|
7 – sinf mehnat darslarida zamonaviy tikuvchilik mashina va jihozlaridan foydalanishni o’rgatish metodikasi” 5112100
|
bet | 21/50 | Sana | 13.04.2021 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #14230 |
Naychaga i p o’raydigan o’ragich.
Naychaga ip o’raydigan o’ragich mashina tanasiga montaj qilingan bo’lib, asosiy val 1 ga (3- chizma) ikkita vint 2 yordamida maxkamlangan va chervyak 3 yordamida xarakatga keltiriladi. O’ragich 9 ning korpusi mashina tanasidagi teshikka kiritilib, ikkita vint 18 yordamida maxkamlangan. Shpindel 16 xarakatlanadigan vtulka 10 ning ichidan o’tadi. Uning ketingi uchiga shayba orqali gayka 6 yordamida chervyakli g’ildirak 4 mahkamlangan. O’ragich 9 ning yon tomon yuzasiga ikkita halqa 7 maxkamlangan, bularning ichkaridagisiga prujina 8 tiralib turadi; prujina oldingi uchi xarakatlanadigan vtulka 10 ning chiqig’ni bosib,
tikuvchi tomon surishga xarakat qiladi. Xarakatlanadigan vtulka 10 sharcha 26 yordamida ish holatida fiksastiyalanib turadi, bu sharcha kulachok 22 ning bosimi ostida konussimon yo’nilma 27 ning ichiga tushib turadi. Kulachok o’ragich 9 ning korpusidagi teshigiga o’rnatilgan barmoq 21 ga presslab kiydirilgan. Barmoq 21 ning oldingi uchida vint 19 yordamida zashchyolka 20 maxkamlangan. O’ng tomonda shpilka 23 ga, chap tomonda esa kulachok 22 ning o’sig’iga kiydirilgan prujina 24 ning ta’sirida kulachok 22 bilan zashchyolka 19 soat mili xarakati yo’palishida burilishga intiladi. Naychani shpindel 16 da fiksastiyalash uchun uning paziga plastnali prujina 17 qo’yilgan. Naychaga o’ralayotgan ipni taranglab turish uchun mashina tanasining ichiga vint yordamida ipni taranglash rostlagichining o’qi 11 maxkamlangan. O’q 11ning old uchi rezbali bo’lib, unga taranglash shaybasi 15, taranglash prujinasi 14 kiydirilgan va gayka 13 burab qo’yilgan. O’q 11 ip yo’naltiruvchi burchaklik 12 teshigiga presslab kiritilgan.
|
| |