• RNK strukturasining o‘ziga xosligi va uning sayyoramizni eng qadimgi nanosanoatidagi roli.
  • Genetik informatsiya DNK da alfavitni 4 ta harfi (A,G,T,S) bilan yozilgan




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #108503
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3-ma`ruza

    Genetik informatsiya DNK da alfavitni 4 ta harfi (A,G,T,S) bilan yozilgan 
    va 4 tipdagi azotli asoslar (adenin, guanin, timin,sitozin) saqlagan 
    nukleotidlarni ketma-ketligi orqali aks ettirilgan. Bir xil oqsil (RNK) 
    molekulasini kodlovchi, DNK ni bir bo‘lagini gen deb atalgan. Genetik 
    informatsiya, polipeptid molekulalaridagi aminokislotalar ketma-ketligini belgilaydi 
    va shu orqali oqsil molekulasini birlamchi strukturasini belgilab beradi. DNK 
    hujayrani yadrosida (yadro DNK si yoki xromosoma DNK si) va sitoplazmada 
    (yadrodan tashqaridagi DNK) joylashadi. 
    Sitoplazma organoidlarini DNK si (xloroplastlar, mitoxondriylar) yadrodan 
    tashqarisidagi yoki sitoplazmatik DNK deb nomlanadi. U, ko‘proq analitik liniyasi 
    orqali uzatiluvchi irsiy informatsiyani tashiydi. 
    RNK strukturasining o‘ziga xosligi va uning sayyoramizni eng qadimgi 
    nanosanoatidagi roli. Tirik organizmlar nuklein kislotalar DNK bilan bir qatorda 
    RNK (ribonuklein kislota) ham saqlaydilar.  
    RNK bilan DNK orasidagi farq nimada? Eng avvalo, ikki janjirli DNK dan 
    farqli ularoq, RNK bir zanjirdan iborat bo‘lgan makromolekula
    1.19-rasm. RNK ning kimyoviy strukturasi 
    1
    Yubing Xie the Nanobiotechnology Handbook USA, 2013 English 
    Урацил
    Аденин
    Цитозин
    Гуанин
    5' охири
    3' охири


    RNK, DNK ni molekulasida sintez bo‘ladi va DNK zanjirlaridan birini 
    uchastkasini komplementar nushasi hisoblanadi. RNK ni kimyoviy tarkibini o‘ziga 
    xosligi shundan iboratki, RNK DNK molekulasidagi timin o‘rniga uratsil deb 
    nomlangan azotli asos saqlaydi. Bu ikkala makromolekularni yana bir farqi, DNK 
    da nukleotid tarkibida dezoksiriboza bo‘lsa, RNK da riboza joylashadi. 
    Molekulalarni kattaligi, hujayrada joylanishi va funksiyalari bo‘yicha farqlanadigan 
    RNK ni har xil tiplari ma’lum. Pastmolekulyar og‘irlikka zga bo‘lgan – transport 
    RNK (tRNK), hujayradagi umumiy RNK sini 10 % ini tashkil qiladi. 
    Genetik informatsiyani realizatsiyasi davrida, har bir tRNK ma’lum 
    aminokislotani o‘ziga bog‘lab oladi va ribosomaga ya’ni oqsil sintez bo‘ladigan 
    joyga tashib boradi.
    Ribosomali RNK (rRNK) hujayra RNK larini 85 % ni tashkil qiladi. rRNK, 
    ribosomalar tarkibiga kirib, strukturali funksiyani bajaradi. Bundan tashqari, rRNK 
    ribosomani faol markazini shakllanishida qatnashadi. Ribosomani faol markazida, 
    oqsil biosintezi jarayonida aminokislotalar molekulalari orasida peptid bog‘lari hosil 
    bo‘ladi. Informatsion yoki matritsali RNK (mRNK, mRNK), hujayrada sintez 
    bo‘ladigan barcha turdagi oqsillarni sintezini dasturlaydi. 
    1.20-rasm. Ribosomada (A), polipeptid biosintezi jarayonida (D) ishtirok etadigan matritsalik 
    RNK (5) va transport RNK (G) lar
     
    Ribosomalar er yuzida, bundan 3 mlrd yillar oldin paydo bo‘lgan, eng qadimgi 
    nanoofabrika deb tan olingan. Odam organizmi o‘zida mana shunga o‘xshagan 
    nanofabrikalarni birnecha yuz trillionlarini saqlaydi. Ribosomalarda, hujayra 
    yadrosidagi iRNK olib kelayotgan loyihalarni nushalari asosida, organizm uchun 
    zarur bo‘lgan oqsillarni barchasi sintez bo‘ladi. 

    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Genetik informatsiya DNK da alfavitni 4 ta harfi (A,G,T,S) bilan yozilgan

    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish