7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash




Download 0,71 Mb.
bet12/20
Sana16.05.2024
Hajmi0,71 Mb.
#237052
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan

Yuklanuvchi viruslar. Har bir disketa yeki qattiq disk o‘zining yuklovchi sektoriga ega. Formatlash jarayonida yuklovchi sektorga diskdan foydalanish va operatsion sistеmani yuklash maqsadida yozilgan maxsus dasturlar yozilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham har bir disk yuklanuvchi viruslar bilan infeksiyalangan bo‘lishi mumkin.
Kompyuter ishga tushirilganda doimiy xotira qurilmasidagi BIOS o‘zining maxsus test dasturi yordamida kompyuterning barcha qurilmalarini ishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini tekshirib chiqadi. Test muvaffaqiyatli o‘tgach u operatsion sistemani qidirishni disk yurituvchilardan boshlaydi va avvalo disk yurituvchida disk bor yoki yo‘qligini tekshiradi. Agar disketa bo‘lsa, kompyuter uning yuklovchi sektorini o‘qiydi. Agar disketa bo‘lmasa, kompyuter qattiq diskning yuklovchi sektoriga murojaat qiladi. Disklarning yuklovchi sektorlarida ham maxsus dastur joylashgan bo‘lib uning yordamida operatsion sistema yuklanadi.
Yuklanuvchi viruslar disklarning yuklovchi sektorlarida yashiringan bo‘ladi. Kompyuter yuklovchi sektorga murojaat qilganda, ya’ni antivirus dasturlari ishga tushmasdan avval, yuklanuvchi viruslar boshqarishni o‘z qo‘liga olgan bo‘ladi. YUklanuvchi virus boshqarishni o‘z qo‘liga olganidan so‘ng u kompyuterning tezkor (operativ) xotirasiga kirib oladi va boshqarishni haqiqiy yuklovchi sektorga uzatadi. Shunday qilib komyuter virus bilan zararlangan bo‘ladi. Shuning uchun ham yuklanuvchi viruslar eng xavfli viruslar turiga kiradi.
Yuklovchi sektor uchun juda oz 512 bayt joy ajratilgan bo‘ladi. Bu joyga albatta virus joylasha olmaydi. Shuning uchun yuklanuvchi viruslar ikki qismga ajratilgan bo‘ladi. Uning birinchi qismi yuklovchi sektorda joylashgan bo‘lsa, uning ikkinchi qismi diskning biror sohasida joylashadi.
Ayrim yuklanuvchi sektorlar diskning ixtiyoriy bo‘sh joyida joylashgan bo‘ladi. Boshqa dasturlar virus dasturini o‘chirmasligi uchun bu joyni buzuq sektor deb belgilab qo‘yadi. Yangi disk disk yurituvchidan yuklanishi bilan bu virus uni infeksiyalaydi. Agar yuklanuvchi virus bilan zararlangan diskni disk yurituvchiga solib u ishga tushirilsa, u o‘zining nusxasini toza viruslardan holi bo‘lgan qattiq disk yurituvchining yuklovchi sektoriga ko‘chirib qo‘yadi.
Ko‘p tarqalgan yuklanuvchi viruslarga Michelangelo, Stoned, OneHalf va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Shuni aytib o‘tish kerakki, yuklanuvchi viruslar telefon liniyalari orqari keladigan xabarlar, onlaynli xizmatlar yoki Internet provayderi orqali tarqalishi mumkin emas.

Download 0,71 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Download 0,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash

Download 0,71 Mb.