• TCP/IP stekining tarixi va rivoji.
  • 7-8 ma’ruza tcp/ip protokollar steki




    Download 30,18 Kb.
    bet1/5
    Sana11.01.2024
    Hajmi30,18 Kb.
    #134783
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    7-8 ma’ruza tcp ip protokollar steki pog’onasining tarixi-fayllar.org


    7-8 ma’ruza tcp/ip protokollar steki pog’onasining tarixi



    7-8 ma’ruza 

    TCP/IP protokollar steki. pog’onasining tarixi, pog’onalari, ularning
    vazifasi, asosiy protokollari, pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari. 
    TCP/IP va OSI modellarning o’xshash jihatlarini qiyoslash.


    Reja: 

    1.


    TCP/IP protokollar steki, pog’onasining tarixi
    2.

    Ularning vazifasi, asosiy protokollari


    3.

    Pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari


    4.

    TCP/IP va OSI modellarning o’xshash jihatlarini qiyoslash.







    TCP/IP stekining tarixi va rivoji. 
    Transmission Control protocol/internet protocol(TCP/IP) – protocollar steki 
    global tarmoq uchun ishlab chiqarilgan.
    TCP/IP standartlari Request for Comment (RFC) deb ataluvchi seriyali 
    hujjatda chop etilgan. RFC hujjatlarida Internet tarmog‘i ichida bo‘layotgan ishlar
    yozilgan. Ayrim RFC lar tar- moq servislari yoki protokollari va ularni ishlab 
    chiqish haqida yozadi. TCP/IP standartlari har doim RFC ko‘rinishda chop etiladi,
    faqat barcha RFC lar ham standart bo‘Imaydi. 
    Stek 20 yil oldin AQSH mudofaa vazirligi tomonidan har xil hisoblash
    tizimlarida eksperimental ARPANET tarmog‘ining boshqa tarmoqlar bilan 
    aloqasini ta’minlash uchun ishlab chiqil- gan. ARPA tarmog‘i ishlab
    chiqaruvchilarga va izlanuvchilarga harbiy sohada anchagina foydali bo‘ldi. ARPA 
    tarmog‘ida ikkita komp>oiter aloqasi Internet Protocol (IP) yordamida amalga
    oshirilgan. Hozirgi kunda esa TCP/IP stekining asosiy qism- laridan biri 
    hisoblanadi.
    Berkli universiteti o‘zining ОС UNIX versiyasida ishlab chiqqan protokollari 
    bilan TCP/IP ning rivojiga katta hissa qo‘shdi va keng tarqalishiga sababchi bo‘ldi.
    Ushbu stekda xalqaro Internet axborot tarmog‘i ishlaydi. Uning mutlaqligini, ya’ni 
    RFC formasidagi ko‘rinishini Internet Engineering Task Forse (IETF) ta’minlab
    berdi.

    PC P/IP steki ОС UNIX da shaxsiy kompyuterlar uchun Windows tarmoq


    operatsion tizimlarida keng tarqalgan va uning yetakchilik xususiyatini quyidagilar 
    orqali tushuntirish mumkin:

    Bu ko‘p tarixga ega bo‘lgan deyarli yakunlangan standart va hozirgi 

    kunda mashhur bo‘lgan tarmoq protokollari steki hisoblanadi.



    Deyarli barcha katta tarmoqlarda o‘z trafigining asosiy qismini 

    TCP/IP orqali uzatadi.



    Bu Internet tarmog‘iga chiqish usuli. 

    Bu stek Internet transport xizmatlaridan va unda yaratil- gan WWW


    gipermatn texnologiyasidan foydalangan holda intranet — korporativ tarmog‘ining 
    asosi uchun xizmat qiladi.

    Bu mustahkam texnologiya transport tizim osti tizimi darajasida har 

    xil tizimlami birlashtirish uchun qulay.



    Bu kliyent-server dasturi uchun mustahkam platformalar 0‘rtasida 

    masshtablashgan muhit.


    3.2. TCP/IP STEKINING STRURTURASI. 
    PROTOKOLLARNING QISQACHA XARAKTERISTIKASI
    TCP/IP steki o‘zaro ta'sirga ega bo‘lgan ISO/OSI ochiq ti- zimidan oldin 
    ishlab chiqilgan. Shunday bo‘lsa ham u ko‘p sath- li strukturaga ega.
    TCP/IP protokolining strukturasi 3.2-rasmda berilgan. TCP/IP protokollari 4 
    ta sathga bo‘linadi.
    IV sath eng pastki salh hisoblanadi. U OSI fizik va kanal sathiga mos tushadi. 

    TCP/IP protokolida bu sath belgilanmay- di, lekin barcha ma’lum fizik va kanal


    sathdagi standartlami (lokal tarmoq uchun bu Ethernet, Token-Ring, FDDI, Fast 
    Ethernet, lOOVG-AnyLan, global tarmoq uchun — SLIP va PPP «nuqta-nuqta*
    birlashish protokollari, X.25, frame relay kom- mutatsiya bilan hududiy tarmoq 
    protokollari) qo‘llab-quwatlay- di. Odatda lokal yoki global tarmoqda yangi
    texnologiya paydo bo‘lsa, ulami zudlik bilan TCP/IP ga RFC ishlab chiqaruv- 
    chilari tomonidan qo‘shib boriladi.


    III sath — bu tarmoqlararo aloqa sathi. Bunda lokal tarmoq, hududiy tarmoq,


    maxsus aloqa tarmog‘i va shunga o‘xshash tar- moqlaming har xil transport 
    texnologiyasida foydalangan holda paketlarni uzatish bilan shug‘ullanadi.
    Stekda tarmoq sathining asosiy protokoli sifatida (OSI modeli terminida) IP 
    protokolidan foydalaniladi. Bu protokol boshidan murakkab tarmoq tarkibida
    paketlarni uzatishga mo‘ljallangan. Shuning uchun ham IP protokoli murakkab 
    topologiyali tarmoqlardan yaxshi ishlaydi. IP protokoli deyto- grammali protokol
    hisoblanadi, ya’ni paketlarni belgilangan joyga ishonchli yetkazilib borishiga javob 
    bera olmaydi, lekin harakat qiladi.
    Tarmoqlararo aloqa sathiga barcha protokol tashkil etuv- chilari bilan 
    bogMangan va marshrutlash jadvalining modifika- tsiyasi, ya’ni marshrut
    axborotlami yig'ish protokollari RIP (Routing Internet Protocol) va OSPF (Open 
    Shortest Path First), undan tashqari tarmoqlararo xabarlarni boshqarish protokoli
    ICMP (Internet control Message Protocol) kiradi. Oxirgi protokol tarmoq marshrut 
    izatori va paket manbayi hisoblangan protokoli element o‘rtasida xatolar haqidagi
    axborot almashuviga mo‘ljallangan. ICMP maxsus paketlari yordamida paketlarni 
    yetkaza olmasligi haqida xabar qiladi.
    II sath — asosiy sath hisoblanadi. Bu sathda jo‘natmalami boshqarish 
    protokoli
    TCP

    (Transmission


    Control

    Protocol)


    va

    foydalanuvchining


    deytogrammali protokoli UDP (User Datagram Protocol) boshqariladi. TCP 
    protokoli masofadagi amaliy jarayonlar o‘rtasida virtual bog‘lanish hisobiga
    xabarlami ishonchli uzatilishini ta’minlaydi. UDP protokoli amaliy paket- lami 
    deytogramma usulida IP singari uzatilishini ta’minlaydi.
    I sath — amaliy deb nomlanadi. Uzoq vaqt davomida turli hil o‘lkalarda, 
    tashkilotlarda TCP/IP stekidan foydalanish protokollar soni ortishiga va amaliy
    sathli xizmatlarni qo‘shilishiga sabab boMdi. Unga keng foydalaniladigan, FTP — 
    fayllami ko‘chirish protokoli, telnet — terminalni emulyat- siyalash protokoli,
    SMTP — pochta protokollari kiradi. Ulaming ayrimlariga batafsilroq to'xtalib 
    o‘tamiz.


    Fayllarni ayirboshlash protokoli FTP (File Transfer Protocol) faylga


    masofadan turib ega bo‘lishni tashkil qiladi. Fayllarni ishonchli ayirboshlash 
    maqsadida FTP TCP bilan aloqa o‘matib undan transport protokol sifatida
    foydalanadi. Fayllarni ayirboshlashdan tashqari FTP boshqa xizmatlarni ham taklif 
    qiladi. Ya’ni foydalanuvchi masofadagi kompyuter bilan interaktiv holatda ishlashi
    mumkin, mi sol uchun uning katalogidagi tashkil etuvchilami bosmaga chiqarish 
    mumkin. FTP dagi ma’lumotlardan foydalanish uchun foydalanuvchi o'zining
    nomini va parolini kiritishi kerak. Intemetning e’lon qilingan FTP arxiv 
    kataloglariga parol talab qilinmaydi, ya’ni foydalanuvchi Anonymous nomidan
    foydalanadi. 
    TCP/IP stekida FTP protokoli bir qancha kengroq xizmatlarni taklif qiladi va
    o‘z navbatida bu protokol dasturlash uchun eng murakkab hisoblanadi. Dasturda 
    FTP ning barcha imkoniyatlaridan foydalanilmasa, u holda faqat fayllarni ayir-
    boshlash protokoli TFTP(Trivial File Transfer Protocol) dan foydalaniladi. Bu 
    protokol faqat fayllami ayriboshlashni tashkil qiladi. Transport protokoli sifatida
    esa TCP dan birmuncha sod- daroq bo‘lgan UDP protokolidan foydalaniladi. 
    Telnet protokoli jarayonlar va terminal o‘rtasida baytlar oqi- mini
    almashinuvini ta’minlab beradi. Bu protokoldan masofadagi kompyuter 
    terminalining emulyatsiyasi uchun tez-tez foy- dalanib turiladi. Telnet
    xizmatlaridan foydalanish jarayonida foydalanuvchi masofadagi kompyutemi 
    huddi lokal foydalanuvchi kabi boshqaradi, shuning uchun ham yaxshigina
    himoyani talab qiladi. Himoyani ta’minlash maqsadida minimum parol bo‘yicha 
    autentifikatsiyadan foydalaniladi, lekin baribir birmuncha mustahkam himoya
    vositasi bu misol uchun Kerberos tizimi. 
    SNMP (Simple Network Manegment Protocol) tarmoq boshqaruvini tashkil
    qilish uchun ishlatiladi. Awalida SNMP protokol Internet marshrutizatorlarini, 
    odatda shlyuzlar deb ham ataluvchi vositalarni masofadan nazorat qilish va
    boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Keyinchalik esa SNMP protokoli istalgan 
    kommunikatsiya vositalarini — kontsentratorlami, ko‘prik- lami, tarmoq
    adapterlarini va boshqalami boshqarish uchun qo‘llaniladi. SNMP protokolidagi 
    boshqaruv qiyinchiliklari ikki qismga bo‘linadi: birinchi masala axborotni uzatish


    bilan bog‘liq, ikkinchisi esa o‘zgaruvchilami nazorat qilish, ya’ni boshqaruv


    qurilmasining holati bilan bog'liq. 



    Download 30,18 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 30,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-8 ma’ruza tcp/ip protokollar steki

    Download 30,18 Kb.