|
7-Amaliy mashgʻulot Mavzu: Chorrahalarda xavfsiz harakatni tashkil etish sxemasini tuzish Topshiriq
|
bet | 1/2 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 73,51 Kb. | | #229150 |
Bog'liq 7-amaliy ish.
7-Amaliy mashgʻulot
Mavzu: Chorrahalarda xavfsiz harakatni tashkil etish sxemasini tuzish
Topshiriq. Talabalar mavjud chorrahani tahlil qilishadi, chizmasini chizishadi, tavsiyalar berib, xavfsiz harakatni tashkil etish sxemasini chizishadi.
Nazariy qism.
Shahar yoʻl va koʻchalarining kesishish va tutashish joylarida maksimal ravishda harakat xavfsizligini taʼminlash zarur. Bu esa ularning bir-biriga nisbatan qulay burchak ostida joylashganiga, kesishuvchi yoki tutashuvchi yoʻllardagi harakat miqdoriga, koʻrinish masofasiga, texnik vositalar bilan jihozlanganlik darajasiga bogʻliq boʻlib, harakatni tashkil etish sxemasini tuzishda shu sanab oʻtilgan omillar hal qiluvchi oʻrinni egallaydi. Kesishuvchi yoki tutashuvchi yoʻllardagi harakat miqdorining hajmiga nisbatan ular bir yoki har xil sathda joylashtirilishi mumkin.
ShNQ 2.07.01-03 tavsiyalariga koʻra, shahar yoʻl va koʻchalarining turli yoki bir sathda kesishishi va tutashishini asosan quyidagi hollarda qabul qilish zarur:
Toʻxtamasdan harakatlanadigan magistrallarning barchasi umum shahar magistrallarini kesib oʻtishda, shuningdek, temir yoʻllar kesishmasi ikki sathda bir-biridan 1500-2000 m masofada joylashtiriladi;
Umum shahar harakat boshqariladigan koʻchalar boshqa koʻchalar bilan kesishishi bir sathda oʻtkaziladi. Bunday chorrahalar iqtisodiy hisoblarga asosan ikki sathda oʻtkazilishi ham mumkin;
Umum shahar magistral koʻchalar boshqa koʻchalar bilan kesishishi 500 m masofadan kam boʻlmasligi kerak.
Ishni bajarish tartibi.
Talabalar guruhlarga boʻlinishadi. Har bir guruh kamida bitta chorrahani tanlashadi. Shu chorrahaning mavjud holatini yaʼni, yoʻl belgilarini toʻgʻri oʻrnatilganligini, yoʻl chiziqlari toʻgʻri chizilganligini, xavfsizlik orolchalari bor yoʻqligini, svetofor boʻlsa, sikllari toʻgʻri taqsimlanganligini, tirbandlik bor yoʻqligini oʻrganishadi. Olingan natijalar asosida kamchiliklarni bartaraf qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqishadi va xulosa yozishadi.
13.1-rasm. Toʻliq kanallashtirilgan chorrahaga misol
|
| |