• Ishning mazmuni
  • Ish joyining jihozlari
  • 7-Amaliy mashg‘ulot Suyuq bir xil bo‘lmagan oziq-ovqat muhitini ajratish uchun uzkunalar konstrukziyasi va ishlashini o‘rganish




    Download 425,08 Kb.
    bet1/3
    Sana18.12.2023
    Hajmi425,08 Kb.
    #122348
      1   2   3
    Bog'liq
    7-amaliy


    7-Amaliy mashg‘ulot
    Suyuq bir xil bo‘lmagan oziq-ovqat muhitini ajratish uchun uzkunalar konstrukziyasi va ishlashini o‘rganish (4 soat)
    Ishdan maqsad: Suyuq bir xil bo‘lmagan oziq-ovqat muhitini ajratish uchun uzkunalar konstrukziyasi va ishlashini o‘rganish va tahlil qilish.
    Suyuq bir xil bo’lmagan oziq-ovqat muhitini ajratish uchun uzkunalar konstrukziyasi va ishlashini o’rganish. Ishning maqsadi: Separatorning tuzilishi, ishlashi va sut yog‘liligini normallashtirishni o‘rganish.
    Ishning mazmuni:
    1. Sut separatori vazifasi, tuzilishi va ish jarayonini o‘rganish.

    1. Separator qaymoq ajratgich ish unumini aniqlash.

    2. Sut yog‘liligini normallashtirishni o‘rganish.

    3. Dvigatelni ishga tushirish quvvatini aniqlash

    Ish joyining jihozlari: Sut separatori,sut tozalgich, qaymoq ajratish va normallashtirish barabanlari, ko‘rgazmali materiallar.

    1. Sut separatori vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni

    Sut yog‘ va sut plazmasi aralashmasidan iborat bo‘lib, unda yog‘ zichligi 0,874...0,901 g/sm3 oralig‘ida o‘zgarib turadi. Separatsiyalash aralashmadagi zichliklar farqiga asoslanadi va uni bajarishda ikki usul qo‘llanilishi mumkin: tindirish-bunda zichligi kichik bo‘lgan yog‘ plazma sathiga qalqib chiqadi; mexanik usul-bunda mexanik ta’sir natijasida sut qaymoq va ko‘k suvga ajratiladi.
    Tindirish jarayoni erning tortish kuchi maydonida, separatsiyalash esa markazga intilma tezlanish maydonida kechadi.
    Sut separatorlari vazifasiga ko‘ra sut tozalagich, qaymoq ajratgich, (7.1- rasm), normallagich va universal separatorlarga bo‘linadi.

    7.1-rasm. Separatorlar:
    a)-sut tozalagich; 1-taglik; 2-rezina halqa; 3-tarelka ushlagich; 4- ajratgich tarelkalarpaketi; 5-korpus; 6-sut chiqish kanali; 7-gayka; 8-
    barabanli iflos yig‘ish kamerasi; b)-qaymoq ajratgich; 1-taglik; 2-tarelkalar
    paketi; 3-tarelka ushlagich; 4-po‘kakli kamera quvuri; 5-gayka; 6-yog‘lilikni
    rostlash vinti; 7- yuqori ajratgich tarelka; 8-rezina mahkamlash halqasi; 9-

    korpus.
    Konstruktiv xususiyatlari va sut bilan kontakt darajasiga ko‘ra separatorlar quyidagicha bo‘linadi: ochiq - sutni yuklash, qaymoq va yog‘siz sutni ochiq usulda olish; yarim yopiq - sutni bosimsiz ochiq yoki yopiq usulda yuklash, mahsulotni bosim ostida olish (bosim separatorlarida hosil qilinadi). Separatsiyalash jarayonida sut baraban ichida havo bilan kontaktda bo‘ladi: yopiq
    - havodan to‘silgan holda yuklash, baraban ichida ishlov berish va olish. Separatorlarga bosim ostida yuklanadi, bosim ostida olinadi. Bosim nasos yordamida yopiq quvurda hosil qilinadi.
    Yuritmasining turiga qarab separatorlar quyidagilarga bo‘linadi: dastakli, elektrlashtirilgan, kombinatsiyalashgan (dastakli, elektrlashtirilgan). Qishloq xo‘jaligida ochiq va yarim yopiq separatorlar qo‘llaniladi.

    Download 425,08 Kb.
      1   2   3




    Download 425,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-Amaliy mashg‘ulot Suyuq bir xil bo‘lmagan oziq-ovqat muhitini ajratish uchun uzkunalar konstrukziyasi va ishlashini o‘rganish

    Download 425,08 Kb.