• Texnologiya” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari, uning paydo bo ’lishi, tarixiy rivojlanish davrlari va pedagogik olimlarning “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta’riflari
  • Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari




    Download 337,86 Kb.
    bet2/3
    Sana20.05.2024
    Hajmi337,86 Kb.
    #246355
    1   2   3
    Bog'liq
    7 маъруза мут фан ук копия копия 2 копия

    Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari

    2-mavzu: Mutaxassislarni kasbiy tayyorlash texnologik tamoyillari


    Ilmiy-texnik taraqqiyot nafaqat aksariyat ishlab chiqarish sohasinigina texnologiyalashtiramoqda, balki u madaniyat, ta’lim sohalariga ham kirib bormoqda. Bugungi kunda informatsion axborot tibbiyot, ta’lim va boshqa texnologiyalar to’g’risida fikr yuritish mumkin. Texnologizatsiyalash bu obyektiv jarayon bo’lib, ta’lim evolyutsiyasining yangi vazifalarini sifatli hal qilish uchun tayyorgarlik davri Tarixan texnologiya tushunchasi texnik taraqqiyot bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan va bu tushuncha san’at, hunar va fan haqidagi ta’limotga muvofiq keladi. Texnologiya deganda, odatda ashyolarni qayta ishlash metodlari va ishlab chiqarish jarayoni hamda ulaming ilmiy tavsiflarining majmui tushuniladi. Siyosiy lug’at (М., 1989)da texnologiyaga shunday izoh beriladi:
    1) ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materiallar, yarim tayyor ashyolami qayta ishlash, tayyorlash holati, xususiyati, shaklining o’zgarish metodlari yig’indisi;
    2) ashyolar, materiallar va yarim xom ashyolarga muvofiq ishlab chiqarish qurollari orqali ta ‘sir o’tkazish usullari togrisidagi fan. «Qomusiy lug’at»da ham shunga yaqin izoh beriladi, lekin unda birmuncha kengroq yoritiladi: «Fan sifatida texnologiyaning vazifasi har tomonlama samarali va tejamli ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va amaliyotda undan foydalanish maqsadida fizika, kimyo, mexanika va boshqa qonuniyatlarini bajarish.»(M., 1979) Texnologiya grekcha so’z bo’lib, texnos - san’at, mahorat, logos - ta’limot degan ma’nolami bildiradi. Pedagogik texnologiya pedagogning talabalarga ta’sir qilishni tashkil etish bo’yicha kasbiy ahamiyatga molik malakalar tizimini aniqlab beradi, pedagogik faoliyatning texnologikligini anglash usullarini taklif etadi. Hozirgi davr ta’lim texnologiyalari muammosi, pedagogik innovatsiya tajribalari ularni bir tizimga tushirish va aniqlashtirishni talab qiladi. Oliy maktab oldida pedagogik texnologiyalaming ilmiy asoslari, ulaming tasnifi, mohiyatini ochib berish va o’quv jarayonining texnologikligi muammolarini ta’minlash masalasi turibdi.
    Texnologiya” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari, uning paydo bolishi, tarixiy rivojlanish davrlari va pedagogik olimlarning “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta’riflari
    Pedagogikaga oid adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi davrda pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmidan mustahkam o’rin egalladi, lekin uni pedagogikaning mukammal lug’atlaridagi o’rni hali noma’lumligicha qolib kelmoqda. Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo’lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o’qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalaming bir qancha ta’riflari mavjud. V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qamtiladi, didaktik vazifa va o’qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko o’quv jarayonini loyihalash g’oyasini ilgari suradi. Afsuski, hozirigi qadar pedagogik texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo’q. Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo’lsa ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida fan va amaliyot oralig’idan o’rin egallamoqda. N.F. Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o’quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo’lishi shart deb hisoblaydi. U fan va amaliyot oralig’ida tamoyillari olg’a suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalar bilan shug’ullanuvchi alohida bo’lishi kerak, deb hisoblaydi. Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya real o’qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi. Ayrim mualliflar o’qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig’idagi fan deb qaraydilar, boshqalar uni loyihalash bilan bog’laydilar. Shunday qilib, bir yondashuvda o’qitish texnologiyalari o’qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. P. texnologiya o’quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi. Boshqa yondashuvda texnologiyaga ta’lim amaliyotini yangi yoki zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta’minlashning usuli sifatida qarashga imkoniyat beradi. Bunda texnologiyaga ta’limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini tatbiq etish sifatida qaraladi. Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G’arbiy yevropada ta’limni isloh qilinishi bilan bog’liq ravishda kirib keldi. B.Blui, J. Koroll, P.Ya.Galperin, V.I.Davidov, N.A.M enchinskaya, Z.I.KalmUcova, L.I. Zankov texnologiyalari mashhur. O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P. Bespalko, N.F. Talizina , L.M. Fridman, Yu.N. Kulyutkina, G.S. Suxobskoy, T.V. Kudryavsev, A.M. Matyushkin, M.I. Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir. Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko’rsatadiki, aksariyat o’qitish texnologiyalari bo’sh texnologiyalanganligi bo’yicha qolib ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuchaytirilgan bo’lib, amaliy tomoni, u qadar oydinlashtirilmagan. T.A. Ballo texnologiyaning bir tomonini, ya’ni o’qitishda topshiriqli yondashuvni yoritadi. Boshqalarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan o’qitish yoki o’qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi. L.V. Zankov, T.Ya. Galperin, V.I. Davidov tadqiqotlarida bosqichli o’qitishning yaxlit texnologiyalari haqida fikr yuritiladi.
    1. Pedagogik texnologiyada hali ko’p aniqlanmagan masalalar bor. Muammoni tadqiq etish, o’qitish texnologiyasining tushunchasi va metodologik mohiyatini aniqlash bilan bog’liq. Pedagogik texnologiya o’ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik natijalarga erishish uchun, pedagogik tizimning barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy va amaliy (ta’lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi. Pedagogik texnologiya mohiyatini yoritish uchun pedagog-didaktikachilar tomonidan berilgan ta’riflaiga to’xtalishni maqsadga muvofiq deb topamiz. «Pedagogik texnologiya — psixologik va pedagogik o’gitlar yig’indisi bo’lib, shakllar, metodlar, usullar, o’qitish yo’llari, tarbiyaviy vositalaming maxsus to’plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi» (B. Lixachev). «Pedagogik texnologiya - o’quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi» (V.P. Bespalko). «Pedagogik texnologiya — rejalashtirilgan o’qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi» (I.P. Volkov). «Texnologiya — ishlov berish, holatni o’zgartirish san’ati, mahorati, malakasi va metodlar yig’indisi» (V.M. Shepel). «Pedagogik texnologiya — talaba va o’qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o’quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o’tkazish bo’yicha ular pedagogik faoliyatining har tomonlama o’ylangan modelidir.» (V.M.Manaxov). «Pedagogik texnologiya — bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko’zlagan o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishmng barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ulaming birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir» (YUNESKO). «Pedagogik texnologiya — pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda bo’lishning tizimli yig’indisi va tartibini bildiradi» (M . V. Klarin). «Pedagogik texnologiya — o’zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi». (G.K. Selevko). Bu ta’riflar tahlilidan pedagogik texnologiya natijani qo’lga kiritish uchun ta’lim doirasida zarur bo’lgan vositalar tizimini rejalashtirish va tatbiq etish degan xulosaga kelish mumkin. Ta’lim texnologiyasi deganda ta’limning belgilangan maqsadi va talabaning bilim darajasiga ko’ra o’quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va pedagogik tizimning amalda bo’lishini ta’minlovchi zarur vositalar tizimi tushuniladi





    Download 337,86 Kb.
    1   2   3




    Download 337,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari

    Download 337,86 Kb.