|
7 – sinf mehnat darslarida zamonaviy tikuvchilik mashina va jihozlaridan foydalanishni o’rgatish metodikasi” 5112100
|
bet | 16/50 | Sana | 13.04.2021 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #14230 |
Baxya qatorning sifati pastligi. Baxyaqator bo’sh (iplari yaxshi tortilmagan) bo’lsa, tarang yoki kir bo’lsa, shuningdek agar iplar «gazlamalar ustida chalishsa» yoki «gazlamalar tagida chalishsa» bunday baxyaqatorlar past sifatli hisoblanadi.
Baxyaqator bo’sh bo’lganda iplar tikilayotgan materiallar orasida chalishadi, lekin materiallar bir-biridan qochib turadi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun ostki va ustki ipni taranglash kerak.
Baxyaqatorning ortiqcha tarangligi iplarning haddan tashqari tarangligidan kelib chiqadi. Bunday baxyaqator tikilgan materiallarning baxyaqator chizig’i bo’ylab tortilsa, baxyaqator iplari osongina uzilib ketadi. Bunday kamchilikni tashqi ko’rinishidan aniqlasa bo’ladi, bunda chok baxyaqator ko’ndalangiga terilib qoladi. Buni ustki va ostki ip tarangligini bo’shatib bartaraf etiladi.
Agar ustki ip ostki ipni tortib ketib, ular materiallarning ustida chalishayotgan bo’lsa, bunda baxyaqator materiallar «ustida chalishgan» bo’ladi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun iplar tarangligini ustki ipdan boshlab rostlash kerak.
Agar ostki ip ustki ipni tortib ketib, ular materiallar tagida chalishsa, bunda baxyaqator materiallar «tagida chalishgan» bo’ladi. Bu kamchilikni yo’qotishda iplar tarangligini ostki ipdan boshlab o’zgartirish kerak.
Kir baxyaqator mashinaga yomon qarab turilganligi oqibatida kelib chiqadi va oqish materiallarni tikishda ayniqsa sezilarli bo’ladi.
|
| |