112100
|
bet | 27/50 | Sana | 13.04.2021 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #14230 |
Tepki uzeli. Tepkini ko`tarish va tushirish uchun mashinada qo`lda va oyokda harakatlantiriladigan ikkita qurilma ishlatiladi.
Tikuvchining barmoqlarini igna kirib ketishidan asraydigan simdan yasalgan saqlagichi 24 bor, sharnirli tepki 1 vint 2 yordamida sterjen’ 3 ga mahkamlanadi. Sterjen’ 3 vtulka 4 da harakatlanadi, bu vtulkaga kronshteyn 25 bemalol kiydirilgan, uning barmog’i 8 esa mashinaning old qismidagi pazga kiritilgan. Sterjen’ 3 ga vint 28 yordamida prujina tutgich 29 mahkamlangan bo`lib, uning barmog’i 9 mashinaning old qismidagi pazga kiritib qo`yilgan, bu esa tepki 1 bilan sterjen’ 3 ni o`z o`qlari atrofida aylanib ketishdan saqlaydi. Tepkini qo`lda ko`taradigan richag 5 o`q 6 ga kiydirilgan. Kronshteyn 25 ning barmog’i 8 richag 5 ning kulachokli yuzasi bilan tutashgan. Rostlagich vint 13 sterjeniga kiydirilgan pru-jina 30 prujina tutgich 29 ga tiralib turadi. Prujina tutgich 29 ga vint 26 yordamida ip yo`naltiruvchi burchaklik 27 mahkamlangan.
Tepkini oyoq; bilan ko`tarish uchun tikuvchi chap pedalni bosadi. Tortqi va ish stolining o`qi ishlab turadigan richag orqali tortqi 20 ko`tarilib, richag 14 ni soat miliga qarshi yo`nalishda buradi. Zveno 10 ko`tarilib, kronshteyn 25 va prujina tutgich 29 orqali tepkini ko`taradi. Pedalga bosish to`xtatilganda, prujina 30 tepkini pastga tushiradi, prujina 21 esa zvenolarni ilgarigi holatiga qaytaradi. Richag 14 ning burilish burchagini vint 15 cheklab turadi.
Tepkining materialga bosimi vint 13 yordamida rostlanadi: uni burab kiritilsa, tepkiga bo`lgan bosim oshadi. Tepki 1 ning igna plastinkasiga nisbatan holati vint 28 ni bo`shatgandan keyin prujina tutgich 29 ni vertikal
22.10 - chizma. 1022-M rusumli tikuv mashinasi tepki uzeli: a — konstruktiv; b — strukturaviy sxemasi.
surib rostlanadi. Prujina tutgich pastga tushirilsa, tepki balandroq ko`tariladi. Tepki teshigining igna harakat chizig’iga nisbatan holatini vint 28 ni bo`shatgandan keyin sterjen’ 3 ni burib rostlanadi.
2.3. «Dyurkopp» (Germaniya) firmasining moki baxyali tikuv mashinalari.
|
| |