8 – variant. – Topshiriq. Test savollariga javob bering




Download 51,53 Kb.
bet6/8
Sana20.05.2024
Hajmi51,53 Kb.
#245511
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
18 pedagogika

4-TOPSHIRIQ

Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali talabalarni mavzu youzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.



Ta’lim maqsadi silsilasida ona tili ta’limi maqsadi alohida o`rinda turadi. Chunki maktab ta’limi ona tilini ta’lim oluvchiga o` r g a t m a y d i - ta’lim oluvchi ona tilini ta’lim dargohiga kelgunga qadar biladi va undan o`z kundalik amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun bemalol foydalana oladi. Ana shu o`rinda bir necha haqli savollar tug`iladi: Nega zamonaviy ta’limning barcha tur, bo`g`in va bos`ichlari uchun ona tili ta’limi umumiy va zaruriy o`quv predmeti sifatida majburiy kiritilgan? Ona tili ta’limi nimaga xizmat qilishi kerak? Ilmiy grammatika, tilshunoslik ilmi asoslarini o`rganish uchunmi? Jamiyat a`zolarining barchasi tilshunos bo`lishi shartmi?!
Tilshunoslik fani va tilshunos tilga mutlaqo ta`sir o`tkaza olmaydi−til tilshunos va grammatiklar amriga buysunmaydi. Bu azaldan ma`lum oddiy haqiqat. Jamiyatda hamma madaniyatli kishilarning tilshunos bo`lishi shart ham emas. Demak, ta’limning barcha tur, bo`g`in, bosqich va ko`rinishlarida ona tili ta’limining o`ziga xos maqsadi va zarurati mavjud, zarurat esa o`rganilishi lozim.
Bundan tashqari o`zbek sovet pedagogikasida uzoq muddat davomida "O`zbekistonda ona tili ta’limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyin amalga oshirildi" degan g`ayriilmiy o`ydirma, o`zbek xalqi, uning uzoq tarixi va qadriyatlariga nisbatan noto`g`ri fikr hukmron edi. Buning sabablarini Prezidentimiz "bizning tariximizni boshqalar yozsa, boshqacha yozadi" degan xulosalarida va bu bo`limga peshlavha sifatida keltirilgan iqtibosda ochib bergan edilar. Zero, O`zbekiston Prezidenti ta`kidlaganidek, "qachongacha biz tariximizni birovlarning nuqtayi nazari, qarichi bilan baholaymiz?". Bu so`zlar yog`dusida ona tilimiz − milliy o`zbek tilini o`qitish tarixiga nazar tashlash, bu til ta’limida o`qitish maqsadining tadrijiy taraqqiyotini o`rganish muhim ilmiy-ma’naviy ahamiyat kasb etishi tabiiy, albatta. Mana shuning uchun ushbu o`quv qo`llanma ona tili va adabiyot o`quv predmetining bo`lajak o`qituvchilarini ona (o`zbek) tilini o`qitishning turli davrlarda maqsadi, bugungi ta’lim maqsadining uzoq ildizlari bilan tanishtirishni ko`zlab tuzildi. Unda ta’lim tili sifatida ona (o`zbek) tilida ta’lim tarixi, ta’lim maqsadining tarixiy rivoji, milliy istiqlol sharofati bilan ta’lim maqsadining tubdan yangilanishi, bу maqsadni to`la voqelantirish uchun ona tili ta’limi nazariyasi va usuliyoti oldida turgan ayrim zarur vazifalar xususidagi mulohazalar ifodalangan. Shuningdek, unda:
−"O`zbekistonda ona tili ta’limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyingina yo`lga qo`yildi", degan fikrning noto`g`riligi;
−"ona tilida ta’lim" va "ona tilini maxsus o`quv predmeti sifatida o`qitish" tushunchalari bir narsа emasligi;
− ona tilida ta’lim jarayonida ona tili ham o`qitilishi, bunday holatda ona tili va ta’lim tili tushunchalari bir-biriga mos kelishi;
−ona tili ta’limining xat-savod o`rgatish, fikrni uqish va bayon qilish ko`nikmalarini shakllantirish kabi u m u m i y va uni maxsus - alohida o`quv predmeti sifatida ta’limini talab etuvchi x u s u s i y maqsadlari farqlanishi;
−ona tilida ta’lim maqsadining tubdan o`zgarishi mazkur o`quv predmeti ta’limi mazmuni, usuli, vositalarining ham tubdan yangilanishini talab etishi kabi masalalar batafsil bayon etiladi.
Qo`llanma ikki bo`limdan iborat bo`lib, birinchi bo`limi ta’lim maqsadi tushunchasi, uning ta’lim mazmuni va usullari bilan aloqadorligini sharhlashga, ikkinchi bo`limi esa ona tilida ta’lim va ona tili ta’limi tushunchalarini farqlash, ona (o`zbek) tilida ta’lim tarixi silsilasida ona tilini o`qitish maqsadidagi tadrijiy taraqqiyot masalalarini yoritishga bag`ishlanadi.
Ta’lim jarayoni – bu mohiyatan ta’lim jarayoni ishtirokchilari –ta’lim oluvchi (o`quvchi, talaba, shogird, izdosh, payrav; tarixan – murid) va ta’lim beruvchi (o`qituvchi, muallim, murabbiy, ustoz: tarixan– pir, murshid) orasidagi ta’lim maqsadi asosidagi faol munosabatidir; ta’lim bilan aloqador barcha munosabatlar, uning barcha qirralari ta’lim ishtirokchilarida – ustoz va o`quvchida kesishadi. Inson barcha ijtimoiy munosabatlarning markazi, kesishish nuqtasi bo`lganidek, ustoz~o`quvchi ham barcha turdagi didaktik munosabatlarning kesishish nuqtasidir. Shuning uchun biz yuqorida ta’lim maqsadi, uning mazmuni, usuli, vositalari, ularning o`zaro aloqadorligi masalalarini ko`rib o`tyotgandа har doim o`quvchi~ustoz munosabati masalalari bilan to`qnashdik. Chunonchi, ta’lim maqsadining o`zi, eng avvalo, KIMni, qanday shaxsni yetishtirish masalasini o`rtaga qo`yadi. Bu shaxs kim? U O`QUVCHIdir! Kim uni yetishtiradi, tarbiyalaydi? U esa USTOZdir! Ular o`zaro qanday munosabatda bo`lishi kerak? Biz bu haqda yuqorida (ta’lim usuli bilan bog`liq ravishda) ikki xil yondashish mavjudligini va bu yondashishlarning har biri o`ziga xos shaxsni tayyorlashga qaratilganligi haqida suhbatlashgan edik. Haqiqatan ham, o`quvchi~ustoz munosabati ta’lim jarayonining m a r k a z i y muammosi –ham ibtidosi, ham intihosidir. Ta’lim maqsadi, ya’ni jamiyatning tarbiya-ta’lim natijasiga qo`ygan ijtimoiy talabi, birinchi navbatda o`quvchiga qanday yondashish va ustoz qanday bo`lishi kerakligini, kimni yetishtirishni belgilaydi. Undan keyingina o`quvchiga nimani berish (ta’lim mazmuni), qanday berish (ta’lim usuli), nimalar orqali berish (ta’lim vositalari) masalalari turadi. Shuning uchun Prezidentimiz O`zbekistonda ta’limning tub islohoti dasturi bo`lgan tarixiy ma’ruzalarida bu masalaga alohida to`xtalib, jumladan, ustoz haqida shunday degan edilar: "O`qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o`zi ana shunday bilimga ega bo`lishi kerak."




Download 51,53 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 51,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8 – variant. – Topshiriq. Test savollariga javob bering

Download 51,53 Kb.