Pedagogika fanining shakllanishi va rivojlanishi




Download 51,53 Kb.
bet5/8
Sana20.05.2024
Hajmi51,53 Kb.
#245511
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
18 pedagogika

Pedagogika fanining shakllanishi va rivojlanishi.

Pedagogika bola yetaklovchi) atamasi qadimiy boʻlib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ soʻzidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning koʻrsatishicha, qadimgi Yunonistonda oʻz xoʻjayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus oʻqitilgan va pedagoglikni oʻziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.


Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham Pedagok deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy Pedagok bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida Pedagokga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.
Pedagogika tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul hamda yoʻsinlarini belgilab beradi. Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish Pedagogikaning asosiy funksiyasi hisoblanadi.
Shaxsni tarbiyalash Pedagogikadagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doir qarash va koʻnikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindisini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ko‘p sonli fanlaming ta’limni o'rganishdagi ijtimoiy fenomeni sifatidagi hissasi shubhasiz bebaho va zarurdir. Biroq bu fanlar insonning kundalik o‘sishi va rivojlanish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan, o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘z rivojlanish davridagi o‘zaro munosabatlari va unga mos institutaviy struktura bilan bog'liq ta'limning tub jihatlariga daxl qilmaydi. Va bu tamomila haqqoniy,chunki maxsus jihatlarni o‘rganish obyekt (ta'lim) ning shunday qismini aniqlaydiki, buni maxsus fan pedagogika o‘rganishi kerak. Pedagogika - bu aniq maqsadlar asosida maxsus ijtimoiy institutlar (oila, ta'lim va madaniy tarbiyaviy muassasalar) da tashkil etilgan aniq yaxlit pedagogik jarayon sifatidagi ta’limdir. Pedagogika bu holda o‘zini pedagogik jarayon (ta'lim)ning mohiyati, qonuniyatlari, tendensiyalari va rivojlanish istiqbollarini o‘rganuvchi fan sifatida namoyon etadi. Shu asosda pedagogika uni tashkil etishning nazariya va texnologiyalarini, pedagog faoliyati (pedagogik faoliyat) ning shakli va rivojlantirish metodlarini va o‘quvchilarning turli ko'rinishdagi faoliyatlarini, shuningdek ularning o‘zaro munosabatlaridagi strategiva va usullarini ishlab chiqadi.
Pedagogika fani shaxsni shakilantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
Pedagogikaning fan sifatidagi vazifaiari uning predmetlariga bog'liq. Bular nazariy va texnologik vazifalar bo'lib, ular uzviy ravishda amalga oshiriladi. Pedagogikaning nazariy vazifalari uch xil darajada amalga oshiriladi: - Tavsiflash yoki tushuntirish - ilg'or va novatorlik pedagogik tajribalarni o‘rganish; - Diagnostik - pedagogik hodisalarning holatini, pedagog va o'qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati yoki samaradorligini aniqlash, ularni ta’minlovchi shart va sabablarini o'rganish; - Prognostik- pedagog faoliyatlarini ilmiy tadqiqotlar orqali o'rganish va u!ar asosida bu faoliyatni o‘zgartirish modulini qurish. Nazariy vazifalarni prognostik darajasi pedagogik hodisalarning mohiyatini ochish, pedagog jarayonlaridagi teran hodisalami topish, taxmin qilingan qisqarishlarni ilmiy asoslash bilan bog'liq. Bu darajada ta'limiy amaliyotdan oldin turuvchi ta’lim tarbiya nazariyasi va pedagogik tizim modeli yaratiladi.
Fan faqat u yangidan yangi bilimlar bilan olib borilgan holdagina rivojlanishi mumkin. O‘z navbatida, ularni to‘plash va talqin qilsh uchun ilmiy asoslangan izlanish kerak bo'ladi. Oxirgisi o‘z bog'lanishlarini fanshunoslikda metodologik nomini olgan nazariy prinsiplar majmuasidan topadi. Nafaqat pedagog amaliyotchilar, balki tadqiqotchilar ham ko‘pincha “metodologiya” tushunchasi ortida real hayotdan va ta’limiy amaliyotdan uzoqda bo'lgan (qandaydir abstrakt) narsani ko‘radilar. Shu bilan birga metodologiya:
Bu “nazariy va amaliy faoliyatlami tashkil etish va qurishning prinsip va usullari tizimidir”1. Psixolog S.L.Rubinshteyn “Katta nazariyalar savollari, bu ish bilan birga katta ahamiyatga ega bo'lgan amaliy savollar hamdir. Yirik nazariy muammolarni haqiqatdan ko’rish bu ularning hayotning aniq masalalari bilan munosabatda ko‘rish demakdir".
Pedagog kasbiy tayyorgarligining yuqori darajasi unda metodologik madaniyatning mavjudligidan iborat. Bu madaniyatning asosiy alomatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:
- falsafa kategoriyalari bilan pedagogik fanlarning kontseptual qobigini tashkil etuvchi asosiy tushunchalar bilan “mustahkamlangan” jarayonlarni tushunish;
- Ta'limni turli tushunchalarini abstraktlikdan konkretlikkacha ko‘tarilib borish pog'onalari sifatida anglash;
- anglash faoliyati metodida pedagogik nazariyalami qayta o‘zgartirishni o‘rganish
- pedagog tafakkurining pedagogik shakllariga genezisiga yo‘nalganligi va ularning “to'la yasovchi” xossasi;
- pedagogning tushunchasi atamalar tizimida ta’lim amaliyotini amalga oshirish ehtiyoji;
- pedagogik bilimlaming tarixiy rivojlanish davridagi yaxlitiigi va izchilligini aniqlashga intilish;
- “o‘z-o‘zidan ko‘rinib turgan” vaziyatlarga odatdagi pedagogik ong tekisligida yotuvchi dalillarga nisbatan tanqidiy munosabat;
- shaxsiy bilish faoliyati jarayoni va natijalariga, shuningdek, pedagog jarayonining boshqa qatnashchilari fikrlari harakatiga dastlabki shart-sharoitlar bo‘yicha refleksiya;- insonni bilish sohasidagi ilmga qarshi pozitsiyalarni asosli inkor etish;
- pedagogikaning dunyoqarashlik, insonparvarlik funksiyalarini tushunish. Metodologiyani o‘rganish bilan o‘qituvchi uning prinsiplariga suyangan holda fikrlay boshlaydi va prinsipial bo‘lib boradi. Xususiy ilmiy metodologiya darajasida ta’lim va ijtimoiy siyosatning yagonaligi, yondashuvning bir butunligi, ta’limning birlikdagi subyektining kengayishi yaxlit pedagogik jarayonda tarbiyaviy maqsadlaming ustivorligi prinsiplarini o'zlashtirish, ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Bo'lajak pedagogning metodologik madaniyatini shakllantirish bilish metodologiyasi va pedagogik jarayonlarni qayta o‘zgartirishning mohiyatini tushunishga tayanadi. Metodologiya haqidagi faqat ilmiy izlanishlar mantiqiga tegishli prinsiplar tizimi sifatida rasm qilib borayotgan tasavvurlarni yengib o‘tish, ularning ahamiyatini ta’lim va tarbiyaning kundalik amaliyoti uchun ochib berish, yaxlit pedagogik jarayonni boshqarislmi takomillashtirish muhimdir. Bo'lajak o‘qituvchida metodologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan dialektik yondashuv bir qator ketma-ket avj olib borilgan bo‘g‘inlami o‘z ichiga oladi: talabalaming ularga taqdim etilgan vaziyatlardagi qarama-qarshilik (ziddiyatlarni) tushintirib o'tishga va hal qilishga bo‘Igan intilishlari: Shundayin tajribalar, sogiom fikrli mulohazalar, ulaming bir yoqlama ekanligini ko‘rsatish metoftzikligiga tayangan holda yechimining samarasizligini ochib berish; - dialektik mantiq talablari asosida muammoli vaziyatlarni samarali hal qilish yo‘llarini namoyish qilish; - taklif etilgan topshiriqlar ustida olib borilgan ish tajribalarini va o‘zlashtmlgan mantiqni pedagogik amaliyotni turli sohalariga olib o‘tish imkoniyatlarini umumlashtirish.
Shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlami berishga berish tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarini aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji iming psixologik, intellektual jihatdan takomillashtirib borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘Igan jarayon bo‘lib, uning samarali bo‘lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur.

Download 51,53 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 51,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogika fanining shakllanishi va rivojlanishi

Download 51,53 Kb.