Kinezin oqsilini ikki qo‘lli nanorobot sifatida qarash mumkin. Bu qo‘llar
yordamida, u yo‘lboshi bo‘yicha harakatlanadi. Yo‘lboshi – oqsil ketma-ketligi
hisoblanadi. Bu ketma-ketlik, oxirida polyarlangan. Kinezin bo‘ylab manfiy
polyusdan musbat polyusga qarab harakatlanadi. Kinezinli nanorobotlar har xil
tipdagi hujayralarda katta miqdorda uchraydilar.
Bakteriyalarda, masalan ichak tayoqchasida mexanik oqsilli nanoqurilmalarni
yana bir qiziq misoli uchraydi.
Ca
2
+АТФ
Кўприк
Z-диск
2
2
3
3
Z
Z
1
1
Саркомер
Актин
Миозин
1.23-rasm. Ichak tayoqchasi. E. Coli harakatga keltiruvchi usqurma – xivchinlar – rotorli
nanomotorlar hisoblanadilar
Bu mexanik robotlar guruhi bo‘lib, ular o‘zlarini, “qo‘l – oyoqlarini”
harakatlanishi yordamida hujayrani suzib yurishini ta’minlaydi. Bunday robotlarni
razmerlarining diametri taxminan 45 nm. Ularni faoliyati hayotiy muhim funsiyani
ta’minlaydi, chunki, unchalik qulay bo‘lmagan muhitdan yaxshiroq muhitga
harakatlanish ichak tayoqchasiga o‘xshagan organizmlarni tirik qolishini ta’minlab
beradi. Olimlarni aniqlashlariga ko‘ra, mexanik robotlarda harakatga keltiruvchi
asosiy usqurma rotorli nanomotorlar hisoblanar ekan. Bunda, robotlarni tarkibiga
boshqa qiziq mexanizmlar, masalan, bo‘lakchalarni hisobga oluvchilar, o‘lchovli
uskunalar va h.k. Bu robotlarni strukturasini o‘rganish uchun ko‘p ishlar qilish
kerak, eng avvalo bunday nanorobotlarni shakllantiradigan 20 xil oqsillar qanday
o‘zaro munosbatlarga kirishini aniqlash zarur.
2
Nazorat savollar:
1. Nanobiotexnologiya nima?
2. Nanobiotexnologiyaning nanotexnologiyaga nisbatan o‘ziga xosligi
nimada?
3. Nanostrukturalar nima bilan xarakterlanadi?
4. Nanomasshtabni (nanodunyo elementlarini) noyobligi nimada?
5. Nanojarayonlar va nanohodisalar nima?
6. Biomakromolekulalar nima?
7. Sizga tanish bo‘lgan biomakromolekulalarni monomerlarini xarakterlab
bering.
2
Ehud Gazit. Plenty of room for biology at the bottom: an introduction to Bionanotechnology. London.: «Imperial
College Press», 2007. 51 p].
8. Hujayrada genetik axborotlarni saqlash va undan foydalanish uchun
javobgar makromolekulalar nimalar?
9. DNK molekulasining tuzilishini tushuntirib bering.
10. Genom nima?
11. “Kichikdan kattaga” va “kattadan kichikka” prinsiplarini misollar bilan
tushuntinrib bering.
12. Molekulyar “tanish” va “o‘z-o‘zidan yig‘ilish” nima?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ehud Gazit. Plenty of room for biology at the bottom: an introduction to
Bionanotechnology. London.: «Imperial College Press», 2007. 181 p.
2. Claudio Nicolini. Nanobiotechnology and nanobioscience. Singapore.: «Pan
Standford Publishing Pte. Ltd.», 2009. 363 p.
3. K.Davranov., B.Aliqulov. Nanobiotexnologiya. Toshkent, 2015. 312 b.
|