8-amaliy mashg’ulot. Favqulodda vaziyatlarda aholini evakuatsiya qilish usullari. Ishning maqsadi




Download 78.5 Kb.
bet3/3
Sana02.11.2023
Hajmi78.5 Kb.
#93522
1   2   3
Bog'liq
8 amaliy mashgulot
5-sinf-informatika-testlar-2[1]
-yalpi evakuvatsiya;
-qisman evakuvatsiya;
Yalpi evakuvatsiyada FV yuz bergan hududdan hamma aholi olib chiqib ketiladi.Qisman evakuvatsiyada esa asosan mehnatga layoqatsiz aholi, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, litsey, kollej, texnikum va oliy o’quv yurtlari o’quvchi va talabalari olib chiqib ketiladi.
Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish haqida qarorga kelish huquqi FM boshliqlariga berilgandir. Ular evakuvatsiyaning umumiy rahbarligini olib boradilar. Aholini evakuvatsiya qilish ishlarini bevosita tashkil etish va o’tkazishga esa viloyatlar, shaharlar, tumanlarning ma’muriyati va aholini evakuvatsiya qilish tashkilotlari rahbarlik qiladi.
Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuvatsiya qilish tadbirlarini barcha omillarni hisobga olgan holda rejalashtirishni hamda transport vositalarini, ularning yo’llarini, evakuvatsiya qilinadigan aholi boradigan xavfsiz joylarni oldindan tayyorlab qo’yilishini, shuningdek, aholining FV sharoitiga har tomonlama tayyorgarlik ko’rishlarini talab etadi.
Bunday tayyorgarlikni hokimiyat ijro idoralarining va boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig’i bo’lgan rahbarlari tashkil etadilar va o’tkazadilar.
Muayyan hollarda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish hududiy turiga ko’ra, bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshiriladi.
Aholini evakuvatsiya qilish usullariga qarab, uch turli bo’ladi:
transportda;
piyoda tartibda;
aralash holda.
Aralash usuli samarali va eng maqbul usul hisoblanadi. U mavjud transporter yordamida iloji boricha, eng ko’p ishlovchilar bilan bir vaqtda aholining qolgan qismini ham birga qo’shib olib chiqishni nazarda tutadi. Bunda asosan, piyoda yura olmaydigan, yosh bolali ayollar, maktab o’quvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilarini transportlarda olib chiqish rejalashtiriladi.
Bu usul aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish tadbirlarini eng qisqa muddatda o’tkazish imkonini beradi.
Evakuvatsiya qilingan aholi xavfsiz joylarda maxsus buyruq bo’lgunga qadar vaqtincha joylashtirib turiladi.
Agar davlatlararo tegishli kelishuvlar bo’lsa, FV holatlarida O’zbekiston Respublikasining evakuvatsiya qilingan aholisi MDH qo’shni davlatlarida joylashtirilishi ham mumkin. SHu jumladan, O’zbekiston respublikasi hududi ham boshqa davlatlardan ko’chinib keltinlgan aholi uchun berilishi mumkin. Bunda hamkorhk qiladigan davlatlar vakolatli idoralarining birgalikda ish tutishi xalqaro huquq me’yorlariga, ikki tomonlama va ko’p tomonlama davlatlararo kelishuv hujjatlariga, O’z.R. va boshqa mamlakatlar qoidalariga asoslanadi.
Download 78.5 Kb.
1   2   3




Download 78.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-amaliy mashg’ulot. Favqulodda vaziyatlarda aholini evakuatsiya qilish usullari. Ishning maqsadi

Download 78.5 Kb.