• Аxborot texnologiyalari bo`limining samaradorligini oshirish
  • Advertisement requests Summary Advertisement Alert uchun mijozdan serverga sorov taqdim etadi 2. Summary advertisements
  • 7-12-Laboratoriya ishlari




    Download 0.63 Mb.
    bet2/8
    Sana16.05.2023
    Hajmi0.63 Mb.
    #60186
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Tarmoq xavfsizligi 7 12 laboratoriya mashg\'ulotlari
    Binolar, inshootlar va yong\'in bo\'linmalari, 3 КУРС ДАРС ЖАДВАЛИ охиргиси , 88 (31), Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti fakulteti, Qayta o’zlashtirish, 20-mavzu Makro, Elektr mashinalari va yuritmalari, KJ 4-kurs majmua KORXONA JIHOZLARI mavzu izlash uchun
    Samaradorlikni oshirish: tarmoqni ikkinchi pog`onada bir nechta mantiqiy guruhlarga bo`lish (keng eshittirishli domen) ortiqcha tarmoq trafigini sonini kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi;
    Keng eshittirishli domenlarni kamaytiradi: tarmoqni VLANlarga ajratish keng eshittirishli domendagi qurilmalar sonini kamaytiradi.
    Аxborot texnologiyalari bo`limining samaradorligini oshirish: VLAN tarmog`i tarmoqni boshqarishni soddalashtiradi. Yangi kommutatorni ekspluatatsiyaga kiritishda ko`rsatilgan portlarda kerakli qoida va jarayonlarni amalga oshiradi. Аxborot texnologiyalari mutaxassislari VLANga tegishli nom bilan tarmoqni funktsiyasini tezda aniqlashadi.
    Har bir VLAN tarmoqda qaysidir bir IP tarmoqqa tegishli bo`ladi. VLAN ni loyihalashda tarmoq adreslashining iyerarxik tizimini amalga oshirishni inobatga olish lozim. Iyerarxik adreslash degenda tarmoqni to`liq ishlashida VLAN tarmog`i yoki IP tarmoqning segmentlarini tartibli berilgan raqamlanishi tushiniladi.
    Vlan tarmoqlari asosan 2 xil diapazoda bo`ladi:
    1.Standart – 1 dan 1005 gacha
    2.Kengaytirilgan – 1006 dan 4094 gacha
    Kommutator portlari VlAN 1 ga oldindan biriktirilgan bo`ladi (default vlan, native vlan = 1).
    VTP (ingliz. VLAN Trunking Protocol) - lokal hisoblash tarmog`i protokoli bo`lib, tanlangan trank portda VLAN haqida axborot almashish uchun xizmat qiladi. VTP – vlan larni dinamik tarzda sinxronizatsiyalash uchun ishlatiladi;
    3 xil rejimi mavjud:
    1.Client – VLAN larni o`zgartirish, o`chirish, yaratish mumkin emas;
    2.Transparent – bunda, switch da sinxronizatsiya amalga oshirilmaydi, switch faqat o`tkazuvchi vazifasini bajaradi;
    3. Server – VLAN bilan istalgan funktsiyalarni bajarish mumkin;
    Vtp serverda vlan yaratiladi Clientlar avtomatik serverda yaratilgan VLAN larni qabul qiladi. Xavfsizlik ta ‘minlash maqsadida bu protokolda Client switch vlan yarata olmaydi, faqat foydalanuvchilarni o`zlariga biriktira oladi. Tarmoqda qandaydir o’zgarish yuz bersa (masalan yangi vlan qo`shilishi yoki olib tashlash) faqat VTP server orqali amalga oshiriladi.
    VTP-da uchta xabar turi mavjud:
    1.
    Summary Advertisement Alert uchun mijozdan serverga so'rov taqdim etadi
    2. Summary advertisements
    Ushbu standart xabar server har 5 daqiqada yoki konfiguratsiyani o'zgartirgandan so'ng darhol yuboradi.
    3. Subset advertisements
    VLAN konfiguratsiyasini o'zgartirgandan so'ng, shuningdek, ogohlantirish so'rovidan keyin darhol yuboriladi.
    VLAN ma'lumotlar bazasining yangi versiyasi serverdan olgan mijoz uni boshqa barcha trank portlarga uzatadi, agar uning orqasida yana VTP Client lari va VTP Transparent lari bo`lsa, ular ham ushbu yangilanishlarni oladi.



    Xulosa:
    Biz ushbu laboratoriyani bajarish davomida lokal tarmoqda yaratilgan VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani amalga oshirdik va VTP protokolini ishlash tamoyili bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`ldik. Bu laboratoriya mashg’ulotini bajarishda Cisco Packet Traker dasturidan foydalandik.



    Download 0.63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.63 Mb.