8.amaliyot
Laboratoriya № 3. Microsoft Excel jadval muxarriri yordamida
tibbiy biologik tajriba natijalarini statistic qayta ishlash. O’rtacha qiymat, dispersiya, ishonchlilik intervalini hisoblash.
Ishdan maqsad: Excel dasturi yordamida tajribalarda olingan natijalarni statistik qayta ishlashni o‘rganish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter, Excel dasturi, variatsion qatorli jadvallar.
NAZARIY QISM
Excel dasturida formula kiritishdan tashqari tayyor formulalardan ham foydalanish mumkin. Buning uchun instrumentlar panelidan "vstavka funksiya" tugmasi yoki menyuning "vstavka" bulimining "funksiya..." bandlaridan foydalaniladi. fx bosilgandan so‘ng Master funksiya oynasi paydo bo‘ladi.
Bu oynadan Kategoriya bo‘limi ochiladi va kerakli kategoriyalar tanlanadi. Masalan: Matematicheskie yoki Statisticheskie.
Funksiyalar ro‘yxatidan kerakli funksiya tanlanadi.
Exceldagi asosiy matematik, statistik va boshka standart funksiyalariga quyidagilarni misol kilish mumkin:
SUM (argument) -yacheykadagi sonlarni kushish;
AVERAGE (argumentlar ruyxati) - urta kiymatni xisoblash;
MAX (argumentlar ruyxati) - maksimal kiymatni xisoblash;
MIN (argumentlar ruyxati)- minimal kiymatni xisoblash;
SQRT (son)- kvadrat ildizni xisoblash;
FACT (son)-sonning faktorialini xisoblash;
RAND (tasodifiy son)-tasodifiy sonni chikarish (0 va 1 orasidan);
ABS (son) - sonning absalyut kiymati xisoblash;
LN (son) - natural logorifmni xisoblash;
EXP (son) - sonning eksponentasini topish;
SIN (son)- sonning sinusini xisoblash;
COS (son)- sonning kosinusini xisoblash;
TAN (son)- sonning tanginisini xisoblash
MIN (xonalar) xonalardagi sonlarni minimalini topish
MAKS (xonalar) xonalardagi sonlarni maksimalini topish
SRZNACH (xonalar) xonalardagi sonlarni urtachasini topish
SUMM (xonalar) xonalardagi sonlarni ygindisini topish
ESLI (shart, tugri, notugri) shart buyicha amalni bajarish
SCHYOTZ(xonalar) bush bulmagan xonalar sonini aniklash
SCHYOTESLI(xonalar, shart) shartga javob beruvchi xonalar sonini aniklash
SEGODNYA ( ) bugungi kunni kuyish
STEPEN(son, daraja) kursatilgan sonni kerakli darajaga kutarish
ZNAK(xona) kursatilgan xona ichidagi malumatlar ishorasini aniklash
Bundan tashkari mantikiy amalarni bajaruvchi funksiyalar xam mavjud.
Bular IF, AND, OR, NOT, FALSE va TRUE.
YUkorida ayrim standart funksiyalar keltirildi. Bular xakida tulik ma’lumotni olish uchun Microsoft Excel dasturining “Spravka” yordamchi dasturi mavjud. Undan ixtiyoriy vaktda foydalanish mumkin. Ekranda agarda xatoliklar va kamchiliklarga duch kelganda xam shu “Spravka” ya’ni ekranning yukori ung tamonida joylashgan menyuning “Spravka” bulimidan yoki F1 klavishani bosib kerakli ma’lumotlarni olish mumkin.
|