• Laboratoriya darsi vaqtida quyidagi qoidalarga amal qilish kerak
  • Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik koidalari




    Download 270,57 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana09.09.2024
    Hajmi270,57 Kb.
    #270651
      1   2   3
    Bog'liq
    1-Laboratori ishi



    Laboratori ishi № 1
    Mavzu: Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari va 
    laboratoriyada ishlatiladigan asbob-uskunalar bilan tanishish 
     
    Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik koidalari 
    Laboratoriya darsi ma’ruzada o’tilgan mavzularni to’liq va chuqur o’rganishda 
    juda katta ahamiyatga ega o’quv darslarining eng aktiv turlaridan biri bo’lib, 
    talabaning mustaqil o’quv ishlarni tashkil qilishga va yo’naltirishga imkon beradi. 
    Laboratoriya ishlari doimo ma’ruza o’tilgandan keyin bajarilishi kerak
    shundagina uning foydasi to’liq buladi. Talaba o’tilgan mavzu bo’yicha tajribalar 
    o’tkazib u yoki bu qoidaning to’g’riligiga ekspriment orqali ishonch hosil qilib, 
    analitik kimyo bo’yicha eshitgan ma’ruzalardan olgan bilimlarini mustahkamlab 
    boradi. Har bir laboratoriya ishini bajarishdan oldin shu mavzuga oid nazorat ishi 
    o’tkaziladi yoki har bir talabani doskaga chaqirib so’raladi . 
    Laboratoriya darsi vaqtida quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: 
     
    1. Barcha xavfsizlik choralariga aniq amal qilish («Xavfsizlik texnikasi 
    qoidalari») 
    2. Tajribalardagi har bir ishning tartib va ketma–ketligiga, reaksiyaga 
    kirishuvchi moddalarni miqdor va konsentratsiyalariga, qullanmada qanday 
    ko’rsatilgan bo’lsa shunday aniqlikda rioya qiling (agar ishlatiladigan reaktivlar 
    miqdori ko’rsatilmagan bo’lsa, iloji boricha kam olib ishlatish kerak ). 
    3. Tajribaning borishi va uning o’ziga xos joylarini diqqat bilan kuzatib, 
    aniqlab boring. 
    4. Ishning oxirida ishlatilgan asbobni yig’ishtirib, kimyoviy idishlarni yuvib, 
    ish joyini artib tozalab navbatchiga yoki o’qituvchiga ko’rsating. 
    5. Darsning oxirida kuzatish natijalari va qilingan hisoblash natijalari yozilgan 
    daftaringizni o’qituvchiga imzo qo’yish uchun ko’rsating.
    Amaliy mashg’ulot o’tkazish texnikasi va uning ahamiyati. 
    Analitik kimyo kursi bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni bajarishda talabalar
    dastlab reaktiv va asboblardan foydalanish qoidalari hamda tajribalarni aniq 
    bajarish texnikasi bilan tanishtiriladi. 
    Amaliy mashg’ulotlarni nazariy tushunchalar bilan birgalikda olib 
    borilgandagina talabalarning o’zlashtirishi unumli va samarali bo’ladi. 
    Talabalarni laboratoriyada amaliy mashg’ulot bajaradigan asosiy joyi ish 
    stolidir. Ish stoli doimo toza bo’lishi kerak. Laboratoriya mashg’ulotlarini 
    faqatgina qunt va aniqlik bilan bajarilgandagina kutilgan natijalarga ega bo’lish 
    mumkin. Ishga e’tiborsizlik bilan qarash esa bajariladigan ish natijalarining xato 
    chiqishiga sabab bo’ladi. Tajribani to’g’ri bajarish uchun eritma va reaktivlarni 
    ko’rsatilgan miqdorda olish lozim. Disstillangan suv, gaz va elektr energiyasini 


    tejab sarflash kerak. Tartib va ozodalikni ish joyidagina emas, balki 
    laboratoriyada ham saqlash lozim. 
    Har bir amaliy mashg’ulotni bajarishdan oldin, talabalar oldingi ish 
    yuzasidan hisobot tuzib o’qituvchiga ko’rsatadilar. So’ng navbatdagi laboratoriya 
    ishini bajarishga ruxsat etiladi. 
    Yangi ishni boshlashdan avval o’qituvchi talabalardan shu ishning 
    mazmunini qanchalik darajada bilib olganliklarini tekshirib ko’rishi lozim. 
    Talabalar nazariy tushunchalarni o’zlashtirib, tajriba texnikasini tushinib 
    olganliklariga ishonch hosil qilganidan keyingina navbatdagi ishni bajarish uchun 
    ruxsat etiladi. 
    Talabalar tayyorlagan asboblar sxemalari to’g’riligini o’qituvchi yoki katta 
    lobarant tekshirib ko’rib ishni bajarishga ruxsat beradi. 

    Download 270,57 Kb.
      1   2   3




    Download 270,57 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik koidalari

    Download 270,57 Kb.
    Pdf ko'rish