SOM-3-1000M ochiq tipdagi separator. S




Download 425,08 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2023
Hajmi425,08 Kb.
#122348
1   2   3
Bog'liq
7-amaliy

SOM-3-1000M ochiq tipdagi separator. Sutning harorati 25-400S (298- 3130K), achimliligi 220T yuqori bo‘lmagan holda qaymoq va yog‘i (qaymog‘i) olingan sutga ajratiladi. Ish unumi 1000 l/soat, qaymoqning yog‘liligi 1,0 dan 4,5% gacha sozlanadi. Aylanish tezligi -137,5 s-1. Tarelkalar soni -65. Tarelkalar oralig’i - 0,44 mm, baraban burchak tezligi-850 rad/s, baraban og’irligi - 16 kg. Elektrodvigatel quvvati-1 kVt.
Sut idishi - sut qabul qilgichdan, poplavokli kameradan, poplavokdan, qaymoq va yog‘I olingan sut yig‘ish idishlaridan tuzilgan.
Baraban quyidagi qismlardan tuzilgan: quvur o‘rnatilgan baraban taglikdan, tarelka ushlagichlardan, tarelkalardan, ajratgich tarelkalardan (sozlagich vinti bilan), baraban qoplamasidan, qisish gaykasidan.
Harakatga keltiruvchi mexanizm - valikdan, bronzali shesternyadan, veretenodan tuzilgan.
Korpus - korpusda harakatga keltiruvchi mexanizm joylashgan bo‘lib
pastki qismidan fundamentga qotirlgan, yuqori qismida baraban joylashgan.
Separatorning ish jarayoni
Separator ishlayotganda, sut, qabul qiluvchi idishdan doimiy bosimda markaziy quvurga tushadi, so‘ng kanal va tarelkalar o‘rnatilgan o‘zak teshiklardan sut tarelkalar paketidagi (yig‘imidagi) uch vertikal kanallarga, aylanayotgan baraban tarelkalari orasiga taqsimlanadi, tarelkalar oralig‘idagi sut bo‘laklarga ajraladi. Sutning og‘ir qismi bo‘lgan plazma, chetga baraban qoplamasi devorlari tomon harakatlanadi.
Sutdagi yog‘ shariklari markazga intilish, tezlanish ta’sirida aylanish o‘qi, markazga harakatlanadi va suzib chiqadi.
Shunday qilib bosim ta’sirida baraban tarelkalari oraliqlariga kelayotgan sut ikki oqimga (potokga) ajraladi: 1-baraban o‘qiga qarab yo‘nalgan qaymoq oqimi; 2-baraban qoplamasi devorlari tomon harakatdagi qaymog‘i olingan sut (plazma) oqimi. Qaymoqlar tarelka ushlagichga siqiladi va yuqoriga ko‘tarilib borib, sozlovchi vint teshigidan chiqadi.
Rostlovchi vintni buraganda oqib chiqayotgan qaymoqning bosimi va oqib chiqishi kamayadi, qaymoq esa engilroq bo‘ladi. Qaymog‘i olingan sut ajratish tarelkalari va baraban qoplamasi oralig‘idan o‘tib barabandan chiqarish kanali orqali chiqariladi. Separator sut tozalagich barabanida zichligi sut zichligidan katta bo‘lgan aralashmalar markazdan qochma tozalash yo‘li bilan bajariladi. Bu holda tarelkalarda teshiklar bo‘lmaydi, diametrlari esa qaymoq ajratgich tarelkalardan kichik bo‘ladi. Har bir tarelkaga 4 tadan planka payvandlangan.
Sut paplavokli kameradan baraban negizidagi sut trubkasi orqali va tarelka yig‘ich kanallari orqali iflosliklarni yig‘ish kamerasiga o‘tadi. Iflosliklarni yig‘ish kamerasida tozalanish jarayoni boshlanadi, u tarelkalar oralig‘ida tamomlanadi. Tozalangan sut tarelka yig‘uvchi tashqi kanallar orqali ko‘tariladi va qaymoq kanali orqali barabandan chiqadi.
Separator texnologik rejimlari
Qaymoq miqdori va yog‘ililigini sozlash sozlovchi vintini burash yordamida amalga oshiriladi. Vintni o‘ng tomonga buraganda qaymoq yog‘liligi ortadi va miqdori kamayadi, chap tomonga buraganda yog‘liligi va miqdori ko‘payadi. Separatorni zavoddan chiqarishda sozlovchi vintni 12% qaymoq olishga qo‘yadi. Separatorni o‘rganganda qo‘yidagilarga e’tibor berish kerak: baraban aylanishining kamayishi bilan sutdan yog‘ ajratish yomonlashadi; sutdan yaxshi yog‘ ajratish 25­400S haroratda va achimliligi 22% yuqori bo‘lmaganda erishiladi; sut iflosligi ko‘tarilishi bilan tarelkalar orasidagi bo‘shliq to‘ladi va yog‘ning miqdori yog‘I olingan sutda ko‘payadi; separator to‘xtamasdan 2 soatdan ko‘p ishlaganda tarelkalar komplekti orasidagi bo‘shliq tiqilib qoladi va yog‘ ajratish yomonlashadi; tarelka ushlagich aylana qismi baraban asosidagi quyilish joyiga mahkam o‘tirmasa, sut iflosliklarni yig‘ish bo‘shlig‘iga o‘tadi va yog‘ ajratish jarayonida qatnashmaydi.
Baraban aylanishining bir tekisligining buzilish sabablari:

  1. mahkamlash gaykasi qopqoq va barabandagi belgigacha qotirilmagan bo‘lsa;

  2. tarelkalar barabanga tartib nomerlari bilan joylashtirilmasa;

V) boshqa barabanniki qo‘yilsa;
G) veretenobo ‘ g‘iztayanchto ‘ g‘riyig‘ilmasa;
D) separator bir sathda o‘rnatilmagan bo‘lsa;
E) harakatlantirnvchi mexanizm sharikopodshibniklari yeyilgan bo‘lsa;
Separatsiya qilish tugagandan so‘ng qaymoq qoldiqlarini chiqarib olish uchun, separatorni to‘xtamasdan barabandan ma’lum miqdorda yog‘iolingan sutni o‘tkazish kerak, undan keyin barabanni issiq suv (40-600S) bilan 15 minut davomida, kaustik soda bilan (40-600S) 30 minut davomida va suv (20-250S) bilan 20 minut davomida yuvib tashlash kerak.
Separator qaymoq ajratgich ish unumini aniqlash
Separator qaymoq ajratgich ish unumini quyidagi formula bilan aniqlanadi:

bu yerda: p - separator texnologik F.I.K. (baraban ishchi hajmidan foydalanishni hisobga oladi), p=0,5 - 0,8;
n - baraban aylanish tezligi, s-1; z -barabanning tarelkalari soni, dona;
a - tarelkaning qiyalik, burchagi, grad;
Rkat, Rkich - katta va kichik radiuslari, m; ts- sutharorati (ts 35-65°S);
dvo- tozalangan sut tarkibidagi yirik yog‘ sharigi diametri,mkm (dvo 1-35 mkm, sigir zoti va ozuqaga bog‘lik).
Birinchi formuladan va ikkinchi jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib o‘qituvchi topshirig‘I asosida talabalar har xil rusumdagi separatorlarning texnologik F.I.K. aniqlashlari kerak. Shuningdek dyo miqdorini formulaga metrda qo‘yish kerak, ya’ni 2d0-6; 1,5^10"6 va boshqalar.




7.2-rasm. Separator barabani odcamlarini olishga oid sxema.

  1. Sutning yog‘liligini normallashtirish

Sutning tarkibida yog‘ miqdorini me’yoridan ko‘p (yoki kam), bodsa unda normallashtiriladi. Ichimlik sut yogdiligi bizda 2,5% qabul qilingan. Sutni normallashtirishda yogdiligi me’yoridan kam bodgan sut aralashtiriladi, yogd olingan sut qo‘shib aralashtiriladi yoki separator normallagichda separatsiya qilish yodi bilan normallashtiriladi.
Sutni normallashtirishning hamma holatlari uchun kvadrat qoidasidan foydalanib hisoblasa bodadi. Misol uchun yogdiligi YoxD3,6% sutga yogdiligi Yos 0,05 yogd olingan sut qo‘shish miqdorini aniqlash kerak. Bu misolni yechish uchun kvadrat (7.3-rasm) chizilib, uning chap burchaklariga qo‘shilayotgan mahsulotlar yog‘liligi (o‘qituvchi topshirig‘i bo‘yicha sut va yog‘i olingan sut) belgilanadi. Markazda dioganallar kesishish joyida olish kerak bo‘lgan sut yogdiligi ko‘rsatiladi, o‘ng burchaklarda esa dioganal bo‘yicha kattasidan kichigining farqlari ko‘rsatiladi.



7.3-rasm. Kvadrat usulidan foydalanib sutni


normallashtishni hisoblash sxemasi
Undan so‘ng proporsiya tuzib aralashmada momponentlar miqdori (%) topiladi.



3,55 100 So.k.=2,45*100/3,55=69%

2,45 S0.k
ko‘rinib turibdiki olish kerak bo‘lgan So.k aralashmasida yog‘liligi Yos=3,6% bo‘lganda sut miqdori 69%, yog‘I olingan sut yog‘liligi Yo s= 0,05% bo‘lgan sut Syo.o. miqdori 31% bo‘lish kerak.
Kvadrat usulidan va 8 jadvaldan foydalanib o‘qituvchi topshirig‘I bo‘yicha 10 ta variantdan biriga hisoblashlar bajaring.
7.1 - jadval
Sutni normallashtirishni bajarish uchun topshiriq variantlari


Download 425,08 Kb.
1   2   3




Download 425,08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SOM-3-1000M ochiq tipdagi separator. S

Download 425,08 Kb.