|
Qayta tarash mashinasining davrlari
|
bet | 7/7 | Sana | 03.02.2021 | Hajmi | 336,11 Kb. | | #13101 |
Qayta tarash mashinasining davrlari
Qayta tarash mashinasida bir sikl 4 davrdan iborat bo‘lib, u juda qisqa vaqt oralig‘ida 0,3-0,4 sekund (soniya) davom etadi.
Birinchi davr – tolalar tutamining oldingi uchlarini taroqli barabancha bilan tarash.
|
Xolstchaning uchlari tutam shaklida
qisqichlarga qisilgan xolatda osilib turadi. Taroqli segment ignalari bilan ularni tarab, kalta tolalardan va nuqsonlardan tozalaydi. Uzun tolalar to‘laligicha alohida tolalarga ajraladi, to‘g‘rilanadi va parallellashadi.
|
Ikkinchi davr – Taralgan tolalar tutamini ajratishga va orqa uchlarini tarashga tayyorlash.
|
Qisqichlar oldinga harakatlanib,ochila boshlaydi va taralgan tolalar tutamini ajratuvchi moslamaga yaqin olib boradi.
Ajratuvchi moslama avvalgi siklda taralgan tolalar tutami porsiyasini ozgina orqaga qaytaradi. Orqadagi ajratuvchi valik faqat harakatlanib qolmasdan, silindr ustida yumalab tutamni pastga bosib, uzatilayotgan porsiya bilan tutashishiga qulay imkoniyat yaratadi. Ustki taroq oldinga qarab harakatlanib tolalarning orqa uchlarini tarashga tayyor holatga keltiradi.
|
Uchinchi davr – tolalar tutami orqa uchlarini tarash, ajratish va porsiyalarni ulash.
|
Ajratuvchi moslamaga keltirilgan old
uchlari taralgan tolalar tutami avval ajratilgan porsiyaga ulanib orqa juftlikda qisiladi. Ajratuvchi silindrlar xarakat yo‘nalishini o‘zgartirib, katta tezlikda ustki taroq ignalarna sanchilgan tolalarni tortib oladi. Tolalar tutamining orqa uchlari ustki taroq ignalarida taraladi. Qisqichlar oldinga harakatlanishini davom ettiradi.
|
To‘rtinchi davr – Tolalar tutami oldingi uchlarini tarashga tayyorlash.
|
Ajratuvchi moslama tolalar tutami porsiyasini olib chiqishda davom etadi. Qisqichlar va ustki taroq yo‘nalishini o‘zgartirib orqaga qarab xarakatlana boshlaydi va sekin yopila boradi. To‘rtinchi davrning oxirida qisqichlar to‘la yopiladi, tolalar tutami ular orasida qisilib, osilgan xolatga keladi.
|
Siklik diagramma
Textima 1532 qayta tarash mashinasining siklik diagrammasi.
Qayta tarash mashinasining barcha ishchi organlari o‘zaro mutanosib ishlashi va operatsiyalarni ketma-ket amalga oshishini ta’minlashi kerak. Shuning uchun ishchi qismlar 40 bo‘linmaga ajralgan indikatorli disk yordamida sozlangan bo‘ladi. Taroqli barabancha yordamida tarash siklining 12,5 % ini, ustki taroq yordamida tarash esa 30 % ini tashkil etadi. Umumiy tarash 42,5 % davom etadi. Siklning qolgan 57,5 % i tutamning old va orqa uchlarini tarashga tayyorlashga sarf etiladi.
|
| |