|
Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi
|
bet | 1/4 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 39,37 Kb. | | #106467 |
Bog'liq 1-илова (тартиб)
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
2023-yil “__” _______dagi
____ -sonli buyrug‘iga 1-ilova
Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi va ishlab chiqarish
ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari”
Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish
TARTIBI
I. Umumiy qoidalar
Mazkur tartib professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovini (keyingi o‘rinlarda – Tanlov) o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash tartibini belgilaydi.
Tanlovni o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan yaratilgan raqamli ta’lim resurslarini jamlash, takomillashtirish va ommalashtirish;
professional ta’lim tizimida raqamli ta’lim resurslarining ishlab chiqilishini qo‘llab-quvvatlash;
yaratilgan raqamli ta’lim resurslarini milliy Internet tarmog‘iga erkin foydalanish uchun joylashtirish, ular to‘g‘risida keng pedagogik jamoatchilikni xabardor qilish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga raqamli ta’lim resurslarini joriy etish bo‘yicha uslubiy jihatdan ko‘maklashish;
ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llayotgan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari faoliyatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish.
Raqamli ta’lim resursi – bu aniq bir fanning barcha mavzularini qamrab olgan raqamli ta’lim kontentlari to‘plami.
Raqamli ta’lim kontenti – bu fanning aniq bir mavzusi bo‘yicha o‘quv jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan raqamli shaklda taqdim etilgan material bo‘lib uning tarkibi ma’ruza matni, media materiallar (audio, video va animatsion materiallar), didaktik ko‘rgazmali materiallar (plakatlar), taqdimot materiallari, glossariy (atamalar lug‘ati), nazorat dasturlari (mustahkamlovchi savollar, amaliy topshiriqlar va test materiallari), mashq va masalalar to‘plami, dars mazmunini to‘ldiruvchi materiallardan iborat bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi
|