• Tayanch so’zlar
  • Atom tuzilishi
  • 7-Ma’ruza Atomning chiziqli spiktrlari




    Download 132,54 Kb.
    bet1/6
    Sana29.05.2024
    Hajmi132,54 Kb.
    #256340
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Ma\'ruza 7. ATOMNING CHIZIQLI SPEKTRLARI


    7-Ma’ruza
    Atomning chiziqli spiktrlari

    Reja:


    1. Vodorod atomi nurlanishining chiziqli spektrlari. Ridberg doimiysi.

    2. Energetik sathlar. Бор постулатлари.

    3. Kvant sonlar. Pauli prinsipi.

    4. Atom yadrosining tarkibi. Yadroning zaryadi, o‘lchami va massasi.

    5. Yadroning bog’lanish energiyasi. Solishtirma bog’lanish energiyasi. Massa defekti

    6. Yadroning massa deffekti va bog‘lanish energiyasi. Yadro kuchlari.

    Tayanch so’zlar: atom tuzilishi, atomning Tomson modeli, Rezerford tajribasi, De-Broyl gepotezasi, spin, Pauli prinsipi Atom yadrosi, massa defekti, bo’g’lanish energiyasi, yadro kuchlari, radioaktiv elementlar, alfa, betta va gamma nurlanish, yadro spini va magnit momenti
    Adabiyotlar:A-1-6, 7,8,10, Q-1-3, 11,12,14,19
    Hozirgi zamon atom fanining, texnikaning va energetikaning ulkan yutuqlari – atom va yadro fizikasining intensiv rivoshlanishi natijasidir. Hozirgi zamon atom va yadro fizikasi modda tuzilishi haqidagi ta’limotning negizi hisoblanadi. Bundan tashqari, nafaqat modda (gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlar ), balki materiyaning boshqa turlari ham atomistik tabiatga ega. SHuning bilan bir qatorda materiya harakati ham atomistik qonunlar bilan aniqlanadi. Aytilganlardan, materiya tuzilishi va harakati haqidagi atomistik ta’limot hozirrgi zamon fizikasida hukmron ta’limotdir, degan xulosa kelib chiqadi.
    Atom va yadro fizikasi mikrodunyo (kvant ) fizikasining boshlanishi desak ham bo’ladi. Shu tufayli atom fizikasi – atom va u bilan bog’liq hodisalar fizikasini o’rganuvchi fan ekan.

    Atom tuzilishi

    Atom tuzilishi haqidagi yangi tasavvurlar birinchi bor 1904-yilda nazariy yo’l bilan Tomson tomomidan kashf qilingan. Uning hisoblashicha atomning radiusi - 1 Angstrem tartibida ekan.


    1911-yilda Rezerford -zarrachalar bilan o’tkazilgan tajriba natijalariga asoslanib, Tomson modelining noto’g’ri ekanligini isbotladi. Rezerford modeliga asosan, atom markazida musbat yadro va bu yadroning atrofida, Quyosh atrofidagi planetalar kabi, manfiy zaryadlangan elektronlar aylanadi, atomning 99 % massasi yadroda jamlangan. Bu modelni atomning planetar modeli deb atalgan. Keyinroq bu modelning ham kamchiliklari borligi aniqlangan.


    Download 132,54 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 132,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-Ma’ruza Atomning chiziqli spiktrlari

    Download 132,54 Kb.