• IV. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
  • III. Tanlov mezonlari va raqamli ta’lim resursini baholash




    Download 39,37 Kb.
    bet3/4
    Sana27.11.2023
    Hajmi39,37 Kb.
    #106467
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-илова (тартиб)

    III. Tanlov mezonlari va raqamli ta’lim resursini baholash

    1. Tanlovning barcha bosqichlarida raqamli ta’lim resurslari 2-ilovada keltirilgan mezonlar asosida Tanlov hay’ati ekspertlari tomonidan baholanadi.

    2. Baholash natijalari yuqoridan pastga ballni kamayish tartibida 1-ilovadagi shakl asosida tayyorlanadi va kamida 75 ball to‘plagan eng yuqori 3 ta raqamli ta’lim resurslari va ularning muallifi g‘olib deb belgilanadi.

    3. Agar ishtirokchilarning ikki va undan ortig‘i bir xil ball to‘plasa, bunda, Tanlov hay’atining xulosasiga ko‘ra Tashkiliy qo‘mita qarori bilan barcha g‘oliblar mos o‘rinlar bo‘yicha taqdirlanadi.

    4. Tanlovning barcha bosqichlarida g‘oliblar aniqlanib, ularning ro‘yxati va raqamli ta’lim resurslari tegishli bayonnomalarda qayd qilinib, tanlovning keyingi bosqichida qatnashish uchun tavsiya etiladi.

    5. Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan mualliflarning raqamli ta’lim resurslari ommalashtirish uchun Professional ta’limni rivojlantirish institutining http://rtr.profedu.uz Raqamli ta’lim resurslari platformasiga joylashtiriladi.

    6. Tashkiliy qo‘mita taqdim etilayotgan raqamli ta’lim resurslarining tanlov shartlariga muvofiqligini aniqlaydi hamda tanlov jarayonlarini ommaviy axborot vositalari, vazirlikning rasmiy sayti va uning ijtimoiy tarmoqlari sahifalarida yoritib boradi.

    7. Respublika bosqichida ommalashtirishga tavsiya etilgan raqamli ta’lim resurslarining ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy saytida va uning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilinadi.



    IV. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

    1. Tanlovning professional ta’lim muassasalari va hududiy bosqich g‘oliblari mos ravishda ta’lim muassasasi, hududiy boshqarmalar tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.

    2. Respublika ko‘rik-tanlovining natijalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Professional ta’limni rivojlantirish institutining rasmiy saytlari va ularning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilinadi.

    3. Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari nominatsiyalar bo‘yicha tegishli darajadagi diplom, shuningdek:

    • I-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;

    • II-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;

    • III-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari hisobidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

    • sohalar bo‘yicha tanlovning Respublika bosqichida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallamagan keyingi 3 ta o‘rindagi ishtirokchilar vazirlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanadi.

    1. Tanlovni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda faollik ko‘rsatgan Tashkiliy qo‘mita va Tanlov hay’ati a’zolari moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilishi tavsiya etiladi.




    Download 39,37 Kb.
    1   2   3   4




    Download 39,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Tanlov mezonlari va raqamli ta’lim resursini baholash

    Download 39,37 Kb.