|
7 – sinf mehnat darslarida zamonaviy tikuvchilik mashina va jihozlaridan foydalanishni o’rgatish metodikasi” 5112100
|
bet | 20/50 | Sana | 13.04.2021 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #14230 |
Igna sinishi. quyidagi hollarda igna sinishi mumkin: agar igna xarakat vaqtida bironta noto’g’ri turib qolgan detalga tegib o’tadigan bo’lsa, igna balandligi noto’ri (pastroq) o’rnatilgan bo’lsa; tepkida, igna plastinasida, mokida lyuft bo’lsa, yoki ular noto’g’ri o’rnatilgan bo’lsa; igna pastdaligida materiallar surilsa; tikib bo’lgandan kenin materiallarni tepki tagidan extiyotsizlik bilak olinsa.
Mashina ishidagi boshqa kamchiliklar (igna tegadigan detallar singanligi yoki ularda chaqa va g’adir-budir joylari borligi) natijasida ham igna sinishi mumkin, shuning uchun tikish oldidan maxovik g’ildirakni aylantirib, igna o’z yo’lida bironta detalga tegmayotganligini tekshirib ko’rish tavsiya etiladi. Shundan keyingina operatsiyani bajarishga kirishish mumkin.
Ustki ipni taranglash rostlagichi tuzilishini uni qismlarga ajratish tartibida ko’rib chiqamiz (mexanizm yoki yig’ish birligi xamma vaqt qismlarga ajratishga teskari tartibda yig’iladi). Mashina tanasining teshigiga vint 11 yordamida (2- chizma) korpus 2 maxkamlangan. Unga vint 1 yordamida vintli shpilka 5 maxkamlangan. Shpilkaning chap tomoniga ip tortkich prujinasi 4 kiydirilgan bo’lib, bu prujina ignaga ip tortkich tushirgan ipning ortiqchasini qaytarib tortishga xizmat qiladi. Ip tortkich prujinasi 4 ning uchi gorizontal bo’lib, u ip tortkich ilgagini keragicha tortib turishi va paz ichida bemalol surilishi uchun vintli shpilka 5 ning paziga joylashtirib qo’yilgan.
Vintli shpilka 5 ning old uchiga gayka 10 burab kiritilgan, tortish prujinasi 9, shayba 5 bilan peremichka (bo’rtig’ini oldinga qaratib) tortish shaybasi 7 (bo’rtiq tomonlarini bir-biriga qaratib) va vintli shpilka 5 ning o’q kanaliga kiritib qo’yilgan bo’shatish sterjeni 6 kiydirilgan. Sterjen 6 tepki ko’tarilganda, ustki ip tarangligini kamaytirishga xizmat qiladi. Buning uchun mashinaning old qismida o’q 14 tutib turadigan richag 13 bor bo’lib, uning chap yelkasi kronshteyn paziga (tepki uzelida) kirib turadi, o’ng yelkasi esa bo’shatish sterjeni 6 ro’parasida joylashgan.
Tepki ko’tarilganda kronshteyn richag 13 ni soat mili yo’nalishida buradi, bo’shatish sterjeni 6 o’ngga burilib, shayba 8 orqali prujina 9 ni bo’shatadi va u ustki ipni bosmay qo’yadi. Tepki tushirilganda prujina 12 ta’sirida richag 13 soat mili xarakatiga qarshi yo’nalishda burilib, ustki ipning tarangligini asli holatiga qaytaradi.
2.1.2 – chizmasi . Ustki ipni taranglash rostlagichi
Ustki ipning tarangligi gayka 10 yordamida rostlanadi. Uni burab kiritilsa, taranglik oshadi.
Ip tortkich prujinasi 4 ning holati vint 11 ni bo’shatgandan keyin korpus 2 ni burib rostlanadi. Odatda ip tortkich prujinasi 4 ning ilgagini vertikalga nisbatan 20-250 burchak ostida o’rnatiladi.
|
| |