• Nazariy qism
  • Murakkab relyef sharoitida
  • Ishni bajarish tartibi.
  • «shovqin chiqaruvchi», «silkituvchi» yoki «sunʼiy noravonlik»
  • Mavzu: Rejadagi kichik radiusli egriliklarda xavfsiz harakatni tashkil etish sxemasini tuzish




    Download 73,51 Kb.
    bet2/2
    Sana13.05.2024
    Hajmi73,51 Kb.
    #229150
    1   2
    Bog'liq
    7-amaliy ish.

    Mavzu: Rejadagi kichik radiusli egriliklarda xavfsiz harakatni tashkil etish sxemasini tuzish
    Topshiriq. Talabalar rejadagi kichik radiusli egri yoʻlga chiqib, mavjud holatni oʻrganishadi va meʼyoriy hujjatlarga asosan xavfsiz harakatni tashkil etish sxemasini tuzishadi.
    Nazariy qism
    Yoʻldagi egri boʻlakning radiusi qancha kichik boʻlsa, unda harakatlanish shuncha qiyinlashib, birinchi navbatda harakat tezligining pasayishiga, harakat yoʻnalishining oʻzgarishiga, transport oqimining zichlashishiga va YTHning ortishiga sababchi boʻladi. Shuning uchun avtomobil yoʻllaridagi egrilik radiuslarining ShNQ 2.07.01-03* ga asosan minimal qiymatlari cheklangan (14.1-jadval).
    14.1-jadval
    ShNQ 2.07-01-03*ga asosan koʻcha-yoʻl tarmoqlarini asosiy koʻrsatkichlari

    Koʻchaning darajasi va nomi

    Harakat tasmasi

    Trotuarni eng katta eni, m

    Rejadagi egrilikning eng kichik radiusi, m

    Eng katta boʻylanma nishablik, ‰

    eni, m

    soni, dona

    Asosiy

    1. Umumshahar ahamiyatidagi magistral koʻchalar:

    a) toʻxtamasdan harakatlanadigan

    3,75

    6-8

    4,5

    500

    50

    b) boshqarilib harakatlanadigan

    3,75

    4-8

    4,5

    400

    50

    1. Tuman ahamiyatidagi koʻchalar

    3,75

    3-4

    3,0

    250

    60

    1. Mahalliy ahamiyatidagi magistral koʻchalar:

    a) aholi yashash kvartallarida

    3,5

    2-3

    2,25

    125

    80

    b) ishlab-chiqarish va kommunal-omborxona hududlarida

    3,5


    2-4


    1,5


    250


    50


    Murakkab relyef sharoitida

    1. Umumshahar ahamiyatidagi magistral koʻchalar:

    a) toʻxtamasdan harakatlanadigan

    3,5

    4-8

    -

    250

    60

    b) boshqarilib harakatlanadigan

    3,5

    4-8

    -

    125

    60

    1. Tuman ahamiyatidagi koʻchalar

    3,5

    2-4

    -

    50

    70

    1. Mahalliy ahamiyatidagi magistral koʻchalar:

    a) aholi yashash kvartallarida

    3,5

    2-3

    -

    125

    80

    b) ishlab-chiqarish va kommunal-omborxona hududlarida

    3,5


    2-4


    -


    50


    70


    Bir va ikki polosali harakat bir tomonga yoʻnalgan gorizontal egri radiusi 750 m gacha boʻlgan koʻchaning qatnov qismini 14.2-jadvalda koʻrsatilgan qiymatlarga kengaytirish kerak.


    14.2-jadval

    Radius, m

    Har bir harakat polosasini kengaytirish, m

    551-750

    0,2

    401-550

    0,25

    301-400

    0,3

    201-300

    0,35

    151-200

    0,6

    91-150

    0,7

    51-90

    0,8

    Ikki polosali yoʻllarni boʻylama qiyaligi 40 ‰ da koʻtarilish uzunligi 300 m dan katta boʻlgan uchastkalarda qoʻshimcha harakat polosasi nazarda tutiladi. Ikki yoki uch polosalik yoʻlga oʻtish va qaytish uzunligi kami bilan 70 m belgilanadi. Shunda 300 m li koʻtarilishda qoʻshimcha polosani uzunligi 440 m tashkil etadi.


    Ishni bajarish tartibi.
    Talabalar guruhlarga boʻlinib rejadagi kichik radiusli egri yoʻlga chiqib, mavjud holatni oʻrganishadi. Egri uchastkalarda xavfsizlikni taʼminlash uchun radiusni kattalashtirish talab etilsayu, lekin uning iloji boʻlmasa, unda egri uchastkalarda harakat tezligini pasaytirish va xavfsizlikni oshirish uchun «shovqin chiqaruvchi», «silkituvchi» yoki «sunʼiy noravonlik» koʻndalang tasmalar qurilishi koʻzda tutilishi mumkin.
    Avtomobil yoʻlining egri boʻlagida xavfsiz harakatni tashkil etishda yoʻl belgi chiziqlari haydovchilarga qanday yoʻnalishi bilan harakatlanishni aniq koʻrsatib beruvchi asosiy yoʻnaltiruvchi vosita boʻlib xizmat qiladi. Yoʻl belgi chizigʻini qay tarzda belgilash egrining burilish burchagiga, radiusiga, koʻrish masofasiga va tasmalar soniga bogʻliq. Talabalar meʼyoriy hujjatlarga asosan xavfsiz harakatni tashkil etish sxemasini tuzishadi va xulosa yozishadi.
    Download 73,51 Kb.
    1   2




    Download 73,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Rejadagi kichik radiusli egriliklarda xavfsiz harakatni tashkil etish sxemasini tuzish

    Download 73,51 Kb.