|
7-Ma’ruza Atomning chiziqli spiktrlari
|
bet | 4/6 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 132,54 Kb. | | #256340 |
Bog'liq Ma\'ruza 7. ATOMNING CHIZIQLI SPEKTRLARIYadro modellari
1.Yadroning gidrodinamik yoki tomchi modeli.
Sobiq Ittifok fizigi Y. I. Frenkel tomonidan taklif qilingan bo’lib, bu modelda atom yadrosi bilan suyuqlikning zaryadlangan tomchisi o’rtasidagi tashqi o’xshashlik asos qilib olinadi. Bu o’xshashlikka suyuqlik tomchisidagi molekulalar o’zaro ta’siri solishtirma energiyasining yaqinligi, o’zgarmas zichlik va boshqa alomatlar asos qilib olinadi. Lekin ikkalasi orasidagi muhim farq shundan iboratki, yadro "suyuqligi" kvant mexanikasi qonunlariga buysunadi. Yadroning tomchi modeli, yadro zaryadini uning massa soni bilan bog’lovchi, atom yadrosi turg’unligini keltirib chiqarishga imkon beradi. Bu model hatto yadroni parchalanish hodisasini tushuntirishga ham yordam beradi.
2.Yadroning qobiq modeli.
Bunday nuklonlar bir-biri bilan o’zaro ta’sir qilmasdan harakatlanadi, bu harakat nuklonlar tamonidan hosil qilingan maydonda yuz beradi deb faraz qilinadi. Nuklonlar yadroda ma’lum energetik sathlarni hosil qiladi, ya’ni energiyaning ma’lum porsiyalariga (kvantlariga) ega bo’ladi. Demak, uzlukli energetik sathlar hosil bulib, energiyalari bir-biriga yaqin sathlar birlashib, yadro qobig’ini tashkil etadi. Yadroning energetik strukturasi atom elektron qobig’i strukturasiga o’xshashligi uchun yadroda qobik modeli kiritildi. Agar masalaga chuqur qaralsa, atomda elektronlar yadro atrofida, ya’ni markaziy maydonda harakatlanadi, yadrodagi nuklonlar esa markaziy maydonda harakat qilmay eng yaqin masofada bir-biriga ta’sir etuvchi nuklonlar maydonida harakatlanadi.
Yadroda energetik sathlarning ikki sistemasi mavjud: bittasi protonlarga, ikkinchisi neytronlarga tegishlidir. Bu sathlarni ikkalasini ham neytron va protonlar bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda ishg’ol qilishlari mumkin.
3.Yadroning optik modeli.
Bu model yadro bilan unga uchib kelib, uzaro ta’sir etuvchi zarrachalar, fotonlar orasidagi o’zaro ta’sirni va yadro reaksiyalarini o’rganishda katta ahamiyatga ega.
|
| |