• Tovush kuchi
  • Nutq so‘zlayotganda nafas olish – fonatsion nafas olish deyiladi (rengo-tovush)




    Download 220.81 Kb.
    bet4/6
    Sana15.03.2023
    Hajmi220.81 Kb.
    #45552
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1263240.pptx
    Салилаева, To\'garak kitobi 1(1)[1], 1-tema., 252525, 6286-Текст статьи-15479-1-10-20220616, 3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari, Guruhda ishlash, Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi, shakll, Mavzu Axloqiy tarbiya. Reja Kirish Asosiy qism i-bob. Axloqiy , Mavzu mehnat tarbiyasi maktabgacha yoshdagi, Davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti pedagogika va ijti, Лекция 3. Операционные системы, fdsfsd8dsfsdfs6f6sd, 1-amaliy
    Nutq so‘zlayotganda nafas olish – fonatsion nafas olish deyiladi (rengo-tovush).
    Kundalik hayotdagi nutq asosan dialog shaklida bo‘ladi. Shuning uchun ham nafas olish ortiqcha qiyinchilik tug`dirmaydi.
    Dars davomida o‘qituvchi juda ko‘p gapiradi, yangi mavzuni tushuntiradi, ma’ruza o‘qiydi.
    Nutq so‘zlashda qaysi mushaklarning ishtirok etishiga qarab nafas olish bir nechta turga bo‘linadi.
    Yuqori nafas – yelkalarning ko‘tarilib tushishi va ko‘krak qafasining yuqori qismi ishtirokida hosil qilinadi. Bu bo‘sh yuzaki nafas bo‘lib, unda o‘pkaning faqat yuqori qismi ishtirok etadi.
    Ko‘krak nafas - qovurg`alar o‘rtasidagi mushaklar yordamida hosil bo‘ladi. Bunda ko‘proq nafasning ko‘ndalang hajmi o‘zgaradi.
    Diafragma ishtirokidagi nafas - ko‘krak nafasning bo‘ylama hajmini oshishi hisobiga vujudga keladi. Diafragma - qovurg`ali nafas, diafragmaning qisqarishi qovurg`alar oralig`idagi nafas mushaklari ishtirokida vujudga keladi.
    Tovush – chiqarilayotgan havo hiqqildoqdan o‘tishi paytida ovoz pardalarining tebranishi natijasida vujudga keladi.
    Tovush o‘zining qo‘yidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
    Tovush kuchi - tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog`liq. Chiqarilayotgan havo oqimining tovush tarqalishiga bo‘lgan bosimi qancha katta bo‘lsa, tovush ham shuncha kuchli bo‘ladi.
    Ovoz – tomoqdan (o‘pkadan) kelayotgan havoning ovoz paylari orqali o‘tishida hosil bo‘ladi va og`iz bo‘shlig`i yordamida kuchayadi. Ovoz maxsus mashq qilinib turilmasa, ba’zan yo‘qolib ketadi.
    Ovoz apparati uch qismdan iborat:
    1. Generator – ovoz generatsiyasi ovoz paylarida hosil bo‘ladi, bunda og`iz bo‘shlig`ining roli kam. Ovoz paylari shovqin va tonlarni farqlaydi.
    2. Rezonator tizimi bunda tomoq, halqum, burun bo‘shlig`i, og`iz bo‘shlig`i qatnashadi va ular ovozning kuchini (statikasini) va dinamikasini ta’minlaydi.
    3. Energetika tizimi - o‘pkadan kelayotgan kuchli nafasning miqdori va tezligini ta’minlaydi.
    Diapazon – tovush hajmi bo‘lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohang bilan belgilanadi. Diapazon qisqarishi nutqning bir ohanli bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Bir ohangda gapirish axborotni idrok qilishni susaytiradi, uyquni keltiradi.
    Ritm – bu ayrim so‘z va bo‘g`inlarning aytilishi muddati va to‘xtash, nutq va ifodalarning navbat bilan o‘z o‘rnida ishlatilishini bildiradi. Ritm nutqning eng asosiy qismidir, chunki, nutq ohangi va to‘xtamlar ham tinglovchilarga beixtiyor o‘zgacha hissiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘zlayotganda obrazga kirish, ovozni kerakli joyda pastlatish, ohista gapirish o‘qituvchi mahoratiga bog`liq.

    Download 220.81 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 220.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nutq so‘zlayotganda nafas olish – fonatsion nafas olish deyiladi (rengo-tovush)

    Download 220.81 Kb.