7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash




Download 0,71 Mb.
bet10/20
Sana16.05.2024
Hajmi0,71 Mb.
#237052
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan

Viruslarni aniqlash. Virus dasturlari tuzilishiga qarab turlicha holatda kompyuterlarga zarar yetkazadi. Deyarli barcha viruslar «uyqu» holatda bo‘lib yashirin holda qattiq disk bo‘ylab yoki diskovodga solingan disklarni infeksiyalashni davom ettiradi. Ayrimlari infeksiyalangan dastur ishga tushirilganda o‘zining mavjudligini yashirmaydi. Virus infeksiyasini mavjudligining ikkita yo‘li mavjud:
- bir yoki bir necha antivirus dasturlarini ishga tushirib turish;
- kompyuterning holatni doimo kuzatib turish.
Viruslarga qarshi kurashishda 100 foyizli antivirus dasturlari bo‘lmaganligi uchun antivirus dasturlari qancha ko‘p bo‘lsa, ularning birortasini viruslarni aniqlashi va yo‘qotishi ehtimoli Shuncha ko‘p bo‘ladi. Ayrim viruslar hozirgi vaqta ishlab chiqilgan ko‘p sondagi antivirus dasturlariga o‘zini aniqlatmasligi mumkin. Bunday hollarda foydalanuvchi faqat kompyuter holatini kuzatishi yordamidagina virus bilan infeksiyalanganlik alomatlarini aniqlashi mumkin.
Xech bir antivirus dasturi 100% darajada viruslarni topishi, ularni o‘chirishni kafolatlamaganligi singari 100% darajada aniqlanmaydigan viruslar ham bo‘lmaydi.
Antivirus dasturlarini ishga tushirgandan so‘ng ham kompyuter holatini kuzatish, undagi o‘zgarishlar tahlil qilib turilishi lozim. Kompyuterning odatdagiga ko‘ra sekin ishlashi virusning mavjudligidan dalolat beradi.
Lekin, kompyuterning sekin ishlashiga boshqa sabablar ham bo‘lishi mumkin. Kompyuterga bir vaqtning o‘zida ko‘plab dasturlarning yuklanishi ham uni sekin ishlashiga sabab bo‘ladi. Umuman olgandan qancha ko‘p dasturlar ishga yuklangan bulsa, kompyuterning tezligi Shunchalik kamayib boradi. Buning uchun bir nechta zarur bo‘lmagan dastarlarni yopish zarur. Agar ana o‘shanda ham kompyuterning tezligi o‘zgarmasa u holda haqiqatdan ham kompyuter virus bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Ayrim viruslar kompyuterning ishining tezligini susaytirishi, agar infeksiya ko‘lami katta bo‘lsa, kompyuterni umuman to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
Ayrim viruslar o‘zining mavjudligi haqida turlicha xabarlar, rasmlarni ekranga chiqaradi. Masalan, «Siz kasallandingiz», «Tez yordam» kabilar. Buzg‘unchi viruslar odatda qattiq diskdagi fayllarni o‘chirgandan yoki diskning biror qismi buzilgandan so‘ng xabar yoki rasmni ekranda paydo qiladi.
Ba’zi bir dasturlarida uchraydigan viruslar turli ovozlar yoki kompyuter dinamikasi orqali yoqimsiz muzikalarni yuzaga keltirishi mumkin. Agar biror dastur oldin ishlatilgan bo‘lsa va keyin ishlatishga xarakat qilganda ishga yuklanmasa yoki xotira yetmayotganligi haqidagi xabarni paydo qilsa, u holda e’tiborni yanada kuchaytirish talab qilinadi. Ko‘plab viruslar dasturlarni ishga yuklovchi xotiradan joy egallab uning hajmini kamaytirishga olib keladi.
Kompyuterni virus bilan zararlanganligi haqida xulosa qilish uchun avvaldan tayyorlab qo‘yilgan «toza» virus bilan zararlanmagan sistemali disketa orqali kompyuterni ishga tushirish va o‘sha ishga tushmayotgan dasturni qayta yuklash zarur. Xotiradan zarur bo‘lmagan dasturlar o‘chirilganda ham xotiraning yetishmasligi haqida xabar bo‘lsa, kompyuter tezkor xotirasi virus bilan zararlanganligidan dalolat beradi.
Agar klaviaturaning ayrim tugmalari ishdan chiqqan bo‘lsa, tugmani bir marta bosganda bir necha belgi paydo bo‘lsa yoki biror tugma bosilganda tegishli belgi chiqmasa kompyuter virus bilan zararlanganlik alomatini bildiradi. Buni aniqlash uchun tegishli tugmachani ochib changlardan va ayrim ushoqlardan tozalash yoki klaviaturani almashtirib ko‘rish zarur. Bu holda ham bu belgilar ishlamasa, kompyuter virus bilan zararlangan degan xulosaga kelish mumkin.
Foydalanuvi tomonidan fayllar yaratilganda yoki o‘zgartirishlar qilinganda faylning vaqti va san’asi o‘zgaradi. Ayrim viruslar ham Shunday o‘zgartirishlar qiladi. Shuning uchun fayllarning viruslar bilan zararlanganligini aniqlashning yana bir usuli ularni hosil qilingan vaqti va sanasini o‘zgarganligini kuzatish bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Agar fayllarning yozilgan vaqti o‘zgarib qolgan bo‘lsa, demak, kompyuterga virus tushgan degan xulosaga kelish mumkin.
MS DOS sistеmasida fayllarning yaratilgan vaqtini ko‘rish uchun buyruq satrida DIR buyrug‘ini berish yoki qobiq dasturlarning birida fayllarning to‘la formatini ekranga chiqarish (F9 – Levaya (Pravaya) – Polniy ketama-ketligi yordamida ko‘rish mumkin. Windows sistеmasida esa Moy kompyuter – (S:) – fayl nomi yoki tegishli papka ochilgandan so‘ng kuzatilayotgan fayl nomi ustiga korsor belgisi o‘rnatilsa, oynaning chap tomonida ajratilgan fayl yaratilgan yoki o‘zgartirilgan sanasi, hajmi ko‘rinadi.
Ayrim viruslar bir zumda qattiq diskdagi fayllarni o‘chirmaydi balki fayllarni ketma-ket o‘chirib boradi. Kompyuterda sizdan boshqa foydalanuvchi ishlamagan bo‘lsa yoki fayllarni boshqa katalokga ko‘chirilmaganligini aniq bo‘lgan holda ayrim fayllarning o‘zidan-o‘zi yo‘qolib qolish holi kompyuterga virus tushganligi alomatini bildiradi.
Kompyuter virus bilan zararlanganligining yana bir alomati unda o‘zidan-o‘zi yangi fayllarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunday viruslar (sputnik viruslari) mavjud fayllarga zarar yetkazmasdan yangi fayllarni yaratadi.
Har doim iruslar diskga yoki qattiq diskga murojaat qilganda dislarning indikator chiroqlari yonib-o‘chib turadi, diskning ishlayotganligi ovozi eshitiladi. Ish davomida egiluvchan yoki qattiq diskning indikatorlari tiz-tez yonib turgan bo‘sa, barcha dasturlarni yopish zarur. Bunday holda ham indikator lampochkalari yonib –o‘chib turgan bo‘lsa, kompyuterda virus yashirinib olganligilan dalolat beradi.

Download 0,71 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Download 0,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash

Download 0,71 Mb.