• Fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichlari
  • V dan yuqori kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichlari




    Download 89,06 Kb.
    bet23/30
    Sana11.12.2023
    Hajmi89,06 Kb.
    #115944
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
    1000 V dan yuqori kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichlari
    3.1.28. Kuchlanish ko‘rsatgichlarini qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlari ularning sezuvchanligini, ta’sir etish yo‘nalishi va tashqi elektr kuchlanish ta’siridan paydo bo‘lgan kuchlanishni tekshirishdan, shuningdek, izolatsiyalovchi shtangani sinashdan iborat.
    3.1.29. Kuchlanish ko‘rsatgichining sezuvchanligini tekshirish uchun uni orqa tomoni bilan 1,5 kV kuchlanish ostida alohida turgan bitta simga yaqinlashtiriladi. Yonib o‘chuvchi signal kamida 40 — 60 mm yaqinlashtirilganda paydo bo‘lishi lozim. Ta’sir etish yo‘nalishini tekshirish uchun kuchlanish ko‘rsatgichini ushbu simga yon tomondan yaqinlashtiriladi. Bunda yonib o‘chuvchi signalning paydo bo‘lish oralig‘i, orqa tomonidan yaqinlashtirilgandagi masofadan 3-marta kam bo‘lishi zarur. Ishlayotgan elektr uskunalari ta’siridan paydo bo‘lgan kuchlanishni tekshirish uchun kuchlanish ko‘rsatgichining orqa tomoni bilan 6 kV kuchlanish ostida bo‘lgan o‘tkazgichdan 1 m masofada parallel joylashtirilgan, yerga ulanmagan va uzunligi 1 m bo‘lgan simga yaqinlashtiriladi. Bunda kuchlanish ko‘rsatgichi signal bermasligi zarur.
    3.1.30. Kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichining izolatsiyalovchi shtangasi 5-ilovaga asosan sinaladi.
    Fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichlari
    3.1.31. Fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichlarini qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlari 3.1.24-bandga asosan ulovchi simning izolatsiyasini sinash hamda kuchlanish ko‘rsatgichini bir xil fazalarga ulashda va qarama-qarshi (alohida 2 fazaga ulash) sxemalariga ulanganda yaroqliligini tekshirishdan iboratdir.
    3.1.32. 3 — 10 kV kuchlanishga mo‘ljallangan asbobning ishchi qismi 20 kV bilan, 6 — 20 kV kuchlanishligini 40 kV bilan, 35 kV kuchlanishligini 70 kV kuchlanish bilan, 110 kV kuchlanishligini esa 140 kV bilan bir minut davomida sinaladi. 3 — 10 va 6 — 20 kV kuchlanishga mo‘ljallangan kuchlanish ko‘rsatgichlarning izolatsiyalovchi qismi 40 kV bilan, 35 — 110 kV kuchlanishligini esa 190 kV bilan 5 minut davomida sinaladi.
    3.1.33. 3 — 10 kV va 6 — 20 kV kuchlanishga mo‘ljallangan kuchlanish ko‘rsatgichlarning egiluvchan simi alohida 20 kV kuchlanishda, 35 — 110 kV kuchlanishga mo‘ljallangan kuchlanish ko‘rsatgichlarining simi 30 kV kuchlanish bilan 1 minut davomida sinaladi. Sim suvli vannaga tushirilib, suvning sathi metall uchlikdan 50 mm past bo‘lishi zarur. Sinov transformatorining bir chiqish simi metall uchliklarning simiga, ikkinchi simi esa metall vannaning korpusiga yoki suvga tushirilgan elektrodga ulanadi.
    3.1.34. Kuchlanish ko‘rsatgichining ishga yaroqliligi bir xil fazaga va qarama-qarshi (alohida 2 fazaga ulash) ulash sxemalarida sinalib (3.1-chizma), gazorazryad lampaning bir xil fazalarga ulangan sxemada yonmasligini tekshirish va qarama-qarshi sxemada gazorazryadli lampa yonishi uchun eng kam kuchlanishni belgilash (3.1-jadval) maqsadida sinaladi.

    3.1-chizma. Fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatkichini bir xil fazaga (a) va qarama-qarshi (b) ulash prinsipial shakli. 1 — sinov transformatori; 2 — kuchlanish ko‘rsatgichi

    Elektr uskunaning nominal kuchlanishi, kV

    Yonish kuchlanishi, kV

    Bir xil fazalarga ulanganda kamida

    Qarama-qarshi (alohida 2 fazaga) ulanganda ko‘pi bilan

    3 — 10
    6 — 20
    35
    110

    12,7
    28
    40
    100

    2,5
    4,0
    20
    50


    Download 89,06 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




    Download 89,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V dan yuqori kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichlari

    Download 89,06 Kb.