• Tayanch tushunchalar
  • 8- mavzu: Menejmentning ijtimoiy omillari Reja




    Download 37,69 Kb.
    bet1/4
    Sana07.06.2024
    Hajmi37,69 Kb.
    #261323
      1   2   3   4
    Bog'liq
    8- mavzu Menejmentning ijtimoiy omillari Reja-fayllar.org


    8- mavzu: Menejmentning ijtimoiy omillari Reja

    8- Mavzu: Menejmentning ijtimoiy omillari


    Reja:
    1. Boshqaruv faoliyatida ijtimoiy muxit omillari.


    2. Ta’limda boshqaruv faoliyati.


    3. Ta’lim muassasasining tashqi muxit va ijtimoiy tashkilotlar bilan munosabati


    4. Boshqaruv sub’ektlarinitashkil etishda pedagogik tuzilma faoliyati.




    Tayanch tushunchalar: Mutaxassis, boshqaruv, uzluksiz, kadr, sifat, predmet, metod, qonuniyatlar, tamoyillar.
    XX asr oxirida sanoati va intellektual rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy musobaqa fan, texnika, texnologiyalar va buning oqibati o‘laroq, ta’lim sohasiga ko‘chdi, chunki raqobatga bardosh beradigan kadrlarni tayyorlamay turib, raqobatlashuvga qodir iqtisodiyot ham bo‘lmaydi.

    Rivojlangan mamlakatlarda mutaxassislar tayyorlashda shaxs va jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi kasb-hunar ta’limi dasturlari rang-barang bo‘lishiga katta e’tibor beriladi. Ushbu rang-baranglik kasb-hunar ta’limi moslashuvchan bo‘lishiga olib keladi va o‘zgarib borayotgan sharoitga tez moslashishni ta’minlaydi.


    AQSh, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Angliya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda mutaxassis tayyorlash tajribasi ta’limning eng muhim vazifasi intellektni va mantiqiy fikrlashni mashq qildirishdan iboratligini ko‘rsatmoqda. Bu masalani hal etishda o‘quvchilarning mustaqil ishlashining roli muhim bo‘lib, u mutaxassis o‘zining kasbiy, ma’naviy va madaniy saviyasini butun umri davomida takomillashtirib borishi uchun juda zarur bo‘lgan mustaqil bilim olish ko‘nikmasini rivojlantiradi.
    O‘zbekiston Respublikasida kasb-hunar ta’limi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, raqobatbardosh kadrlarni mamlakatimizda va chet ellarda fan, texnika, texnologiya hamda iqtisodiyotning rivojlanishini hisobga olgan holda mutanosiblik tarzida kadrlarni tayyorlashni amalga oshiradi. Raqobatbardosh mutaxassislarning yangi avlodi istiqbol masalalarni qo‘yish va hal qilish qobiliyatiga, yuqori fikrlash madaniyati hamda ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy axborot bobida mustaqil yo‘nalish olish mahoratiga ega bo‘lishi darkor.
    Zamonaviy mutaxassis tabiiy-ilmiy va kasb-hunar bilimigagina emas, balki o‘zining ma’naviyati va madaniyatini belgilovchi gumanitar bilimlarga ham ega bo‘lishi darkor. Axloqiylikdan mahrum mutaxassis qabul qilinayotgan qarorlarning haqiqiy oqibatlari uchun o‘ziga ham, jamiyatga ham javob bera olmaydi. Mamlakatimiz ta’lim tizimining maqsadi, vazifalari, jarayoni va natijasining tub farqi shunda.
    Respublikadagi hunar-texnika bilim yurtlari asosan ikkinchi razryadli, malakasi past ishchi kadrlarni tayyorlar edi. Ularni ishlab chiqarishda yuqori malakali qilib «etishtirish» uchun ko‘p vaqt va mablag‘ talab etilardi.
    Past sifatli mutaxassislarni tayyorlash, ayrim istisnolar bilan oliy ta’limga ham xos edi. Buning sababi ko‘p darajada:
    Mutaxassislarni ommaviy chiqarish, respublika iqtisodiy va ijtimoiy hayotining asossiz ehtiyojlari, bu hol soxta lavozimlar nomenklaturasi ortishiga olib keldi. Bu omil oliy ma’lumotning nufuzi va uning sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talab pasayishini keltirib chiqardi;
    Oliy ma’lumotli mutaxassislar mehnati natijalari ham miqdor, ham sifat jihatdan qadrsizlanishi. Yangi texnika va texnologiyani yaratadigan mutaxassis o‘zining ijodi natijalarini ro‘yobga chiqaradiganlardan kam maosh olardi. Ayni mahalda yuqori malakali mutaxassislarning ko‘pchiligi o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga xos kasbiy vazifalarni bajarishardi;
    Mutaxassislar tayyorlash va ulardan foydalanishda raqobatchilik sharoiti yo‘qligi, bu hol ularning ta’limi sifatiga qo‘yiladigan talablar jiddiy pasayishiga olib keldi.
    Mazkur sabablardan tashqari, tayyorlash jarayonida sifatni yaxshilash ko‘zda tutilmagan, bir xil darajadagi qat’iy cheklangan oliy ta’lim tizimi ham mutaxassislar tayyorlash sifatining pasayishiga olib keldi. Odatda, qancha qabul qilingan bo‘lsa, shuncha mutaxassis chiqarilardi (ozgina saralanish bundan mustasno), to‘g‘rirog‘i, shuncha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom berilardi. Bunda, odatda, raqobatbardosh potensial mutaxassislar barcha bitiruvchilarning 7—12 %dan oshmasdi.
    Kasb-hunar ta’limining barcha darajalarida shunday kadrlar tayyorlashning natijasi ko‘pchilik bitiruvchilarning sifati pastligi hamda raqobatga dosh berolmasligidan iborat bo‘ldiki, bu mus­taqil
    O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishida jiddiy iqtisodiy ziyon yetkazdi.
    AQSh, Germaniya, Yaponiya, Fransiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasi barcha darajalardagi kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligiga:
    • Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning jips aloqasi;


    • Ta’lim muassasalari tiplarining va fan, texnika, texnologiya hamda iqtisodiyotning eng so‘nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan kasb-hunar ta’limi dasturlarining xilma-xilligi;


    • kasb-hunar ta’limi tizimini iqtisodiyotning ustuvor hamda daromad keltiradigan tarmoQiga aylantirish;


    • ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlash;


    • kasb-hunar ta’limi tizimiga yuqori malakali o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etish;


    • ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish;


    • kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va baholashning ob’ektiv tizimini qo‘llash;


    • aql-idrokning rivojlanishi, o‘lchanishi va baholanishi, qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlar muammosi, shuningdek, kasbga yo‘naltirish muammosi bo‘yicha psixologik-pedagogik tadqiqotlarni bajarish;


    • o‘qituvchilarning moddiy va ijtimoiy jihatdan yuqori darajada himoyalanganligi tufayli ta’minlanadi.


    Barcha darajadagi raqobatbardosh kadrlar tayyorlash strategiyasi negizida ularni tayyorlash sifatini uch asosiy bosqichda ta’minlashga majmuaviy yondashuv yotadi.


    Birinchi bosqichda mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj prognoz qilinadi va ular oldiga qo‘yiladigan talab belgilanadi, ya’ni, mutaxassis modeli yaratiladi. Bunda sifatning o‘sib boruvchi darajasi belgilanadi.
    Ikkinchi bosqichda mutaxassislarni tayyorlash amalga oshiriladi, u belgilangan sifat darajasini ta’minlashi zarur.
    Nihoyat, mutaxassislardan professional faoliyatda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi bosqichda ta’minlangan sifat darajasi ham o‘z ustida uzluksiz ishlash yo‘li bilan, ham maxsus ta’lim muassasalarida malaka oshirish yo‘li bilan oshirilishi kerak.
    Ushbu strategiyaning huquqiy asosi Davlat ta’lim standartlari va talablari, me’yoriy hujjatlar, nizomlar hamda ta’lim muassasasining maqomini, moddiy-texnika bazasini, moliyalashtirilishini, o‘qituvchilar tarkibini, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish va bosh­qa faoliyatini belgilovchi boshqa hujjatlardir.
    Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun kasb-hunar ta’limida standartlashtirish o‘sib borishi lozim. Uning mohiyati amalda erishilgan me’yorlarga nisbatan yuqori va sifat jihatdan yangi talablarni belgilashdan iborat. O‘sib boruvchi ta’lim standartlarida mutaxassislar bitirish vaqtiga kelib o‘sha paytdagi fan, texnika, texnologiyalar va iqtisodiyot yutuqlari darajasiga muvofiq kelishlari lozim bo‘lgan talablar darajasi bo‘lishi lozim.
    Ta’limdagi standartlashtirish majmui ham bo‘lishi lozim.
    Birinchidan, u kasb-hunar ta’limi uzluksizligini va uzviyligini ta’minlagan holda, kadrlar tayyorlashning oddiy ishchidan tortib yuqori malakali mutaxassisgacha o‘zaro bog‘liq darajasini qamrab olishi lozim.
    Ikkinchidan, ta’lim standartlari majmui mutaxassisni shakllantirishning barcha bosqichlarini o‘z ichiga olib, ular o‘rtasida mustahkam o‘zaro aloqani ta’minlashi darkor.
    Nihoyat, uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasining ta’lim standartlari, sifatli mutaxassis tayyorlash va uni baholashga yagona yondashuvni ta’minlash uchun xalqaro talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi hamda takomillashtirilishi zarur. Bu raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va ulardan foydalanishda xalqaro tajribani ishga solish hamda intellektual sohada mustahkam hamkorlikni tashkil qilish imkonini beradi.
    Yuqorida keltirilgan strategiya va rivojlangan mamlakatlar tajribasiga muvofiq kadrlarni tayyorlash va ularning raqobatbardoshligi sifatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
    1. Shaxsga kasbni o‘z ixtiyori bilan tanlashda va mehnat bozoridagi ehtiyojlar, imkoniyatlar hamda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda bandlikning maqbul turini tanlashda ko‘maklashishni ta’minlovchi, shuningdek, yoshlarning tabiiy qobiliyatini qo‘llab-quvvatlovchi va taraqqiy ettiruvchi kasbga yo‘naltirish tizimini rivojlantirish. Hozirgi vaqtda bu ish bilan psixologik-pedagogik tashxis va o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish markazlari shug‘ullanishmoqda.
    2. Tarmoq va mintaqa iqtisodiyoti uchun integratsiyalashgan ta’lim muassasalari doirasida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish.
    3. Xalqaro standartlar negizida, fan, texnika, texnologiyalar va iqtisodiyotning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan o‘sib boruvchi va majmuaviy ta’lim standartlarini qo‘llash.
    4. Barcha darajadagi mutaxassislarning malaka tavsifini mehnat bozorining o‘sib boruvchi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqish.
    5. Ta’lim jarayonida eng yangi pedagogik, axborot, kompyuter texnologiyalari va boshqalar qo‘llanilishini hisobga olgan holda, bir tipdagi o‘quv rejalari hamda dasturlarini takomillashtirish.
    6. Ta’lim jarayonida o‘qitishning audiovizual uslublarini, axborot texnologiyalarini keng qo‘llash.
    7. Barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash sifatini o‘lchash hamda baholash bo‘yicha ilmiy asoslangan tizimni ishlab chiqish va joriy etish.
    8. Kasb-hunar ta’limi muassasalarini zamonaviy o‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar, shuningdek, moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlash.
    9. Kasb-hunar ta’limining barcha darajalarida ishlab chiqarish ta’limi (amaliy ta’lim)ni sarflash materiallari bilan ta’minlash.
    10. Kasb-hunar ta’limi tizimi tuzilishi (yangi tipdagi ta’lim muassasalari) va sifatini isloh qilishni hisobga olgan holda o‘qituvchilarni qayta tayyorlash.
    11. Ta’lim muassasalari faoliyatini nazorat qilishning me’yoriy asosi va talablarini takomillashtirish.
    12. Ta’lim muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish hamda moliyalashtirish me’yorlarini sanoati va intellektual jihatdan rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko‘tarish.
    13. Respublikaning raqobatbardosh kadrlari salohiyatini turli darajadagi ishlovchi va qo‘li bo‘sh mutaxassislar hisobiga tiklash.
    14. Barcha darajadagi kadrlarni maqsadli tayyorlashni rivojlantirish hamda takomillashtirish.
    15. Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilishning yagona tizimini shakllantirish.
    Quyidagilarni ta’lim sifatini boshqarishning umumiy funksiyalari sifatida ko‘rib chiqamiz:
    1. TMni rivojlantirish strategiyasini O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlarida rasman ta’riflangan ta’lim sifatining asosiy yo‘nalishlari hamda maqsadlariga va tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilash.
    2. Ta’lim sifatini loyihalash. U sifatni boshqarish jarayoniga asos bo‘ladi. Bu funksiya iste’molchilarning malakali kadrlarga bo‘lgan talabini muntazam o‘rganish, mutaxassislar, standartlar modelini tahlil qilish negizida amalga oshiriladi. Buning uchun ta’lim sifatini tavsiflovchi muayyan ko‘rsatkichlarning shakl­lantirilgan tizimi bo‘lishi zarur. Barcha ish sifatni o‘lchash va baholashning miqdoriy uslublariga asoslangan bo‘lishi lozim.
    3. Ta’lim sifatini monitoring qilish, ya’ni ta’lim tizimining amal qilish jarayonini muntazam kuzatish, uning ahvolini kuzatib borish. Bunday kuzatish natijalari ta’lim sifatini ob’ektiv baholash hamda pedagoglar jamoasi faoliyatining keyingi yo‘nalishini prognoz qilish imkonini beradi.
    4. Ta’lim sifati tizimini (sifat kafolatini) ta’minlash. Bunga boshqaruv xodimi tomonidan tashkiliy tuzilmani yaratish, majburiyatlar va mas’uliyatni taqsimlash, o‘qitishning tegishli metodikalarini, texnologiyalarini tanlash, moddiy va moliyaviy zaxiralardan samarali foydalanish, pedagogik jarayonni amalga oshirish singari tadbirlar kiradi.
    Shuningdek, ushbu ko‘rsatkichlarning elementlar bo‘yicha tarkibi ham muhim. Ayni mahalda ta’lim muassasasi boshqaruv xodimlari boshqaruv faoliyatiga xos bo‘lgan ko‘rsatkichlarni ham hisobga olishlari kerak. Ulardan quyidagilarni ajratib ko‘rsatamiz:
    «Tasniflash» blokida — boshqaruv kadrlarining:
    — pedagogika, psixologiya, fiziologiya va gigienani (umumiy, kasbiy, yoshga oid, ijtimoiy va boshqalar);
    — ta’lim jarayonini tashkil etishni;
    — xodimlar va ta’lim oluvchilarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini;
    — umumta’lim, umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikka, kasbga, ixtisosga, bo‘lg‘usi mutaxassis malakasiga oid ijtimoiy me’yorlar va talablarni;
    — ishlab chiqarish ta’limi va ishlab chiqarish amaliyoti talablari mazmunini;
    — ta’lim muassasalarida va umuman ta’lim tizimida boshqaruvning nazariy asoslarini bilishi.
    «Kasb mahorati» blokida — quyidagi sohalarda ijtimoiy-psixologik mahorat va ko‘nikmalarni:
    — pedagoglar, tarbiyachilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, umumkasbiy, maxsus va umumta’lim fanlari o‘qituvchilarining Yagona jamoasini ularga yagona pedagogik talablar qo‘yish, individual imkoniyatlarini hisobga olish va o‘rganish, jamoa oldida turgan vazifalarni hal qilishda har birining rolini ko‘rsatish asosida shakl­lantirish;
    — ta’lim muassasasining jamoatchilik organlarini tuzish hamda boshqarishga ularni jalb qilish;
    — muhandis-pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilarning birgalikdagi faoliyatini, o‘zaro munosabatlarini tartibga solish, tan­qid va o‘zini o‘zi tanqid, tartib, intizom va uyushqoqlikka qat’iy rioya etish muhimligini hisobga olgan holda ularning harakatini moslashtirish asosida tashkil qilish;
    — ta’lim sifatini boshqarish maqsadlari va vazifalarini ta’riflash;
    — ta’lim sifatini oshirish dasturlari va jarayonini rejalashtirish;
    — ko‘rsatkichlar nomenklaturasini, ta’lim sifatini o‘lchash va baholash mezonlarini ishlab chiqish sohalaridagi ijtimoiy-psixologik mahorat va ko‘nikmalar.
    «Faoliyat unumdorligi» blokida — ta’lim oluvchilar tomonidan davlat ta’lim standartlari, konkret kasbni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari muhim hisoblanadi.
    Rahbar malakasining yuqori darajasi— faoliyat dasturini sifatli loyihalashtirishning zarur sharti.
    Keyingi yillardagi ilmiy adabiyotlarda «istiqbolni qat’iy qilib, yuqori darajada ehtimollik bilan rejalashtirib bo‘lmaydi» degan fikr ko‘p uchramoqda (L. Fatkin). Shu bois ta’lim muassasasi boshqaruv xodimi loyihalashtirishda taxmin qilinayotgan jarayonlar va hodisalarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini chuqurroq o‘rganishi va idrok etishi, ularning ko‘rsatkichlar nomenklaturasini asoslashi va ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Bu ob’ekt ko‘rsatkichlarining muntazam takomillashtirilishi mahsulot va xizmatlar sifatini loyihalashtirish va ta’minlashning zarur shartlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilishi bilan bog‘liq. Bunda barcha ishlar ob’ekt sifatini o‘lchash va baholashning miqdoriy metodlariga tayanadi. Shu tariqa aniqlangan ta’lim muassasasi faoliyati holatining ob’ektiv ko‘rsatkichlari boshqarishning tegishli tartibini tanlashda asos qilib olinadi.
    Ma’lumki, ta’lim muassasasi xodimlari faoliyatining ikki darajasi mavjud.

    Download 37,69 Kb.
      1   2   3   4




    Download 37,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8- mavzu: Menejmentning ijtimoiy omillari Reja

    Download 37,69 Kb.