|
II. Tanlov bosqichlari va ularni o‘tkazish tartibi
|
bet | 2/4 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 39,37 Kb. | | #106467 |
Bog'liq 1-илова (тартиб)II. Tanlov bosqichlari va ularni o‘tkazish tartibi
Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – oktabr oyida professional ta’lim muassasalari miqyosida;
2-bosqich – noyabr oyida hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha) miqyosida;
3-bosqich – dekabr oyida Respublika miqyosida.
Har bir bosqichda tanlovni sifatli va yuqori saviyada o‘tkazish uchun kamida 5 nafardan iborat Tashkiliy qo‘mita tuziladi. Tashkiliy qo‘mita raisi bosqichlar bo‘yicha mos ravishda professional ta’lim muassasasi rahbari, hududiy boshqarma boshlig‘i hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i hisoblanib, tanlovni o‘tkazish bo‘yicha mas’uldirlar.
Tanlovga taqdim etilgan raqamli ta’lim resurslarini ko‘rib chiqish va baholash uchun har bir bosqichda Tanlov hay’ati tashkil etiladi. Tanlov hay’ati tarkibiga ekspert sifatida har bir ta’lim sohalari hamda axborot texnologiyalari bo‘yicha yuqori tajribaga ega bo‘lgan kamida 3 nafar malakali mutaxassislar kiritiladi. Zarur holatlarda ta’lim sohalari bo‘yicha qo‘shimcha mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Har bir bosqichdagi Tanlov hay’ati a’zolarining ro‘yxati mos ravishda tegishli Tashkiliy qo‘mitalar tomonidan tasdiqlanadi.
Raqamli ta’lim resurslarini baholash va keyingi bosqichga tavsiya qilishga Tanlov hay’ati mas’ul hisoblanadi.
Vazirlik tomonidan tasdiqlangan nominatsiyalar bo‘yicha I, II, III-o‘rinni egallagan g‘oliblar tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok etadi. I, II, III-o‘ringa davogarlik qilayotgan ishtirokchilardan ikki va undan ortig‘i bir xil natija qayd etgan taqdirda Tanlov hay’ati qarori asosida ularning barchasiga keyingi bosqichda ishtirok etishga ruxsat beriladi.
1-bosqichda raqamli ta’lim resurslari professional ta’lim muassasasi Tashkiliy qo‘mitasiga o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan
1-avgustdan 20-oktabrgacha topshiriladi. Raqamli ta’lim resurslari ta’lim muassasasi Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tuzilgan Tanlov hay’ati tomonidan
30-oktabrgacha baholanadi hamda g‘olib deb topilgan ishtirokchilar resurslari va ro‘yxati Tashkiliy qo‘mita qarori bilan hududiy bosqichga 3 ish kuni davomida taqdim etiladi.
2-hudud bosqichiga tegishli professional ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan raqamli ta’lim resurslari hududiy boshqarmalar tomonidan jamlanadi. Raqamli ta’lim resurslari hududiy boshqarma Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tuzilgan Tanlov hay’ati tomonidan 25-noyabrgacha baholanadi hamda g‘olib deb topilgan ishtirokchilar resurslari va ro‘yxati Tashkiliy qo‘mita qarori bilan Respublika bosqichida ishtirok etish uchun Respublika Tashkiliy qo‘mitasiga 3 ish kuni davomida taqdim etiladi.
3-Respublika bosqichiga taqdim etilgan raqamli ta’lim resurslari
20-dekabrgacha Tanlov hay’ati tomonidan baholanadi, g‘oliblar aniqlanadi hamda Tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi. Nominatsiyalar bo‘yicha Respublika bosqichida g‘olib deb topilgan mualliflar Tashkiliy qo‘mitasi qarori bilan belgilangan kunda taqdirlanadi.
Tanlovning 1 va 2-bosqichlari yakuni bo‘yicha g‘olib deb topilgan raqamli ta’lim resurslari to‘g‘risidagi buyurtma mazkur Tartibning 1-ilovasidagi shakl asosida to‘ldiriladi va tegishli Tashkiliy qo‘mitaga tasdiqlangan holda taqdim etiladi.
Bitta fandan ikki yoki undan ortiq bir xil mazmun va shakldagi, shuningdek, ko‘chirilgan (plagiat) raqamli ta’lim resurslari Tanlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Raqamli ta’lim resurslari tarkibi amalda o‘qitilayotgan fan (modul), o‘quv amaliyotlarining namunaviy o‘quv dasturidagi barcha mavzulari bo‘yicha quyidagilardan iborat bo‘ladi:
mavzular to‘plami;
fanning ta’lim texnologiyalari;
media (audio, video va animatsion) materiallar;
vizual-didaktik resurslar;
taqdimot materiallari;
glossariy (atamalar lug‘ati);
baholash vositalari (nazorat savollari, amaliy topshiriqlar, test materiallari, mashqlar, masalalar to‘plami va boshqalar).
Tanlovga raqamli ta’lim resurslari foydalanishga tizimlashtirilgan tayyor dasturiy mahsulot sifatida taqdim etiladi. Materiallar word, excel, pdf, jpg va boshqa ko‘rinishda alohida-alohida fayllar sifatida qabul qilinmaydi.
Tanlovning barcha bosqichida taqdim etilgan raqamli ta’lim resurslari tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi hamda ishtirokchilar uchun mazkur Tartibning 2-ilovasida keltirilgan shakl to‘ldiriladi.
|
| |