Boshlang’ich ta`lim pedagogikasi fani predmeti va uning fanlar tizimida tutgan o‘rni




Download 51,53 Kb.
bet4/8
Sana20.05.2024
Hajmi51,53 Kb.
#245511
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
18 pedagogika

2. Boshlang’ich ta`lim pedagogikasi fani predmeti va uning fanlar tizimida tutgan o‘rni.

Hozirgi kunda boshlang’ch maktab ta’limini integrasiya qilish haqida ko’p gapirilayapti. Bu tushunarli – kichik maktab o’quvchisi atrofdagi olamni bir butunligicha qabul qiladi. Uning uchcun tabiatshunoslik,rus tili, musiqa va boshqa o’quv predmetlarini nomi emas, balkiatrofdagi olam ob’yeklarining tovushlar, hajmlarning turli tumanligi mavjuddir.Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog’liqligini ko’rishga o’rgatishkerakligigni o’qituvchi sezadi, biladi.


Ta’limni integrasiyalash fikri xalq ta’limida tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshladi.Agar kichik maktab ta’limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol shakllantirish etsa, integrasiyaning asosi qilib turli fanlarni o’rganish ob’yektlari bo’lgan ba’zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va kengaytirish mumkin.
Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang’ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo’yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga o’z munosabatlarini shakllantirishdir.Mana shuning uchun kichik maktab o’quvchisi predmet yoki voqealik hodisalarining bir necha tomondan ko’rish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan , badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada ,biolog, so’z ustasi , rassom, musiqachi nuqta nazardan va boshqalar.
Asosiy fanlarni o’zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni o’rnatish ta’limga integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir.Bunga turli darslarga, tushunchalarga ko’p marotaba qaytishi , ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo’lgan bo’lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.Shunday qilib yaxshi shakllangan tuzilish va o’kazish tartibga ega bo’lgan, tarkibiga shu o’quv predmetiga tegishli bo’lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
Tabiiy fanlar asosini o’rganishda o’quvchilar kitob bilan ishlash,kuzatishlar olib borish, tajribalar o’tkazish, olingan bilimlarni bir tizimga solish- turli o’quv – ta’lim ish faoliyati bilan to’qnashadilar. O’quvchilarni faoliyatning bir turi bilan tanishtiruvchi bir butun kurs yaratish maqsadga muvofiqdek ko’rinadi. U o’qitish jarayonining har bir vaqtida foydali bo’lishi mumkin va kichik hajmda ham tabiiy fanlrni o’qitishda, o’quvchilarning ortiqcha kuch sarf qilishlari muammosini hal qilishda, mustaqil bilim olish ko’nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni yaratish va ularni o’quv jvrvyoniga tadbiq qilish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy fanlarni o’zlashtirishni tekshirishlar natijalari shuni ko’rsatadiki, o’zbek o’quvchilari chet ellik o’quvchilarga nisbatan ko’p ma’lumot o’zlashtirsalar ham, uni tadbiq qilishda sezilarli darajada orqada qoladilar.
Ko’pchilik bunga sabab asosiy ko’nikmalarning moslashtirilmaganida deb biladi. Sabab nimada? Balki ularning biri ko’p yillar davomida an’anaviy maktabda integrativ darslarga e’tibor berilmaganidadir? Bu erda bugungi kungacha yaratilgan integrativ kurslarning asosiy sinflari sanab o’tildi. Lekin o’quv fanlarini integrasiyasi jarayonida qator kamchiliklar ham bo’lishi mumkin.
Birinchidan. Aytib o’tilgan tabiiy integrativ kurslarni tuzish yo’llari ko’pincha bir-birini takrorlaydi va birga qo’llaniladi, bu bilan yangi asoslar yaratilib, ularni tartibga keltirish,ilmiy asos yaratish qiyinlashadi.
Ikkinchidan. Integrativ kurslar fanlararo aloqaning o’rnini bosa olmaydi. Bizning fikrimizcha,ular bu aloqaning tashkil etuvchilaridan biri.
Uchinchidan. Tabiiy ilmiy ta’limning optimal tuzilishi shundayki,integrativ kurslar o’quv rejasining o’zgaruvchan qismiga kirib,uning regional tashkil etuvchisi hisoblanadi.
To’rtinchidan. To’liq o’quv metodik qo’llanmalarning yo’qligi integrativ kurslarning o’quv jarayoniga tadbiq etilishida qiyinchiliklar tug’diradi. Ularning mualliflari progrpmma tuzib,umumiy metodik ko’rsatmalar tuzishgandan so’ng to’xtab qoladilar. Umumiy ta’lim poydevorini qo’yadigan boshlang’ich maktabdagi ko’p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa, tasviriy san’at va boshqalar uchun umumiydir.
Hozirgi kunda bir qator o’quv predmetlari uchun umumiy bo’lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o’rnatish psixologik va metodik asosiy bo’lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o’tkazish lozim .Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasiada o’rgatilishi va zarur o’qitish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Tekshirish davomida o’quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida faol aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar; integratsiyalash uchun fanlarning ma’qul birlashishi, o’qituvchi va o’quvchi harakatlarining mos kelishi, bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda mazmun , metod, usullarni tanlash.



  1. Download 51,53 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 51,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich ta`lim pedagogikasi fani predmeti va uning fanlar tizimida tutgan o‘rni

Download 51,53 Kb.