|
7-mavzu: Printerdan foydalanish
|
Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 70,81 Kb. | | #155267 |
Bog'liq 7-mavzu
7-mavzu:Printerdan foydalanish
Ta’minot shnuri, vilka, printer qurilmasi, skaner qurilmasi yoki opsiyalarni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki o‘zingizcha ta’mirlashga urinmang, printer qo‘llanmasida maxsus tushintirilgan hollar bundan mustasno.
Quyidagi hollarda printerni rozetkadan uzing va malakali xizmat ko‘rsatish xodimiga murojaat qiling:
Ta’minot shnuri yoki vilka shikastlangan; printerga suyuqlik kirgan; printer tushirib yuborilgan yoki ust qoplami shikastlangan; printer odatdagidek ishlayapgan yoki ishlashida aniq o‘zgarishlar kuzatilgan hollar. Ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalarda qamrab olinmagan boshqaruv tugmalarini o‘zgartirmang.
Printerga suyuqlik to‘kib yubormaslik va printerni nam qo‘l bilan ushlamaslik uchun ehtiyot bo‘ling.
Agar LCD ekran shikastlansa, dileringizga murojaat qiling. Agar suyuq kristall eritmasi qo‘llaringizga tegsa, tekkan joyni sovun va suv bilan yaxshilab yuvib tashlang. Agar suyuq kristall eritmasi ko‘zlaringizga tegsa, uni suv bilan darhol yuvib tashlang. Yaxshilab yuvib tashlagandan keyin ham noqulaylik yoki ko‘rish muammolar bartaraf bo‘lmasa, darhol shifokorga uchrang.
Ushbu qo‘llanmada shunday qilish aytilmagan hollardan tashqari hollarda printerning ichidagi qismlarga tegmang.
Printer va opsiyalarning ichidagi ogohlantirish yorliqlari tomonidan ko‘rsatilgan sohalarga tegmang.
Momaqaldiroq vaqtida telefondan foydalanmang. Chaqmoqdan elektr toki urishi xavfi mavjud bo‘lishi mumkin.
Gaz oqib chiqayotgan joy yaqinida turib bu to‘g‘risida xabar berish uchun telefondan foydalanmang.
Printerni kabel bilan kompyuterga yoki boshqa qurilmaga ulaganda ulovchi simlarning to‘g‘ri yo‘nalganligiga ishonch hosil qiling. Har bir ulovchi sim faqat bitta to‘g‘ri yo‘nalishga ega. Ulovchi simni noto‘g‘ri yo‘nalishda tiqish kabel orqali ulangan har ikkala qurilmani ham shikastlaydi.
Printerdagi slotlar orqali buyumlarni solmang.
Chop qilish vaqtida printer ichiga qo‘lingizni tiqmang.
Printer ichida yoki atrofida tarkibida yonuvchan gazlar bo‘lgan aerozol mahsulotlardan foydalanmang. Bunday qilish yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.
Qopqoqlar, lotoklar, kassetalarni ochganda yoki printerning ichida operatsiyalarni bajarish vaqtida barmoqlaringiz qisilib qolmasligi uchun ehtiyot bo‘ling.
Asl nusxalarni joylashtirganda skaner oynasi-ni xaddan tashqari qattiq bosmang.
Printerni domi tugmasidan foydalangan holda o‘chiring. Quvvat chirog‘i miltillashdan to‘xtamagunicha shnurni rozetkadan uzmang.
Agar printerdan uzoq vaqt foydalanmaslikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ta’minot shnurini elektr rozetkasidan uzib qo‘ying.
Printerning ustiga o‘tirmang yoki unga suyanmang. Printerning ustiga og‘ir buyumlarni qo‘ymang.
Printerdan foydalanayotganda printerning sozlash boltlarini albatta qulflab qo‘ying.
Sozlash boltlari qulflab qo‘yilgan holatda printerni siljitmang.
Ixtiyoriy buklet yakunlagichini ishlatishda ehtiyotkorlik yorlig‘i bilan ko‘rsatilgan joylarga yoki ularning atroflariga tegmaslikka harakat qiling. Agar printer ishlatilgan bo‘lsa, u joylar juda issiq bo‘lishi mumkin. Yuqori harorat kuyishga olib kelishi mumkin.
|
| |