Ribosomali RNK
(rRNK)
Informatsion yoki
matritsali (i RNK, m
RNK)
85
5
Ribosoma tarkibiga kiradi, struktura
funksiyani hamda ribosomani faol
markazini shakllanishida ishtirok etadi.
Hujayradagi barcha ko‘rinishdagi
oqsillarni sintezini dasturlaydi.
Oqsil moddalarni tuzilishi va funksiyalari. Hayot – “oqsil
moddalarni
faoliyat ko‘rsatish usuli”.
Nima sababdan oqsillar hujayrada va butun
organizmda eng ko‘p tarqalgan molekulalardan biri bo‘ldi? Bu savolga javobni,
ular bajaradigan funksiyalarni ko‘pqirraligidan axtarish kerak. Oqsillar bajaradigan
funksiyalarni asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
plastiklik
(quruvchilik), katalitik (fermentativ), transportlik (tashuvchilik), gormonal, himoya
qiluvchilik,
harakatga keltiruvchilik,
ustun va shakl beruvchilik,
energetik,
retseptorlik (sezgirlik), zaxiralik, antibiotiklik, toksinlik.
Mana shunday, funksiyalarni ko‘pqirraligi, oqsillarni strukturasi va xususiyatlari
bilan bog‘liq.
Ular nimalardan iborat? Oqsil molekulalarini kimyoviy strukturalari
qanday? Oqsil molekulalari fazoda qanday tuzilgan?
Oqsil molekulari – polimerlar. Ularni monomerlari – aminokislotalar. Tabiatda
100 ga yaqin aminokislotalar bor. SHulardan faqat 20
tasi tirik organizmlarni
oqsillari tarkibiga kiradi. Aminokislotalar eng kamida bitta amino (-NH
2
) va bitta (-
SOON) gruppaga egalar. Oqsil molekulasini shakllantirayotganda, aminokislotalar
birin ketin, bir-birlari bilan peptid bog‘lari bilan bog‘lanadilar. Peptid (kovalent,
azot–uglerod) bog‘i – bir aminokislotani aminoguruhi bilan, ikkinchi aminokislotani
karboksil guruhi orasidagi o‘zaro ta’sir natijasi sifatida hosil bo‘ladi.
Aminokislotalar bir-birlari bilan peptid bog‘lari orqali bog‘lanib, har xil uzunlikga
ega bo‘lgan peptidlar (dipeptidlar, tetrapeptid va h.k) hosil qiladilar. Ko‘plab
aminokislotalarni o‘zaro bog‘lanishidan polipeptid hosil bo‘ladi.
Oqsillarni
ko‘pchiligi, yuqori molekulali polipeptidlar hisoblanadilar. Ularni tarkibida yuzdan
bir necha mingga yaqin aminokislotalar bo‘lishi aniqlangan.