1.
REJA:
1. Tirik sistemalarning tuzilishini ko‘p bosqichliligi.
2.Biomakromolekulalar (biopolimerlar): nuklein kislotalar, oqsil moddalar va
polisaxaridlar.
3. Tirik hujayralarda oqsilli “nanomotor”lar.
Tayanch iboralar: nanostruktura, nanohodisa, subhujayra, nanojaryon,
nanodunyo, nanobiotexnologiya, fibroblastlar, fluoressensiya, fluoroxromlar.
Tirik sistemani molekulyar darajada tashkil bo‘lishida asosiy rolni
biomakromolekulalar (biopolimerlarni molekulalari) bajaradilar. Bu molekulalarni
o‘zi nima? Biomakromolekularni o‘ziga xos bo‘lgan strukturalari va xususiyatlari
qanday?
Biomakromolekula – bu biopolimerlarni ko‘plab qaytariladigan birliklaridan
tuzilgan juda katta molekulasidir.
Nuklein kislotalarining molekulalari (DNK va RNK), genetik informatsiyani
tashuvchilari bo‘lib, ularsiz tirik hujayralarni hayot ko‘rishi va ko‘payishi mumkin
emas. Oqsillar, hujayrada kechadigan xilma-xil kimyoviy reaksiyalarni kataliz
qiluvchi fermentlarni asosini tashkil qiladi. DNK, RNK va oqsillar, genetik
informatsiya uchun javob beradigan va ularni ustida har xil operatsiyalarni
bajaruvchi: (nusxalanish, saqlash, o‘zgarish, sanash, bajarish) biomakromolekulalar
sistemasini tashkil qiladilar.
1.17-rasm. Polimer zanjir (gemoglobinni polipeptid zanjiri; o‘ng tomonda polipeptid zanjirni bir
bo‘lagi).
3-мавзу:
NANODUNYONI TASHKIL QILUVCHI
BIOMAKROMOLEKULALAR
.
Makromolekulalarni 3 tipi faoliyat ko‘rsatadi: oqsillar, nuklein kislotalar va
|