• Birinchi yordam ko’rsatish choralari.
  • Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik koidalari




    Download 270,57 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana09.09.2024
    Hajmi270,57 Kb.
    #270651
    1   2   3
    Bog'liq
    1-Laboratori ishi

    Xavfsizlik texnikasi qoidalari. 
    1.
    Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan moddalarning ko’pchiligi ozmi 
    –ko’pmi sog’likka zararlidir. Shuning uchun laboratoriyada ishlash vaqtida 
    quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish shart.
    2.
    Laboratoriyada faqat xalat yoki maxsus kiyim kiygan holda ish 
    bajarishga ruxsat etiladi. 
    3.
    Konsentrlangan kislotalar, xlor, vodorod sulьfid va boshqa moddalar 
    bilan o’tkaziladigan tajribalarni mo’rili shkafda bajarish lozim. 
    4.
    Kuchli kislotalar, ayniqsa konsentrlangan sulьfat kislotani suyultirishda 
    suvni kislotaga emas, balki kislotani suvga tomchilatib ohista quyish kerak. 
    5.
    Kislota, ishqor va ammiakning konsentrlangan eritmalari hamda oson 
    bug’lanuvchi suyukliklarni pipetkaga og’iz bilan so’rib tortib olish yaramaydi. 
    Buning uchun rezina so’rgichdan foydalanish kerak. 
    6.
    Oson o’t oladigan suyuqliklarni ochiq alangada qizdirish yoki unga yaqin 
    keltirish yaramaydi. Bunday moddalar bilan qilinadigan tajribalarni alangadan 
    uzoqroqda, imkoni bo’lsa, mo’rili shkafda o’tkazing. 
    7.
    Elektr asboblarining kontaktlariga e’tibor bering, ular yaxshi 
    izolyatsiyalangan bo’lishi kerak. 
    8.
    Xlor, brom, vodorod sulьfid va uglerod (II) – oksid bilan zaharlanganda, 
    avvalo zaharlangan kishini ochiq havoga olib chiqish, so’ngra tegishli yordam 
    ko’rsatish kerak. 
    9.
    Ko’zga yoki tanaga biror kimyoviy reaktiv sachrasa, zararlangan joyni 
    avval suv bilan yaxshilab yuvib, so’ngra vrachga murojaat qilish lozim. 
    10.
    Laboratoriyadan ketayotganingizda gaz gorelkalari va vodoprovod 
    jo’mraklari berkligini hamda elektr asboblarining o’chirilganligini albatta 
    tekshirib ko’ring. 
    11. Laboratoriya ishi tugagach, qo’lni yaxshilab yuvish kerak. 
    Birinchi yordam ko’rsatish choralari. 
     


    1.
    Agar teriga (qo’l, bet, va boshqa joylarga) konsentrlangan kislota (nitrat, 
    sulьfat, xlorid va sirka kislota) sachracha, darhol o’sha jarohatlangan tana qismi 
    kuchli suv oqimi bilan 3-4 minut davomida yuviladi, so’ngra shikastlangan joyga 
    kaliy permanganatning 3% li eritmasi shimdirilgan paxta qo’yiladi. Agar kuchli 
    shikastlanish xolatlari ro’y bersa, bemor tezda shifokorga murojat qilishi lozim. 
    2.
    Agar teriga ishqor to’kilgan bo’lsa, o’sha joy aval suv bilan (teri 
    silliqligini yo’qotguncha) yuvilishi kerak. So’ngra zararlangan joyga kaliy 
    permanganatning 3% li eritmasi shimdirilgan paxta qo’yib bog’lanishi lozim. 
    3.
    Agar ko’zga kislota yoki ishqor sachrasa , ko’zni yaxshilab suv bilan 
    yuvish, so’ngra tezda shifokorga murojat qilish kerak. 
    4.
    Agar terini issiq narsalar (masalan issiq shisha yoki issiq metall) tegib 
    kuydirsa, shu joy kaliy permanganatning 3% li eritmasi bilan yuvilib, unga 
    maxsus surtma moy surtish kerak. 
    5.
    Fosfor ta’sirida kuygan joyga mis (II) sulьfatning 2% li eritmasi 
    shimdirilgan paxta qo’yib bog’lanishi kerak. 
    6.
    Xlor, brom, vodorod sulьfid, uglerod (II)oksidi va boshqa kimyoviy 
    birikmalar bilan zaharlanganda tezda ochiq havoga chiqish, shifokorga murojaat 
    qilish kerak. 

    Download 270,57 Kb.
    1   2   3




    Download 270,57 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik koidalari

    Download 270,57 Kb.
    Pdf ko'rish