• Xajmiy sig‘imli ko‘rinishga ega bo‘lgan separatorning (2,2.A.rasm) umumiy ko‘rinish ko‘rsatilgan.
  • 7-ma`ruza. Tabiiy gazni tozalash. Gaz quritishning absorbsion, adsorbsion va fizik usullari




    Download 9.77 Kb.
    bet2/3
    Sana05.11.2022
    Hajmi9.77 Kb.
    #29118
    1   2   3
    Bog'liq
    7-ma`ruza. Tabiiy gazni tozalash. Gaz quritishning absorbsion, a-www.hozir.org

    TABIIY GAZGA QAYTA ISHLOV BERISH


    • Tabiiy gaz er qabridan qazib olingani uchun uning tarkibida uglevodorodli gazlardan tashqari turli xil birikmalar, mexanikaviy aralashmalar, suv bug‘i va h.k.z. mavjuddir. SHuning uchun ham tabiiy gazni istemolchilarga etkazib berishdan oldin, tozalanishi quritilishi va unga maxsus hid berilishni amalga oshirish kerakdir.

    • Tabiiy gazni tozalash. Gazlar istemolchilarga etkazib berishdan oldin, vodorod sulfidi va har xil is gazlardan, aralashmalardan tozalanish kerakdir. Gazlarni mexanikaviy changlardan tozalash uchun turli xil texnologik qo‘rilmalardan, separatorlardan, siklonlardan foydalaniladi. (2.2.1. rasm)

    Xajmiy sig‘imli ko‘rinishga ega bo‘lgan separatorning (2,2.A.rasm) umumiy ko‘rinish ko‘rsatilgan.



    2.2.1. rasm. Gaz tozalagich separatorlar. 1-changning chiqishi, 2-gaz oqimining chiqishi, 3-gaz oqimining kirishi, 4- siklon, 5- bunker. A-hajimli separatorlar; B-siklon ko‘rinishli separatorlar.1-changning chiqishi; 2-gaz oqimining chiqishi; 3-gaz oqimining kirishi; 4-siklon; 5-bunker

    • Hajmiy sig‘imli separator gaz tozalagichlarda gaz oqimi harakati da’vomida uning tezligi pasayadi. Buning natijasida turli xil og‘ir aralashmalar separatorning pastki qismiga tushib turadi, va vaqti vaqti bilan gaz oqimining bosimi tufayli separatordan chiqarib turiladi.

    • Siklon ko‘rinishli gaz tozalagich separatorlarda esa (2.2.1. B- rasm), gaz oqimi kirish qismida siklonga nisbatan tangensial harakatlanishda buralishga ega bo‘lib, gaz oqimi past tomonga ventli ko‘rinishda yo‘naltiriladi va oqim konusli ko‘rinish siqiluvga ega bo‘ladi. Oqimning aylanma harakati tufayli, siklonning markaziy qismida statik bosimning kamayishi hosil bo‘ladi. Natijada gaz oqimi tarkibidagi turli xil aralashmalar, og‘ir birikmalar o‘z og‘irligi hisobidan pastki qismga, yo‘naltiriladi va bunkerga tuplanadi. Turli xil aralashmalardan tozalangan gaz esa o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib (2) istemolchilarga yuboriladi.

    • Bunkerda to‘plangan changlar va birikmalar vaqti - vaqti bilan bunkerdan chiqarilib turiladi. Siklon ko‘rinishga ega bo‘lgan separatorlar o‘zining konstruktiv tuzilishi katta bo‘lmasada, juda yukori quvvatga ega bo‘lib hajmiy separatorlarga nisbatan gazning yaxshi tozalanishini amalga oshirish mumkin. Tabiiy gazlar vodorod sulfidi birikmalari va is gazlardan ham tozalanadi. Bunday tozalanishlar maxsus qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.

    • SHahar iste’molchilarni ta’minlovchi yonuvchi gazlarning har 100 kub metr miqdorida vodorod sulfidining miqdori 2 grammdan oshmasligi kerak.

    Download 9.77 Kb.
    1   2   3




    Download 9.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-ma`ruza. Tabiiy gazni tozalash. Gaz quritishning absorbsion, adsorbsion va fizik usullari

    Download 9.77 Kb.