TIKUV MASHINALARINI TOZALASH VA MOYLASH. MASHINADAGI NUQSONLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH




Download 1,77 Mb.
bet15/50
Sana13.04.2021
Hajmi1,77 Mb.
#14230
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
2.1. TIKUV MASHINALARINI TOZALASH VA MOYLASH. MASHINADAGI NUQSONLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH.

Tikuv mashinasining mexanizmlarini tozalash va moylash ularni aniq va beto’xtov ishlashini ta’minlaydi. Tutashgan detallarning ishqalanadigan yuzalarini moylash uchun mineral moylar ishlatiladi. Moylash materiallari ishqalanadigan yuzalarning orasida detallarni ajratib turadigan ma’lum qalinlikdagi moy qatlamini hosil qiladi. U detallarning ishqalanishini kamaytiradi, ish yuzalari o’rniga moylash materiallari qatlamlari bir-biriga ishqalanib detallar yeyilishining oldini oladi. 1022-M kl. mashinasini moylash uchun suyuq I-12A (GOST 20799-75) moyi ishlatiladi.

Mashinani tozalash va moylash shu mashinada ishlaydigan tikuvchining vazifasidir; har bir ish o’rnida moydon, o’rta va kichik (mokibop) otvyortka, cho’tka yoka cho’tkacha, titilmaydigan yumshoq artadigan mato bo’lishi kerak. Tikuvchi ich kiyim tikadigan bo’lsa, bir haftada kamida bir marta, ip gazlama tikkanda xaftasiga ikki marta (sex ma’muriyati belgilagan kunlari), paxta solingan va titilgan, dag’al jun gazlamalardan buyum tikishda esa xar kuni mashinalarni tozalab, moylab turishi lozim.

Mashinaning xamma joyini tozalash va moylashda elektr dvigatel o’chirib qo’yiladi, yuritma tasmasi olinadi, igia eng yuqori chekka holatga o’rnatiladi, tepki ko’tarnb qo’yiladi va naycha qalpoqchasi chiqarib olinadi. Avval cho’tkacha bilan mashinaning bosh qismidagi kir va gazlama tuklarini tozalab, detallar latta bilan artiladi. So’ngra mashinani oshiq-moshiqda ag’darib qo’yib, platforma tagidagi detallar va taglik artiladi.

Tutashgan detallar orasidagi ishqalanadigan joylarga moydondan ikki-uch tomchi moy tomiziladi. Moy teridan-to’g’ri detallarning tutashgan joylariga, moy o’tkazadigan teshiklarga yoki maxsus moydonlariga tomizib qo’yilishi mumkin. Moylash teshiklari qizil rangga bo’yalgan bo’ladi. Oldin mashina platformasi tagidagi detallar, so’ng mashina tanasi tayanchidagi platforma ustidagi va, nixoyat, mashina tanasidagi detallar moylanadi. Moylash ishlari tugagandai so’ng mashinani qo’lda aylantirib, asosiy valning yengil aylanishi tekshirib ko’riladi, ortiqcha moy latta bilan artiladi, moy bir tekis taqsimlanishi uchun tepkini ko’tarib qo’yib, mashina bir necha sekund salt ishlatiladi. Mashinada ish boshlash oldidan gazlama parchasida baxya qator sifati tekshirib ko’riladi.

1022-M kl. mashinasida platforma tagidagi detallarning va mashina old qismidagi detallarning tutash joylari avtomatik moylanib turishi uchun ikkita karter montaj qilingan. Mashina platformasining teshigiga shchup 19 qo’yilgan. Tikishdan oldin pastki karterdagi moy sathini tekshirib, ko’rish lozim. Moy sathi shchup 19 ning ustki chizig’idan yuqori bo’lishi kerak. Agar moy sathi bundan past bo’lsa, plagforma teshigidan moy quyiladi. Ustki karter mashina tanasining chap tomoniga joylashgan bo’lib, moy o’tkazuvchi teshikli nazorat qalpoqchasi 9 bilan bekitilgan bo’ladi. Bu teshikka har smenada bir tomchi moy quyib turish lozim.



2.1.1 - chizmasi. 1022-M kl. mashinasining konstruktiv sxemasi

Koromislo 11 (1 –chizma ) bilan zveno 13 tutashgan, zveno 13 bilan materialni surish mexanizmining richagi 14, ko’tarish vali 10 bilan vtulka 12, richag 14 bilan koromislo 2, surish mexanizmining vali 3 bilan vtulka 1, sharikli podshipnik 7 bilan taqsimlash vali, zveno 8 bilan koromislo 9, zveno 5 ning ustki kallagi bilan baxya yirikligini rostlagich richagi 5 va shu richag bilan sharnirli barmoq 6 tutashgan, shuningdek mashinaning asosiy vali bilan sharikli podshipnik 4 tutashgan joylarni moydon yordamida moylash kerak.Moki komplekti bilan reykadagi changni va gazlama tuklarini tozalash uchun surilma plastina 1 ni chapga surib igna plastinasi 16 ning ikkita vintini burab, igna plastinkasini chiqarib olinadi. Tikuv mashinalarida ko’pgina sabablarga ko’ra nuqsonlar vujudga kelishi mumkin: mexanizmlarning, ish organlarining o’zaro ta’siri buzilishi, detallarning yeyilishi, detallar yuzasi tozaligining o’zgarishi va hokazo. Tikuv mashinalarining asosiy nuqsonlariga baxya qatorning sifati pastligi, ip tashlab tikilishi, ip uzilishi, materialining qiyin surilishi, igna sinishi kiradi.


Download 1,77 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Download 1,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TIKUV MASHINALARINI TOZALASH VA MOYLASH. MASHINADAGI NUQSONLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH

Download 1,77 Mb.