7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash




Download 0,71 Mb.
bet11/20
Sana16.05.2024
Hajmi0,71 Mb.
#237052
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan

Infeksiyalash usullari. Bara dasturlar kabi viruslar ham virus dasturi ishga tushirilganda yoki ish jarayonida o‘z faoliyatini boshlaydi. Viruslarni faqat virus dasturini yaratgan avtor tomonidan ishga tushiriladi. Viruslar esa mustaqil tarzda ishga tushadi.
Viruslar turli xil ko‘rinishlarda tarqaladi:
- Bevosita infeksiyalash.
- Tez infeksiyalash.
- Sekin infeksiyalash.
- Ma’lum oraliqda infeksiyalash.
- Rezident holda tezkor xotirani infeksiyalash.
Bevosita infeksiyalashda har safar zararlangan fayl ishga tushirilganda bir yoki bir necha faylni infeksiyalaydi. Zararlangan fayl ishga tushirilmasa viruslar tarqalmaydi.
Tez infeksiyalashga mo‘ljallangan viruslarda virus murojaat qilgan ixtiyoriy faylni zararlaydi. Agar bu fayl antivirus dasturini infeksiyalagan bo‘lsa, u holda antivirus dasturi tekshirayotgan faylni zararlab, bu faylda virus yo‘q degan xabarni beradi. Bu esa juda tezlik bilan barcha fayllarni zararlashga olib keladi.
Sekin infeksiyalashda faqat yangi yaratilgan fayllargina yoki o‘zgartirishlar kiritilgan fayllarnigina zararlaydi. Fayllarni infeksiyalab bo‘lgandan so‘ng antivirus dasturidan himoyalanish choralarini qidiradi.
Ma’lum oraliqda infeksiyalash dasturlari vaqti-vaqti bilan fayllarga zarar yetkazadi. Ayrim vaqlarda fayllarni infeksiyalamasligi ham mumkin. Bu esa o‘zining mavjudligini yashirish imkonini beradi.
Rezident infeksiyalashda virus tezkor xotirada yashiringan bo‘ladi. Har safar dastur ishga tushirilganda yoki disketa disk yurituvchiga solinganda u Shu dasturni yoki disketani infeksiyalaydi. Faqat bunday viruslar orqali tezkor xotiraga viruslar kirib boradi.
Viruslarni uch hil turga ajratish mumkin:
- Fayllarni zararlovchi viruslar.
- YUklanuvchi viruslar.
- Makroviruslar.
Virus turlari. Fayllarni zararlovchi viruslar turli ko‘rinishdagi fayllarni infeksiyalash imkoniga ega. Bunday viruslar ma’lum operatsion sistеma uchun mo‘ljallangan bo‘lib, faqat Shu sistеmadagi fayllarni infeksiyalaydi. Masalan, MSDOS sistеmasidagi dastur fayllarni infeksiyalovchi viruslar Windows sistеmasidagi dastur fayllarni infeksiyalay olmaydi va aksincha.
Viruslar fayllarni ikki xil yo‘l bilan infeksiyalashi mumkin. Birichi holda virus dasturning boshlanishiga yoki oxiriga qo‘shilib oladi. Ikkinchi holda virus dasturning o‘rtasiga kirib olishi mumkin.
Viruslar dasturning boshlanishiga yoki oxiriga qo‘shilib olsa, u dastur hajmini kattalashtiradi va dasturga katta zarar yetkazmaydi. Bunday viruslarni parazit viruslar deb nomlanadi. Ularni fayl hajmining kengayishiga qarab tez aniqlash mumkin.
Dasturning o‘rtasiga kirib oluvchi viruslar juda havfli bo‘lib ularni aniqlash va davolash ham o‘ziga xos qiyinchiliklarga olib keladi. Chunki bunday fayllar deyarli barcha tipli fayllarga zarar yetkazib ularning biror qismini o‘zining qismi bilan almashtiradi. Bunday viruslarni aniqlash juda qiyin, Chunki bunday infeksiyalangan fayllarning hajmi o‘zgarmaydi.

Download 0,71 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Download 0,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash

Download 0,71 Mb.