|
8-ma’ruza elektr uskunalaridan foydalanaladigan himoya vositalarini qo’llash va sinash. Reja
|
bet | 28/30 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 89,06 Kb. | | #115944 |
Mexanik sinovlar.
Izolatsiyalovchi shtangalar
3.2.1. Operativ shtangalar, o‘lchov, yerga ulagich shtangalarni mexanik sinovdan o‘tkaziladi. Izolatsiyalovchi himoya vositalarining mexanik sinovlari elektr sinovlaridan oldin o‘tkaziladi. Shtangalar namunaviy mexanik sinovlardan o‘tkaziladi. Ishlatish jarayonida shtangalar mexanik sinovlardan o‘tkazilmaydi.
3.2.2. Laboratoriya va sinov uskunalarida yerga ulash uchun mo‘ljallangan yerga ulagich shtangalardan tashqari (taqsimlash qurilmalari va havo elektr uzatish tarmoqlari uchun) operativ shtangalar va boshqa hamma turdagi yerga ulagichlar shtangalari uzilish sinovidan o‘tkaziladi. 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari simlarida yerga ulagich, operativ va o‘lchov shtangalari (chinni izolyatorli operativ shtangalardan tashqari) egilish sinovidan o‘tkaziladi.
3.2.3. Uzilish darajasini aniqlash sinovida shtanganing ishchi qismi mahkamlanadi, dastakka esa taqab qilingan kuch qo‘yiladi (osilgan yuk, dinamometr orqali lebedka trossi). Operativ va yerga ulagich shtangalari 1500 N (150 kgs) bo‘lgan kuch bilan 1 minut mobaynida uzilishi sinaladi. Chinni izolyatorli operativ shtangalar uchun sinash kuchi 800 N (80 kgs)ni tashkil qiladi. 10 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida ishlatiladigan yerga ulagich shtangalari esa 1 minut mobaynida 1000 N (100 kgs) uzilish kuchiga bardosh berishi zarur.
3.2.4. Shtangalarning egiluvchanligini aniqlash sinovida shtangalar gorizontal o‘rnatilib ikki joyidan, ya’ni dastak uchidan va ajratgich halqa o‘rnatilgan joydan mahkamlanadi (3.4-chizma). 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari simlariga yerga ulagich shtangalari, o‘lchov va universal operativ shtangalar ishchi qismi og‘irligiga 2 hissa katta bo‘lgan kuch bilan sinaladi. Operativ (oddiy) shtangalar egiluvchanligi o‘zining sof og‘irligi ta’sirida sinaladi. Sinov muddatining davomiyligi 1 minut.
Egiluvchanlik — shtanganing yuk osilgan qismidagi egilish miqdoriga, uning izolatsiyalovchi qismining uzunligiga nisbatan foiz hisobida hisoblanganda 220 kV kuchlanishgacha bo‘lgan shtangalar uchun 10 foizdan, ushbu kuchlanishdan yuqori bo‘lgan shtangalar uchun esa 20 foizdan oshmasligi zarur. Egilish miqdori ushbu ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan shtangalar yaroqsizga chiqariladi. 220 kV kuchlanishgacha bo‘lgan havo elektr uzatish tarmoqlari va taqsimlash uskunalarida yerga ulagich shtangalar egaluvchanlikka sinalmaydi.
3.4-chizma. Shtanganing egiluvchanligini sinash. 1 — mahkamlash nuqtasi; 2 — yukni osish nuqtasi; 3 — yuk osilgan nuktadagi shtanganing egiluvchanligi.
3.2.5. Sinovdan so‘ng shtangalar ko‘zdan kechirilib, qoldiq deformatsiyalar, yoriqlar, ulangan joylar bo‘shashganligi aniqlansa, ushbu shtanga yaroqsizga chiqariladi.
110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida elektromontyorning bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ishlashi uchun mo‘ljallangan izolatsiyalovchi qurilma va moslamalar
3.2.6. Qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlarni boshlashdan avval, oldindan tozalangan va quritilgan izolatsiyalovchi qurilma va moslamalar kamida 24 soat davomida namligi 70 foizdan ko‘p bo‘lmagan, 20° S ± 5° S haroratda saqlanishi lozim.
3.2.7. Izolatsiyalovchi qurilma va moslamalar statik, narvonlar esa bundan tashqari, dinamik sinovlarga qo‘yiladi. Izolatsiyalovchi qurilma va moslamalarni statik sinovdan o‘tkazganda, ularga pasportda ko‘rsatilgan yuklamaning 1,25 miqdori ta’sir etiladi. Bir elektromontyorga mo‘ljallangan izolatsiyalovchi narvon, kabina va aravacha uchun ruxsat etilgan yuklamani 1000 N (100 kgs)ga teng deb qabul qilish lozim. Arqonlar mexanik sinovdan o‘tkazilmaydi.
3.2.8. Bir elektromontyorga hisoblangan izolatsiyalovchi narvonni mexanik sinovdan o‘tkazish tartibi quyidagicha:
statik sinovda narvon vertikal holatda osilib, uning pastki zinasiga mahkamlangan arqon yordamida vertikal holatiga nisbatan 40° atrofida burchak hosil qilish maqsadida tortiladi. Narvonning pastdan 4-zinasiga 125 kg miqdordagi yuk 5 minut muddatga qo‘yiladi. Dinamik sinovda esa, narvon statik sinovi holatidagidek vaziyatda yuklatiladi va unga qo‘shimcha tebranish harakati beriladi. Buning uchun narvonga osilgan yuk 100 mm yuqoriga ko‘tarilib, erkin qo‘yib yuboriladi. Sinov 5 marotaba qaytariladi.
3.2.9. Izolatsiyalovchi arqonlardan tashqari, izolatsiyalovchi qurilmalar va moslamalarning mustahkamlik zaxira koeffitsiyenti 3 dan, odamlarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan, osilgan montyorlar o‘tirgich joyini o‘zgartirish yoki simlar bo‘yicha elektromontyorli aravani yurgizishga mo‘ljallangan izolatsiya arqonlari uchun 12 dan, boshqa arqonlar uchun esa 6 dan kam bo‘lmasligi kerak.
3.2.10. Agar sinovlarda yorilish, sinish, deformatsiya yuz bermasa, ulovchi elementlarda rang o‘zgarishi sodir bo‘lmasa va narvonlar sinovdan so‘ng o‘zining birinchi holatiga qaytsa, mexanik sinovlar qoniqarli o‘tgan hisoblanadi.
|
| |