|
Yadroning bog’lanish energiyasi. Solishtirma bog’lanish energiyasi
|
bet | 5/6 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 132,54 Kb. | | #256340 |
Bog'liq Ma\'ruza 7. ATOMNING CHIZIQLI SPEKTRLARIYadroning bog’lanish energiyasi. Solishtirma bog’lanish energiyasi.
Massa defekti
Nuklonning yadrodagi bog’lanish energiyasi deb, yadrodan nuklonni uzib olib cheksizlikka olib borish uchun sarf bo’ladigan ish bilan o’lchanadigan fizik kattalikka aytiladi. Yadroning boglanishini to’la energiyasi deb esa yadroni tashkil etuvchi nuklonlarni parchalash uchun sarf qilingan ish bilan o’lchanadigan fizik kattalikka aytiladi. Mass-spektrometr yordamida yadro massasini aniqlashdagi hisoblashlar shuni ko’rsatadiki, yadroning tinch holatdagi massasi, shu yadroni tashkil etuvchi nuklonlar tinch holatdagi massalari yigindiisdan kichikligini ko’rsatadi. Z-protonlar va A-Z- neytronlardan iborat bo’lgan massasi M bo’lgan yadro uchun massalar farqi
m =Zmp+(A-Z)mn-M (6.18)
bu yerda mp - va mn - tinch holatdagi proton va neytronning massasi. Demak, m massa bilan aniqlanuvchi energiya:
(6.19)
Yadroning massasi bilan massa soni orasidagi farqqa massa defekti deyiladi.
Massa defektidan foydalangan holda yadroning bog’lanish energiyasini quyidagicha yozish mumkin.
(6.20)
/A=f - tartib bilan joylashish koeffitsiyenti deyiladi.
U holda
(6.21)
Massa defekti va tartib bilan joylashishi (upakovka) koeffitsenti hech qanday fizik ma’noga ega emas, faqatgina hisoblashni osonlashtirish maqsadida kiritilgan kattaliklardir. Solishtirma bog’lanish energiyasini massa deffekti va tartib bilan joylashish koeffitsiyenti orqali quyidagicha yozish mumkin:
(6.22)
Yadroning solishtirma boglanish energiyasi massa soniga bog’liq.
Shu boglanishni grafik ravishda quyidagicha ifodalash mumkin
(1-rasm). Rasmdan ko’rinadiki, solishtirma bog’lanish energiyasi yengil yadrolar uchun tez ortib borsa, o’rtacha va ogir yadrolar uchun esa o’zgarmasdan (kam o’zgarib) qolar ekan. Yadrolarning o’rtacha solishtirma bog’lanish energiyasi = 8 MeV ga teng.
|
| |