|
- chizmasi. Naychaga ip o’raydigan o’ragich
|
bet | 22/50 | Sana | 13.04.2021 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #14230 |
2.1. 3 - chizmasi. Naychaga ip o’raydigan o’ragich
Naycha shpindel 16 ning old uchiga kiydirilgan, ipni ip yo’naltiruvchi burchaklik 12 ning teshigidan o’tkazib, taranglash shaybalari 15 orasidan aylantirib o’tkazib, naycha o’qiga bir necha marta ipni soat mili harakatiga qarshi yo’nalishda o’rab qo’yiladi. Keyin shpindel 16 bosiladi, u xarakatlanadigan vtulka 10 bilan birga tikuvchidan oldinga tomon surilib, chervyakli shesternya 4 ni chervyak 3 bilan ilashtirib shpindel 16 ga aylanma harakat uzatadi. harakatlanadigan vtulka 10 kulachok 22 ning chiqiq qismi ta’sirida yo’nilma 27 niig ichiga kirib turadigan sharcha 26 yordamida fiksastiyalanadi. Ip naychaga o’ralayotganda zashchyolka 20 naycha devorchalari orasida bo’ladi, kerakligicha ip o’ralib bo’lgandan keyin bu devorchalar zashchyolka 20 ni bosadi. Zashchyolka 20 soat mili harakatiga qarshi yo’nalishda buriladi va sharcha 26 kulachok 22 ning chuqurchasi 25ga tushadi. Prujina 5 xarakatlanadigan vtulka 10 ni shpindel 16 bilan birga tikuvchi tomon suradi va chervyakli g’ildirak 4 chervyak 3 ning ilashmasidan chiqadi. Uragich to’xtaydi.
Naychaga o’raladigan ip miqdori vint 19 ni bo’shatgandan keyin barmoq 21 dagi zashchyolka 20 ni burab rostlanadi. Agar zashchyolka 20 ni shpindel 16 o’qidan uzoqlashtirilsa, naychadagi ipning miqdori ko’payadi.
Naychaga o’ralayotgan ipning tarangligi gayka 13 yordamida rostlanadi. Agar naychaga ip bir tekisda o’ralmasa, bunda o’q 11 ni maxkamlab turgan vintni bo’shatib, o’q 11 bilan burchaklik 12 ni o’qlari bo’ylab suriladi. Bunda burchaklik 12 ning chap tomondagi ip yo’naltirgich teshigi naycha o’qining o’rtasiga to’g’ri kelishiga erishish lozim.
|
| |