Elektr mashinasi afzalligi
Uy mashinalariga qo’l mashinasi oyoq mashinasi va elektr mashinasi va elektrmashina kiradi. Elektrmashina elektrodvigatel yordamida harakatlanadi.
Mashinalar bajaradigan ishiga qarab klasslarga bo’linadi. Mashinaning klassi sonli raqam bilan belgilanadi.
Sonli raqam yonida bosh harf turadi. Bu harf mashinaning guruhini bildiradi. Masalan M.I.Kalinin nomli Podolsk mexanika zavodi quyidagi mashinalarni ishlab chiqaradi: 22-A kl PMZ o’rtacha og’irlikdagi gazlamalarni tikishda 3500 aylg’min tezlik bilan ishlaydi, ya’ni 1daqiqa ichida 3500 baxya tikadi.
22-B kl PMZ mashinasi yupqa gazlamalarni tikishga mo’ljallangan. Bu mashinada moki mexanizmiga qo’shimcha detal kiritiladi. Bu detal ustki ipning tarangligini oshiradi.
22-V kl PMZ mashinasiga gazlamalarning chetini qirqib boradigan pichoq o’rnatilgan. Bu mashina ham tikadi, ham qirqadi.
22-E kl PMZ mashinasi gazlamalarning chetini shakldor qilib qirqadi, iplari sochilib ketmaydi.
22-A kl PMZ mashinasi ishlab chiqarish korxonasida keng ishlatiladi.
I bob xulosasi
“Bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri–bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxasis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz’’ - Prezidentimiz Islom Karimovning bu so’zlari shuni anglatadiki O’zbekistonimizning kelajagi bo’lajak kadrlar qo’lidadir. Shunday ekan biz kadrlar bu borada kelajakka intilib, u bilan hamohang bolishimiz uchun fan texnika yutuqlaridan foydalangan holda pedagogik faolyatimizni olib borishimiz kerak.
|