Xolst shakllantiruvchi mashinalar




Download 336,11 Kb.
bet5/7
Sana03.02.2021
Hajmi336,11 Kb.
#13101
1   2   3   4   5   6   7
Xolst shakllantiruvchi mashinalar

«Tekstima» firmasining 1576 modelidagi piltabirlashtiruvchi mashinada og‘irligi 24-27 kg bo‘lgan xolstchalar soatiga 300-350 kg unumdorlikda tayyorlanadi. Mashina 24 ta piltani qo‘shib, chiziqli zichligi 60-80 kteks bo‘lgan eni 265 mm, diametri 380 mm xolstchalar tayyorlashga mo‘ljallangan.

Ta’minlovchi stol atrofiga diametri 500 mm va undan katta bo‘lgan balandligi 1000 mm li tazlarda joylashtiriladi. Tazlardagi piltalar tortib uzatuvchi silindr va valiklar juftligi yordamida xarakatlantirilib stolchaga yo‘naltiriladi.

Stolchaning sirti sayqallanib (xromlangan) silliqlangan bo‘lib yashirin cho‘zilishning oldini oladi. Stolchada harakatlanayotgan alohida-alohida piltalar yassilovchi vallarga uzatiladi va piltalar tekislanib (yassilanib), zichlab o‘rovchi mexanizmga uzatiladi. Ushbu mexanizmda piltalardan xolstcha shakllantiriladi.



1576 pilta birlashtiruvchi mashinaning texnologik sxemasi

1, 2-yo‘naltiruvchilar, 3-yassilovchi vallar, 4-o‘rovchi vallar, 5-g‘altak, 6-xolstcha, 7-taz, 8-silindr, 9-signal lampasi.
Angliyaning Lap-Forms xolst shaklantiruvchi mashinasida 48 piltalangan pilta, Amerikaning Super Lap xolstcha shaklantiruvchi mashinasida 60 ta piltalangan piltadan (3 guruhga bo‘lingan 16-20 ta pilta) xolstcha tayyorlash usuli mavjud.

Platt firmasi LAP-former 701 modelli pilta birlashtiruvchi mashinasida 48 tagacha piltalangan piltani qo‘shib 2-5 marotaba cho‘zib diametri 600 mm, eni 300 mm, massasi 27 kg bo‘lgan xolstcha tayyorlash mumkin. Dunyo to‘qimachilik korxonalarida Marsoli (Italiya), Xova, Tayota (Yaponiya), Uayting (AQSh), Tryuchler (Germaniya), Riter (Shveysariya) firmalarining piltabirlashtiruvchi mashinalari xolstcha shakllantirishda samarali ishlatilmoqda.


Super Lap xolstcha shaklantiruvchi mashina

1-piltalar, 2-«33» sistemasidagi cho‘zish asbobi, 3-qo‘shilgan piltalar,

4-5-6-yassilovchi valiklar, 7-stolcha, 8-tekislovchi stol, 9-yassilovchi - ezuvchi vallar, 10-o‘rovchi silliq ustki val, 11-o‘rovchi qirrali pastki val,

12-xolstcha


“Trutzschler” firmasining TSL-1 piltabirlashtiruvchi mashinasi

“Rieter” firmasining Omega Lap-35 piltabirlashtiruvchi mashinasi





Download 336,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 336,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xolst shakllantiruvchi mashinalar

Download 336,11 Kb.