|
7 – sinf mehnat darslarida zamonaviy tikuvchilik mashina va jihozlaridan foydalanishni o’rgatish metodikasi” 5112100
|
bet | 17/50 | Sana | 13.04.2021 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #14230 |
Ip tashlab tikilishi. Igna bilan mokining o’zaro xarakatlarida moslik buzilsa ip tashlab tikilishi mumkin. Ignaning noto’g’ri ishlashiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: ignadagi nuqsonlar (uning o’tmasligi, bukilganligi); ignani raqamli belgisi va nomeri noto’g’ri tanlanganligi; ignaning balandlngi noto’g’ri (baland yoki past o’rnatilganligi); tepki yoki igna plastinasi igna uchini chapga bukib yuboradigan qilib noto’g’ri o’rnatilganligi; iplarning noto’g’ri taqilishi; igna ariqchalari moki uchiga nisbatan teskari qarab qolganligi; igna mexamizmi birikmalariningyeyilishi.
quyidagilar mokining noto’g’ri ishlashiga sabab bo’ladi: moki uchining ignaga vaqtida yaqinlashishi noto’g’ri rostlanganligi; igna bilan moki uchi orasidagi zazor noto’g’ri rostlanganligi, moki mexanizmi birikmalarining yeyilganligi yoki bo’shab ketganligi. Ip tashlab tikilish sabablarini igna mexanizmidan boshlab aniqlash kerak.
|
| |